127
Umarali NORMATOV:
Ulug‘bek, siz ham she’riyat-
shunos, ham shoir sifatida bugungi milliy she’riyatimizda-
gi jarayonlardan, qolaversa, zamonaviy jahon she’riya ti,
she’riyat ilmi haqidagi yangiliklardan yaxshi xabardorsiz.
Oybekning zamonamizga hamohang «ko‘ngil she’riya-
ti»ga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyangiz, hozirgi
yosh shoirlar izlanishlariga doir matbuotdagi chiqishla-
ringiz adabiy jamoatchilikka ma’lum. Keyingi paytlarda
marhum shoirlar: Asqad Muxtor, Shavkat Rahmon, Mu-
hammad Yusuf ijodiga oid tadqiqotlar olib bordingiz,
bu gungi milliy she’riyatimiz muammolari xususida dok-
torlik dissertatsiyasi ustida ishlayotirsiz. Ayni chog‘da,
«Tangriga eltuvchi isyon» deb atalgan she’riy kitob chop
ettirdingiz... Bilaman, she’riyat dunyosida yurgan bir yosh
ijodkor sifatida bugungi she’riyat xususida hali qog‘ozga
tushmagan gaplaringiz, o‘y-mushohadalaringiz ko‘p. Ke-
ling, hozir ko‘pchilikni qiziqtirayotgan masala – keyingi
o‘n yil mobaynida muayyan adabiy hodisa tusini olgan
o‘zbek modern she’riyati, uning jahon modernistik oqimi
bilan mushtarak va ayri jihatlari xu susida suhbatlashsak.
Dostları ilə paylaş: