«farhod va shirin»



Yüklə 22,86 Kb.
tarix19.12.2022
ölçüsü22,86 Kb.
#76453
«FARHOD VA SHIRIN


«FARHOD VA SHIRIN» 

«Farhod va Shirii» dostoni Alishsr Navoiyning mashhur «Xamsa»siga kirgan bssh dostonning biridir. Ulug‘ shoirning eng zo‘r asarlaridap hisoblangan «Hayratul-abror», «Layli va Majnun», «Sab’ayi Sayyor» va «Saddi Iskandar» dostonlari orasida «Farhod va Shirin» alohida o‘rin tutadi. «Farhod va Shirin» Navoiy bundan besh asr burun yaratib qoldirgan buyuk dostonlarining eng zo‘ridir.
Yigit Farhod va qiz Shirin to‘g‘risidagi afsona asrlar bo‘yicha yashab kelmoqda. Go‘zal xalq afsonasiga aylanib ketgan bu hikoya aslda, tarixiy faktlar asosida yuzaga kelgan bo‘lib, «Xisrav va Shirin» nomi bilan shuhrat topgandir. Tarix kitoblarida shunday ma’lumotlar bor: Xisrav Eronning Sosoniy hukmdorlaridan bo‘lgan mashhur No‘shirvonning nabirasidir. Xisrav milodi VII asrda Eron shohi ekan. Muhammad payg‘ambar qo‘shni hukmdorlarga xatlar yuborib, musulmonlikni qabul qilishga chaqirganda ana shu Xisrav Parvezga xat yuborgan ekan. Tarixchilar, Xisrav Parvez Muhammad payg‘ambarning bu xatini yirtib tashlagan edi, deb yozadilar. «Xisrav va Shirin» haqidagi doston esa VII—X asrlar o‘rtasida yaratilgandir.
Xisrav va Shirin haqida birinchi martaba doston yozgan kishi X asrda yashagan buyuk shoir Abulqosim Firdavsiydir. Lekin dostonning bizda mashhur bo‘lgan eng sevimli qahramoni Farhod haqida Firdavsiy hech narsa bilmaydi. Eron shohi Xisrav ovda yurib Shirinni ko‘rib qoladi, sevadi va uylanmoqchi bo‘ladi. Lekin Shirin podsholar naslidan emas edi. Shuning uchun Xisrav atrofidagi kishilar shohning unga uylanishiga qarshi turadilar. Xisrav yurt kattalarining majlisini chaqirib, ularni ko‘ndiradi va Shiringa uylanadi. Xisravning avvalgi xotini Maryamdan bo‘lgan o‘g‘il Shiruya o‘z otasi Xisravni o‘ldirib, Eron shohligini o‘z qo‘liga oladi va Shirinni xotin qilmoqchi bo‘ladi. Shirin esa Xisrav qabrida zahar ichib o‘ladi. Firdavsiyning dostonida Farhod bo‘lmagani kabi Shopur ham yo‘qdir.
Firdavsiydan so‘ng, undan ikki yuz yil keyin XII asrda yashagan mashhur Ozarbayjon shoiri Nizomiy Xisrav va Shirin to‘g‘risidagi hikoyani yangidan ishlab, zo‘r bir doston yaratgandir. «Xisrav va Shirin» dostoni Nizomiy «Xamsa» sidagi dostoplarning biridir. Nizomiyning bu go‘zal dostonida qahramonlar yana Xisrav bilan Shirindir. Farhod obrazi ikkinchi darajadagi bir o‘rinda turadi. Shopur obrazi esa bir usta rassom va hiylakor sayyoh sifatida bo‘lib, Xisravning suhbatdoshidir.
Armanning go‘zal qizi Shirin haqidagi xabarni ham Xisravga Shopur yetkizadi va ming xil yo‘llar bilan Shirinni Xisravga ko‘ngil qo‘ydiradi. Xisrav otasi bilan urishib, Madoyindan qochib Armanga boradi. Mahin Bonuga sig‘inadi. Shirin esa Madoyindagi Eron shohiga sig‘inadi. Shopur kelib Shiringa Xisravning Armanga borganini eshitdiradi. Shirin Armanga qaytadi. Xisrav esa otasining o‘ldirilganini eshitib Eronga qaytadi va Madoyinda taxtga o‘tiradi. Xisrav bilan Shirin yana uchrashaolmaydilar. Madoyinda isyon ko‘tariladi, Xisrav yana yengiladi, so‘ngra Erondan chiqib avval Ozarbayjonga va undan keyin Armanistonga — Mahin Bonu huzuriga boradi, Shirin bilan ko‘rishadi.
Shirin yengilgan shohni xohlamaydi, Xisrav Rumga borib, unda Rumo imperatorining qizi Maryamga uylanadi. Rumdan katta qo‘shin bilan Eronga keladi, o‘z dushmani bo‘lgan Bahrom Cho‘binni taxtdan ag‘daradi. Shirin esa Xisrav o‘z dushmanini yenggandan so‘ng, unga xotin bo‘lishga va’da bergan edi.
Bu vaqt Mahin Bonu o‘lgan. Armanda Shirin qolgan edi. U Armandan chiqib Madoyinga keladi va o‘z qasriga tushadi. Xisravning xotini Maryam ularning qovishmoqlariga moni’ bo‘ladi. Shundan so‘nggina voqiaga Farhod aralashadi. Farhod — Xitoy emas, balki Xitoyga borib Shopur bilan o‘qib kelgan bilimdon, usta yigitdir. U Shiringa bir sut kanali qaziydi, va shundan keyin Xisrav bilan uchrashadi. Xisrav Farhoddan xavfsiray boshlaydi, u, «Bestun tog‘idan mening qo‘shinim o‘tadigan bir yo‘l qazib bsrsang, shunda Shirinni olasan» deydi. Farhod ishga kirishadi va kundan-kun bu ishda zo‘r mu’jizalar ko‘rsata boshlaydi. Farhodga bunday bajarib bo‘lmas zo‘r ishni topshirib, uni ovora, sarson qilishni ko‘zlagan Xisrav, uning muvaffaqiyatlari oldida talvasaga tushadi, hiylagar kampir vositasi-la uni o‘ldiradi.
Farhodning voqiaga bo‘lgan qatnashi shu yerda bitadi. Doston davom qiladi, Xisrav endi Shakar degan bir qizni sevib qolib, unga uylanadi va undan so‘nggina Shirinni xotinlikka oladi. Firdavsiyda bo‘lganidek, Shiruya o‘z otasi Xisravni o‘ldiradi va Shiringa uylanmoqchi bo‘ladi. Shirin Xisrav o‘ligi ustida o‘zini pichoqlab o‘ldiradi, voqia tugaydi.
Nizomiy dostoni zo‘r muvaffaqiyat qozonadi. Bu dostonga yuzlarcha taqlidchilar maydonga keladilar. O’z kuchini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan harbir shoir «Xisrav va Shirin» yozadi. Lekin hechbiri ham she’rning buyuk ustasi bo‘lgan Nizomiyga yetishaolmaydi.
Nizomiydan keyin «Xisrav va Shirin» dostonini yozib zo‘r g‘alaba qozongan shoir XIV asrda yashagan Amir Xisrav Dehlaviydir. Amir Xisrav o‘z dostonida Nizomiy dostonidagi voqialarni to‘la olgan, syujetini butunlay saqlagan va Nizomiyda hikoya nima bilan boshlanib, nima bilan bitsa, u ham xuddi shunday qilgan. Xisrav, Shirin va Farhod haqidagi go‘zal hikoya Sharqdagi butun zo‘r ijodichilarning fikr uyasini qo‘zg‘oshdan sira to‘xtamas edi. Firdavsiydan besh asr, Nizomiydan uch asr va Amir Xisrav Dehlaviydan bir asr keyin, bu go‘zal mavzu’ga bizning buyuk Alisherimiz qaytdi. U o‘zbek tilida, endi «Farhod va Shirin» nomi bilan tamom yangi va o‘lmas bir asar yaratib qoldirdi.
Navoiy «Xamsa»ni va xususan «Farhod va Shirin»ni yozishga kirishar ekan, o‘z qarshisida Nizomiy va Dehlaviy singari ijod azamatlari turganini bilar, bu to‘g‘rida o‘ziga aniq hisob berar, ular ko‘tarilib chiqqan balandlikka chiqish va ularga teng asar yaratish oson emasligini juda aniq onglar edi:

Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasiga panja urmoq.

Navoiy Nizomiyni bir arslon sifatida tushunadi va arslonga barovar kelmoq uchun urush arsloni bo‘lish va hech bo‘lmaganda yo‘lbars bo‘lish kerakligini aytadi:

Kerak sher olida ham sher janggi,
Agar sher o‘lmasa bori palangga

Navoiy o‘tgan zo‘r ijodiy yo‘lni va u yaratib qoldirgan o‘lmas asarlarni hisobga olib aytish mumkinki, Navoiy o‘z xalqining Nizomiy darajasidagi zo‘r urush arsloni bo‘lib yetishdi. Shuning uchun ham Nizomiy yoki Amir Xisrav Dehlaviyning taqlidchisi bo‘lmadi. O’z xalqi uchun uning o‘z ona tilida go‘zal badiiy asarlar yaratish vazifasini eng birinchi marta o‘z oldiga qo‘ygan buyuk shoir zamonasining shoh asarlarini yaratib qoldirgan Nizomiy va Dehlaviylarning yozganlarini tanqid ko‘zidan kechirib chiqishga, ular yaratib qoldirgan badiiy boylikni yangidan baholashga majbur bo‘ldi. Natijada Nizomiy va Dehlaviyda bosh qahramon bo‘lgan Xisrav ikkinchi o‘ringa tushdi. Xisrav, Nizomiy va Dehlaviyda musbat obraz edi. Navoiyda manfiy obraz sifatida tasvirlandi. Navoiy Xisravni yomon ko‘rdi. Xisrav hiyla bilan Farhodni o‘ldirgan, gunohsiz bir insonni behudaga zulm bilan halok qilgan kishi deb qaradi. Xisrav chinakam odamgarchilikdan mahrum bo‘lgan bir shoh, uning ishqida odamgarchilik yo‘q dsb topdi. U bugun Maryamga, ertasi Shakarga va indin Shiringa oshiq bo‘ladi, uning muhabbatida qaror va vafo yo‘q deb bildi. Xisrav ishq yo‘lida vafo va sadoqat o‘rniga hukmdorlikdan foydalanadi, adolatni yerga uradi deb qaradi va shunday bir shohga maddoh bo‘lib qoldilar, uni ko‘klarga ko‘tarib maxtadilar, deb Nizomiy va Dehlaviylarni tanqid qildi:

Vale chekkanlar ushbu jomdin roh,
Sarosar bo‘ldilar Xisravga maddoh:

Ki mulki mundog‘u oyini mundoq,
Sipohi andog‘u tamkini mundoq.

Gahi shabdiz olam gardidin deb,
Zamoni ganj bod ovardidin deb,

Nashoti bazmida xonlar murassa’,
Ne xonlar, qasru ayvonlar murassa’,

Ichib gah Borbad lahni bila may,
Gahi Shopur doston deb payopay.

Buzurg ummid hikmat jo‘yi oning,
Ne hikmat jo‘ hushomad go‘yi oning.

Topib gah Maryam og‘ushida orom,
Shakar halvosidin gohi topib kom.

Bo‘lub Shiringa oshiq podshohvor,
Ki ul mahbub o‘lub, gohi parastor.

Yaqindurkim bu shohi noz parvard,
Erur dardu balo oyinidin fard.

Aroda deb bir-ikki doston ham,
Yana Farhoddin aytib nishon ham.

Ki bir xoroshgonu ko‘hsori,
Bo‘lub Shirin g‘amidin beqarori,

Necha kun vasl uchun aylab taku-dav,
Ani ham o‘lturub tosh ichra Xisrav.

Agarcha kilki naqsh aylab nigorish,
Topibdur doston mundoq guzorish,

Vale nazmida har ustod mohir,
Chekibdur ancha qimmatlik javohir.

Ki darkidin erur aidisha hayron,
Havosi aqlu hikmat pesha hayron.

Alar nazmining olida meni zor,
Chu fahm etdimki ko‘rgumdir ko‘p ozor.

Zaruratkim solib bir o‘zgacha tarh,
Bu mehnatnomani qilg‘umdurur sharh.

Shuning uchun ham «Xisrav va Shirin» dostonining she’riy san’atiga bu ikki buyuk shoirning ko‘p qimmatlik javharlari to‘kilgan bo‘lishiga qaramasdan, Navoiy uni ma’nan jiddiy ravishda qaytadan ishlab chiqishga va uning mazmuniga chuqur o‘zgarishlar kirgizishga, podsho Xisrav o‘rniga faqyr Farhodni ko‘tarishga zarurat sezadi va o‘zining buyuk mehnatnomasini yaratadi. Uning nomini «Xisrav va Shirin» emas, balki «Farhod va Shirin» deb qo‘yadi. Zolim, inson erkini toptovchi hukmdor Xisrav o‘ziiiig butun mohiyati bilan adolatparast, erkparvar va vafodor Farhodga qarshi qo‘yiladi.
Shunday qilib Navoiy dostonida bosh qahramon Farhod bo‘lib, Xisrav ikkinchi o‘ringa ko‘chirilgan, tamom yangi manfiy mohiyat bilan tasvirlangan va hikoyaga dostonning o‘rtalarida kelib aralashadi. Farhod makrli yo‘llar bilan o‘ldirilgandan so‘ng Mahin Bonu noiloj Xisravga taslim bo‘ladi. Shiruya o‘z otasi Xisravni o‘ldiradi va Shirinni o‘zi olmoqqa urinadi, lekin vafodor Shirin sahroda o‘lgan Farhodning suyaklarini topdirib ko‘mdiradi va o‘zi ham uning jasadi yonida jon beradi. Bu qayg‘udan Mahin Bonu ham o‘ladi.
Farhodning otasi Hoqon pa onasi undan uzoq zamon xabar bo‘lmagach intizorlik bilan o‘lib ketadilar. Farhodning do‘sti, Hoqon nazirining o‘g‘li Bahrom qo‘shin tortib, Farhodni istab Armanistonga keladi va voqiani onglaydi. Shundan so‘ng Arman o‘lkasini uning o‘z xalqiga topshirib, vataniga jo‘nashga majbur bo‘ladi. Bahrom Armanistonda tinchlik va adolat o‘rnatadi.
Shulardan Navoiyning o‘z buyuk ijodiy hamkorlari yaratgan syujet to‘qimasiga jiddiy o‘zgarishlar kirgizgani va dostonni mazmun jihatidan yana ham chuqurlashtirgani va bunda zo‘r muvaffaqiyat qozongani aniq ko‘rinib turadi. Navoiydan so‘ng o‘tgan keyingi besh yuz yil ichida yuzlarcha shoirlar «Farhod va Shirin» yozdilar. Lekin ularning hechbiri buyuk Alisher yaratgan doston darajasiga ko‘tarila olmadi. Buyuk shoir o‘zigacha bo‘lgan badiiy merosni chuqur va har taraflama o‘rgangan, zarur bo‘lgan o‘zgarishlarni kirgizish bilan uni tamom yangi fikriy va badiiy yuksaklikka ko‘taraolganki, undan so‘ng maydonga chiqqan shoirlarning hechbiri bu bobda unga tenglasholmagandir.
«Farhod va Shirin» jahon adabiyotining o‘lmas mavzularidan bo‘lgan muhabbat va hayot haqida kuylaydi. Muhabbat, hayot va o‘lim mavzui, inson va zamon mavzui, kishi shaxsi va jamiyat mavzui doimo buyuk san’atkorlarning diqqat ‘markazida, badiiy ideyalarning markazida turib kelgandir.
Buyuk Alisher o‘zining o‘lmas dostonida ikki dunyoni yaratgandir. Bu — yomonlik va yaxshilik dunyosi, zulm va adolat dunyosi, jafo va vafo dunyosidir. Bu ikki dunyo bir jihatdan Farhod, Shirin, Shopur va Mahin Bonu obrazida, ikkinchi jihatdan Xisrav, uning o‘g‘li Shiruya va makkor va hiylakor sheriklari obrazida berilgandir.
Navoiyning dostonini o‘qir ekanmiz, Farhod bizning ko‘z o‘ngimizda eng avvalo ulug‘ bir inson va ulug‘ bir ijodkor mehnatkash tariqasida gavdalanadi:

Ko‘ngul aylab sen ul shohlik bila keng,
Mening oldimda ul tuproq bilan teng.

degan so‘zlar bizning ko‘z oldimizga shahzodani emas, haqiqiy bir odamni keltiradilar. Farhod kishilikning eng oddiy a’zolari qatoriga turadi va o‘zi bilan teng bo‘lgai odamga, hur va erkin fikrli, to‘g‘ri insofli va vafodor odamga, u qaysi eldan, qaysi urug‘ va qaysi millatdan bo‘lmasin, bir umrlik muhabbat bog‘laydi. Ular bilan do‘st bo‘ladi, ularning taqdiriga o‘z taqdirini yo‘ldosh qiladi. Ular uchun o‘ladi va tiriladi. Ular qayg‘usini o‘z shaxsiy qayg‘usi, ularning boshiga kelgan ofatni o‘z boshiga yog‘ilgan balo tariqasida qabul qiladi.
Odamning mukammal obrazi bo‘lgan Farhod shuning uchun doimo harqanday kulfat va g‘urbat ichida ham, harqanday balo va ofat ichida ham o‘ziga yo‘ldosh topadi. Odam odamni topadi. Haqiqiy inson bo‘lgan kishilar, o‘z safdoshlari uchun jon berishdan bosh gortmaydilar. Bundan odamlar o‘rtasida zo‘r bir ma’naviy birlik yuzaga keladi. Vafo va sadoqat yuzaga keladi. Fikrlardagi do‘stlik, hamkorlik va taqdirdagi yo‘ldoshlik yuzaga keladi.
Odamga bo‘lgan muhabbat va hurmat, odam hurriyatiga bo‘lgan tuganmas sevgi, odamning erki va osoyishtaligiga bo‘lgan g‘amxo‘rlik Farhod uchun bir umr ajralmas do‘stlarni yuzaga keltiradilar. O’zbek Farhodga eronli Shopur, arman Shirinni va Mahin Bonuni doimiy do‘st va yo‘ldosh qilgan asos shudir!
Navoiy Farhod obrazida mehnatning zo‘r madhiyasini yaratib qoldirgan. Farhodning o‘lmas obrazi uning buyuk mehnatkash ijodkorligida kamol topgandir. Nozik va nafis sezgiga, o‘tkir va ixtirochi fikrga ega bo‘lgan Farhod eng yoshligidan mehnat va bilimga havas qo‘yadi. Inson faoliyatining harbir turi Farhod uchun yaqindir. U har ishgaki ko‘z solsa, o‘sha ishning butun ichki va tashqi, ochiq va maxfiy sirlarini darhol payqab oladi. Hunarning buyuk ustasi bo‘lgan naqqosh, tosh yo‘nar Qorin o‘z hunarini o‘rgatib turib, Farhod qoshida shogird holiga tushib qoladi.

Aningdek qildi xoro yo‘nmagin vird,
Ki yuz Qorin qoshida bo‘ldi shogird.

Farhoddagi fikr qudrati shu qadar zo‘r edi. Rassom Moniy Farhodga rasmkashlikni o‘rgatar ekan, u bularni rassomning o‘zidan ilgari o‘zlashtirib oladi. 

Qayu suratki Mopiy chekti timsol,
Anga Farhod ochdi chehra filhol.

Mohir Farhod o‘ziga solinayotgan qasr bitguncha ham tosh yo‘nar, ham rassom bo‘lib, hunarning eng ibtidosidan eng oliysigacha ko‘tariladi:

Ul uylarki tuganguncha ichu tosh,
Ham o‘ldi xora bur, ham o‘ldi naqqosh.

Farhod butun hunarlarga nisbatan shunday edi.

Bularni qo‘yki har ustodi mohir,
Ki qildi san’atin ul uyda zohir.

Chu har yon mayli hardam zohir o‘ldi,
Ul ishda ustodi mohir o‘ldi.

Chunki Farhod fikr va ijod kishisi, izlash va axtarish kishisi edi. U, odam nimaiki qilgan bo‘lsa faqat fikrlash orqasida qilgan, fikrlash mumkin bo‘lgan yerda hal qilinmagan mushkul ish bo‘lmaydi, deb qarar va izlagan narsalarining tagi-tugiga yetmaguncha tinchlanaolmas edi:

Dedi har ishki qilmish odamizod,
Tafakkur birla bilmish odamizod.

O’lum ichra menga to bo‘ldi madxal,
Topilmas mushkuli men qilmagan hal,

Buning ham bilmag‘uncha asli budin,
Muayyan qilmag‘uncha tor — pudin,

Ne imkonkim qaror o‘lg‘ay ko‘ngulga,
Tasalli oshkor o‘lgay ko‘ngulga.

Shuning uchun ham o‘z zamonining epg ilg‘or fikr kishisi bo‘lgan Navoiy o‘z sevikli qahramonining nazarini o‘sha vaqtda boshidan-oyoq hikmatlar bilan to‘la bir o‘lka sifatida tanilgan Yunonga qaratadi va Farhodning qismatini Yunon o‘lkasining bir hovuch tuprog‘i bo‘lgan faylasuf Suqrot hal qiladi.
Davlat xazinasidagi billur sandiq ichidan chiqqan usti yopiq oynai jahonnamo ustida: «Harkim bu oynani ochib tamosha qilmoqni istasa, Yunonistonga borsin. Suqrot hakim bilan ko‘rishsin», deb yozilgan, shundan so‘ng Farhod Yunonga borishga qaror qiladi. Yunonga borib Suqrotni topishga va uning uchun qorong‘i bo‘lgan tilsimni ochishga ahd qilgan Farhod zo‘r mu’jizalar ko‘rsatadi. Bahodir yurak, o‘tkir ko‘z va zo‘r jismoniy kuchga ega bo‘lgan go‘zal yigit urush qilib ajdahoni o‘ldiradi, jahonni qopqora tutunga bostirgan Ahraman devni yengib halok qiladi. Iskandari Rumiyning tilsimini ochadi va Suqrot tog‘idagn qorong‘i g‘or ichida buyuk faylasufni topadi. Bularni Farhod o‘z umrining so‘ngida shunday yakun qilgan edi:

Biri Yunonga markab surgonimni,
Qilib razm ajdaho o‘ldurgonimni.

Ikkinchi Ahramanga aylabon kiyn,
Jahonni qilganim qon birla rangin.

Uchinchi Iskandari Rumiy tilismin,
Ki ochdim teng qilib yer birla jismin

Bo‘lub to‘rtipchi Suqrotka raqamkash,
Ki g‘ori ichra kirdim ajdahovash.

Ki to olam binosi bo‘ldi bunyod,
Bu yanglig‘ qilmadi ish odamizod.

Bu kabi mu’jizalar yaratgan Farhod qorong‘i g‘or ichida hakim Suqrotdan o‘z qismat kitobini o‘qiydi. Suqrot esa Farhodning kelajagini aytib bo‘lib uning oldida jon beradi. Farhodning bundan so‘nggi butun hayoti Suqrot aytgan nahrlardan oqadi.
Farhod xalq va insoniyat oldida g‘oyat zo‘r bir odob saqlaydi. U, ilm va ijodda topgan o‘z kamolini ham yana shu odamizod uchun ishlatadi. U Shirin o‘lkasiga borib, zo‘r tog‘ni teshib, qismatning og‘ir yuklari ostida yanchilib turgan ishchilarni ko‘radi, ularning qanchalik zo‘r ishga bel bog‘laganlpklarini, qanchalik mashaqqatlar ichida qolganliklarini anglaydi va joni achiydi, ularga yordam berishga qaror qiladi. Uning o‘ziga qilgan quyidagi xitobida butun borligini insoniyatga bag‘ishlagan kishi ekani juda ravshan bo‘ladi.

Hunarni saqlabon netkumdur oxir,
Olib tuproqqami ketkumdur oxir.
Yüklə 22,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin