204
etgulik kuch-qudrati mafkuraviy tushovlar bois yuzaga
chiqmay, soqov tilning ortida – botinda qoldi, shunday
ketdi ham. Bugun biz ana shunday achchiq saboqlarni
yodda tutmog‘imiz va imkonimizdagi mavjud ijodiy er-
kinlikdan maksimal darajada istifoda etmog‘imiz darkor.
Siz aytayotgan uslubiy rang-baranglik, shak-shub hasiz,
ijodiy erkinlik deb atalgan ne’matning
dastlabki shirin
mevalaridir. Adabiy bog‘imizning keng, undagi mevali
daraxtlarning xilma-xil bo‘lishi kelajakda millatimizning
eng botindagi ijodiy quvvatlarini ham harakatga keltirib
yuborishiga ishonaman.
2010-yil mart
QIYOFALAR
MAZMUNI
207
Sanjar NAZAR:
Nazarimda, yuksak ideallarga talpinish
va go‘zal tuyg‘ularning tubida, asl mohiyatida o‘ta pri mitiv
maishiy ehtiyojlar yashirindek.
Biz bu ehtiyojlarni allaqa-
chonlardan beri o‘z nomi bilan atamaymiz. Ularni chiroyli,
jimjimador atamalar ortiga yashirganmiz yoki asl nomlari-
ni unutib yuborganmiz. Masalan, aslida, millat, e’tiqod yoki
maslak atrofida birlashishdek balandparvoz harakatlarning
ostida «jamoa narsissizmi» deb ataladigan ruhiy holat yo-
tishi yoki vatanparvarlik bir paytlar g‘orda yashagan bobo-
kalonimizning o‘z oshyonini xarsang bilan berkitishining
chiroyli takrori ekanligini hech birimiz qabul qilishni xoh-
lamaymiz. Negaki ehtiyojlarni o‘z nomi bilan atash oliyna-
sabligimiz va boshqa ulug‘vor sifatlarimizga soya tashlaydi.
Maqsadga o‘tsam,
nazarimda, barcha san’at turlari,
shu jumladan, she’riyat ham insoniyatga butun taraqqi-
yot da vomida yo‘ldosh bo‘lib kelayotganiga sabab uning
mohiyati da yashiringan
ehtiyojga bog‘liqdek. Siz bu fikr-
ga qo‘shilasizmi? Qo‘shilsangiz, she’riyatning asosida
qanday ehtiyoj(lar) turibdi deb hisoblaysiz?
Dostları ilə paylaş: