88
89
qilguvchi bayroqdir. Birgina shu bayroqqa qaraboq tarji-
monning yusak iste’dodiga guvoh bo‘lish, undan hayrat-
lanish mumkin. Bu misralar asliyatda quyidagicha:
Я опущусь на дно морское,
Я полечу за облако.
Я
дам тебе все, все земное –
Люби меня!..
«Я дам тебе все, все земное» tarjimada «Yer ne’matin
senga tutay, qiz» deb o‘girilgan. Nazarimda, ruschadagi
ta’kid (все, все...)ni berish uchun ham yana bitta misra
tug‘ilgan. Ha, qo‘shilgan emas, aynan tug‘ilgan, ijod qi-
lingan:
«Farmoningga yig‘lab cho‘kay tiz...»
Tarjimadagi ijodkorlik («Farmoningga yig‘lab cho‘kay
tiz»)ni yana qofiya («qiz – tiz») taqozosi deb ham talqin
qilish mumkindir, ehtimol. Lekin gap faqat bunda emas.
Asliyat qofiyasiga e’tibor berilsa, u yo‘q («морское –
земное» qofiya emas). Bu borada (ya’ni qofiya masa-
lasida) tarjima varianti ustun ekanligini e’tirof etmoq
kerak. Lekin asliyat o‘zicha juda go‘zal. U shu daraja-
da go‘zalki, hatto qofiyaga muhtoj emas. «Я опущусь
на дно морское, Я полечу за облако» misralarining
ma’no, ya’ni to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjimasi «Dengizlarning
tubiga tushaman (tushay), Bulutlarning ortiga uchaman
(uchay)» bo‘lar edi. Usmon
Nosir Lermontov chizgan
manzarani Lermontov taklif qilgan badiiy gap konstruk-
siyasiga ko‘ra emas, balki o‘z so‘zlari bilan qayta yozib
chiqadiki, natijada «Dengizlarning tublarin quchay, Bu-
lutlardan balandga uchay» kabi oltin misralar, chinakam
ijod, asliyatga tengma-teng ijod namunasi dunyoga
keladi. Chunki dengizning tubiga tushish bilan uni qu-
chish, bulutlarning ortiga uchish bilan ulardan baland-
ga uchish o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor. Xuddi
oddiy gap bilan she’riy misra orasidagi tafovut kabi. Le-
kin baribir, unutmaslik kerakki, to‘g‘ri tarjima asliyatga
adekvat (uyg‘un) tarjimadir.
Tarjima tarixiga nazar tashlasak, asosan, ikki xili ko‘zga
yaqqol tashlanib turadi. Biri – taglamali (подстрочный)
tarjima, ikkinchisi – mazmun tarjimasi. Aslida, badiiy
tarjimaning necha xili bo‘lishiga qaramay, eng muhimi,
asar ruhi to‘g‘ri tarjima etilmog‘i shart. Shu ruh berildi-
mi, qolgani katta-kichik tahrirlar bilan tuzatilishi mum-
kin. Ruh berilmasa-chi, barchasi bekor: chiroyli so‘zlar,
silliq
gap konstruktsiyalari, hikmatli so‘zlarning o‘rin-
li ekvivalentlari, qo‘yingki, butun «toat-ibodat» suvga
oqadi-ketadi.
Adekvat tarjima muhim. Shu darajada muhimki, u asar
taqdirini
yo bor qiladi, yo yo‘q. Hozirgi zamonga kelib
jahon adabiyoti va tarjima sohasida talay muammolar
paydo bo‘ldi. Xususan, Moskvada o‘tkazilgan davra suh-
batida tarjimon va jurnalist Irina Kuznetsova aytadi: «Tah-
ririyatga fransuzcha she’rlar oqib keladi. Ular, asosan,
Rembo, Verlen, Mallarme she’rlaridir. XX asrning ikkinchi
yarmiga oid she’rlardan juda kam yuborishadi. Yuborish-
sa ham, turgan-bitgani dahshat! Ular tarjimasini hech kim
uddalay olmaydi, axir!.. Gap shundaki, 50- va 60-yillarda
fransuz adabiyotida navbatdagi inqilob sodir bo‘ldi. Na-
zarimda, xuddi shundan Fransiyada zamonaviy poeziya
boshlandi. Yangi avlod «reallikni bosh dan oyoq ramzlash-
tirgan» syurrealizm merosiga qarshi bosh ko‘targan edi.
Syurrealizm estetikasini Fransis Ponj «romantik-lirik sara-
ton ishig‘i» deb atagan. Xullas, lirika ma’nosini ohanjama-
dan xoli qilaman deya novatorlar oshi rib yuborishdi: axlat
uyumiga nafaqat qofiya va poetik ko‘chimlarni chiqarib
tashlashdi, balki she’riyatning
barcha vositalarini gum-
90
91
don qilishlariga sal qoldi. Ularning uslublarida she’rga
joy qolmadi. Bir fransuz tanqidchisi bu davrni «muzlash
davri» deb nomlagandi, adashmasam. Nihoyat, mana,
yaqindagina «erish» boshlandi. «Muzlash davri»ning
she’rlari ikki-uchta bir-biri bilan hatto grammatik jihatdan
bog‘lanmagan so‘zlardan iborat edi. 70-yillarning oxirla-
rida fransuz shoirlari bizga (Rossiyaga) kelganda so‘radik:
«Har bir so‘zingizning ortida nima turibdi? Ular ortidagi
bo‘shliqni nima bilandir to‘ldirishimiz kerak, axir!..» Chun-
ki, masalan, xitoy va yapon she’rlarining ortida an’ana,
o‘qishi bilan ma’rifatli inson qalbida tug‘iladigan ko‘plab
assotsiatsiya turadi. Bu yerda esa urushdan keyingi man-
zara yodingizga tushadi». Bu fikrga javoban forumning
yana bir ishtirokchisi Yevgeniy Bunimovich quyidagicha
fikr bildiradi: «Zamonaviy fransuz she’riyatini zamonaviy
tarjimonlar tarjima qilishi kerak. Men boy madaniy kon-
tekst faqat yaponlarda bor degan fikrga qo‘shilmayman.
O‘qimishli fransuz uchun o‘z konteksti ortida ko‘p narsa
turgan bo‘lishi, uni ruschaga oddiy so‘zlar bilan tarjima
qilganimizda u sezilmasligi mumkin. Chunki ruschada u
kontekst yo‘q...» Davra suhbatining yana bir ishtirokchisi
Mark Freydkin aytadi: «Deylik, mening qiziqishim XIX asr
va XX asrning birinchi yarmi. 30 yoshlilarni 30 yoshlilar va
hatto undan ham yoshlar tarjima qilishi kerak. Ayniqsa,
bugungi she’riyat shaklan butunlay boshqa, yangi qiyo-
faga kirib borayotganda. Men ba’zan ingliz tilida qanday
yozishayotganiga qiziqib internetga kiraman. Aytish ke-
rakki, kaminaning an’anaviy qarashlari bilan hamohangli-
gi yo‘q internetdagi she’rlarning. Shu uchun menga katta
gonorar taklif qilishsa-da, men ularni tarjima qilmayman.
Bu ularning rasvoligi yoki yozishni eplay olmaganidan
emas. Yo‘q, ular bor-yo‘g‘i boshqa «til»da yozishyapti,
ular qo‘llagan badiiy priyomlar menga notanish. Bosh-
qa auditoriyaga mo‘ljallangan she’riyat bu» (tarjima lar –
U.H
.).
Bu munozaradan ham ko‘rinib turibdiki, tarjimada, tar-
jimonda gap ko‘p. Tarjimon hammani tarjima qila olmay-
di. Tarjimon o‘z ruhi, dunyoqarashi, didi va o‘z yo‘nalishi-
ga muvofiq tushgan asarnigina qoyillatib tarjima qilishi
mumkin. Qolaversa, bir xil tizilgan so‘zlar zimnida ikki
millat ijodkori ham, o‘quvchisi
ham tamomila bosh qa-
boshqa ma’nolarni tushunishi mumkin. Ularning bir-biri-
ga muvofiq tushishi uchun ikki millat vakilining yashash
sharoitlari, shartlari va boshidan kechirganlari o‘rtasida
talay mushtarak jihatlar bo‘lmog‘i lozim. Yo‘qsa, «men ne
deyman-u, qo‘bizim ne deydi»ni aytgan kishining holiga
tushish hech gap emas.
Dostları ilə paylaş: