Shaxsning mulkni qo‘riqlash yuzasidan o‘z vazifalarini vijdonsiz
bajarishi natijasida mol-
mulk talon-toroj qilinishi, unga shikast yetkazilishi yoki uning nobud qilinishi ko‘p
miqdorda
zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, basharti, bu qilmishda mansabdorlik
jinoyati alomatlari
bo‘lmasa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(172-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-
fevraldagi PQ-4997-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash
bosh boshqarmasi to‘g‘risida nizomning
2
va
3-bobi
.
173-modda. Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish
O‘zganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish ancha miqdorni tashkil
etsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish
besh baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari
bilan jazolanadi.
(173-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha harakatlar:
a) millatlararo yoki irqiy adovat yoxud diniy taassublar zamirida;
b) atrofdagilar uchun xavfli usulda;
v) ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan
yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(173-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha harakatlar:
a) xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsning yoki uning yaqin
qarindoshlarining mulkiga nisbatan;
b) uyushgan guruh va uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan
besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(173-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi
O‘RQ-389-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
Etkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda,
ozodlikni cheklash va
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(173-modda to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi