O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash


Potensiometrik qiyoslovchi qurilmalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180248
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   114
OlchashvositalariniqiyoslashvakalibrlashDARSLIK

Potensiometrik qiyoslovchi qurilmalar. 
U 355 turidagi potensiometrik qurilma 0,05 undan pastroq aniqlik sinfidagi 
elektr o‘lchov asboblarini qiyoslash va graduirovkalash uchun mo‘ljallangan. 
Ishlar doimiy tokda amalga oshiriladi. 
Qurilma 0,3 mkA dan 30 A o‘lchov chegarali ampermetrlarni, 600 V gacha 
voltmetrlarni qiyoslashni taminlaydi. Xuddi shu chegaralarda tok va 
kuchlanishni o‘lchash imkoniyati bor. Qurilma 10
– 3
dan 10
5
gacha qarshilikni 
o‘lchash imkoniyatini beradi. 
Qurilmaga o‘rnatilgan ko‘rsatuvchi qurilma qiyoslanayotganasbob shkalasiga 
ko‘rsatkichlariga tuzatishlar kiritish imkonini beradi. Bitta tur o‘lchashdan ikki 
tur o‘lchashlarga o‘tishni komutatsiya sxemasi taminlaydi. 
Qurilma tarkibiga quyidagilar kiradi: aniqlik sinfi 0,005 li R355 turli 
yarimavtomatik potensiometr; 0,005 sinf R356 turli kuchlanish bo‘lgichi; 0,01 
sinfli namuna qarshiliklar g‘altagi komplekti; 0,005 sinfli NE 65 turli normal 
elementlar; 0,005 sinfli R 357 turli ko‘p pog‘onali shunt; P136M turidagi 
kuchlanish stabilizatori; P138M turli doimiy tok stabilizatori. 


111 
Qurilmaning o‘lchov zanjirlaridagi termoelektrik EYUK 1 mKV dan oshmaydi, 
maksimal variatsiyasi 0,1 mKV dan oshmaydi. 
Qurilma taminoti chastotasi 50 Gs 220 V kuchlanishli o‘zgaruvchan tok 
tarmog‘idan amalga oshiriladi. Potensiometr ishchi tok zanjirlari quriq element 
batareyalari 1.28 IVMS – 525 yordamida taminlanadi. Potensiometr taminoti 
P36 – 6 turida stabilizator orqali amalga oshirish mumkin. 
Gabarit o‘lchamlari 1560x900x1300 mm, massasi 350 kg. 
U302 turidagi potensiometrik qurilma doimiy tokdaa ampermetrlarni
voltmetrlarni va vattmetrlarni graduirovkalash va qiyoslash va qarshilikni 
o‘lchash uchun mo‘ljallangan. 
Qurilma 300 mkA dan 30 A gacha o‘lchov chegarali ampermetrlarni, 450 V 
gacha voltmetrlarni, o‘lchov chegarasi tok bo‘yicha 0,1 dan 20 A gacha, 
kuchlanish bo‘yicha 30 dan 450 V gacha vattmetrlarni qiyoslashni taminlaydi. 
Normal ishchi xolatlarda o‘lchov xatoliklari o‘lchashlarda ishtirok etuvchi 
asboblar xatoliklari sababi bilan tushuntiriladi: 0,02 aniqlik sinfidagi R 2/1 
turidagi yarimavtomatik potensiometr; 0,03 sinfidagi R 5/1 turidagi kuchlanish 
bo‘lgichi; 0,005 sinfidagi NE – 66 turidagi normal element; 0,01 sinfidagi 
namuna o‘lchov qarshilik g‘altaklari; 0,02 sinfidagi R6 turidagi ko‘p pog‘onali 
shunt. Qiyoslanayotgan asboblarning kuchlanish zanjirlarining taminoti U1136 
turidagi boshqariluvchi doimiy tok kuchlanish stabilizatori orqali amalga 
oshiriladi, uning chiqishidagi kuchlanishni 0 dan 450 V gacha muloyim 
o‘zgartirish mumkin. Qiyoslanayotgan asboblarning tok zanjirlari akkumulyator 
batareyalari orqali taminlanadi. R2/1 turidagi potensiometr galvanik batareya va 
chastotasi 50 Gs, 220 V kuchlanishni o‘zgaruvchan tok tormog‘idan istemol 
qiladi. Gabarit o‘lchamlari 1650x1250x900 mm, massa 300 kg. Xozirgi vaqtda 
qurilma ishlab chiqarilib olib tashlangan, lekin u ko‘plab qiyoslov 
labaratoriyalarida mavjutdir. Qurilmaning asosiy kamchiligi, bu esa
qiyoslanayotgan asboblarning aniqlik sinfini chegaralamaydi; ayrim o‘lchov 
chegaralarining yo‘qligi bu esa katta mexnat sarf qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni 
keltirib chiqaradi; tok zanjirini taminlash uchun akkumulyatorlarni qo‘llanilishi; 
U1136 turidagi stabilizatorni kuchlanishining pastligi (450 V) Ko‘rsatilgan 
kamchiliklarni eskirgan qiyoslsh vositalarini yangiroqlarga almashtirib bartaraf 
qilish mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin