“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 69 ~
4. O’quvchilar joylashib olganlaridan so’ng o’qituvchi stol ustiga qo’yilgan
topshiriqlarni bajarish uchun ma’lum vaqtni (5-10 minut) belgilaydi, munozara
jarayoni boshlanganini e’lon qiladi.
5. O’qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o’rinlarda guruh
a’zolariga maslahatlar beradi, yo’1-yo’riqlar ko’rsatadi. Belgilangan vaqt tugagach,
guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so’raydi.
6. Munozara uchun belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o’qituvchi guruhlarni
qaytadan shakllantiradi. Yangidan shakllangan har bir guruhda avvalgi 6 ta guruhning
har biridan bir nafar vakil bo’lishiga alohida e’tibor qaratiladi. O’quvchilar o’z
o’rinlarini almashtirib olganlaridan so’ng belgilangan vaqt (5-10 minut) ichida guruh
a’zolari avvalgi guruhlariga topshirilgan vazifa va uning yechimi xususida
guruhdoshlariga so’zlab beradilar. Shu tartibda qabul qilingan xulosalarni muhokama
qiladilar va yakuniy xulosaga keladilar. «6x6» metodini ayrim boblar yoki o’quv yili
choragi bo’yicha o’tilgan mavzularni takrorlash va mustahkamlash maqsadida
o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi.
«Aqliy hujum» metodi muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal
etishda keng qo’llaniladigan metod hisoblanadi. Bu metod o’quvchilarni muammo
xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, shuningdek, o’z tasavvurlari va
g’oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko’nikma hamda malakalarni hosil
qilishga rag’batlantiradi. Ushbu metod yordamida tashkil etilgan dars jarayonida
ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni topish imkoniyati
tug’iladi. Mazkur metodni qo’llashdan ko’zlangan asosiy maqsad o’quvchilarni
muammo xususida keng va chuqur fikr yuritishga rag’batlantirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: