hamisha o'zaro mustahkam aloqada yashaydi. Bu silsila-
da eng umumiy tushuncha -
badiiy aks ettirish prinsiplari
qalam ahlini hayot materiali (olam)ni asliga monand aks
ettirish yo o‘zida u haqda anglay olganlarini ifodalaydigan
badiiy model yaratishga yo‘naltiradi. Ushbu amalni
ijodiy
metod
konkretlashtiradi - hayot materialidan
nimani tasvir-
iash,
uning
qaysi jihatlaríni urg‘ulagan holda umumlashti-
rish
hamda
qanday baholashrtl
belgilaydi. Nihoyat,
uslub
mazkur ikkisini qamrab oigan holda ularning har bir badiiy
asar, har bir ijodkor, har bir davr yo har bir yo'nalish doirasi-
da o'ziga xos tarzda tatbiq etilishi va betakror badiiy shakl-
da voqelanishini ta’minlaydi.
Shu o'rinda g‘oyat muhim nuqta - adabiyotshunoslik-
da ayni masaladagi qarashlar turlichaligini keltirib chiqar-
gan omilga to'xtalish vaqti yetdi. Yuqorida aytdikki, hozirgi
vaqtda mazkur uchlikdagi ikkinchi halqa - metod tushun-
chasini ortiqcha hisoblash adabiy-nazariy tafakkurda ustu-
vorlik qila boshladi. Jumladan, H.Umurov biz badiiy aks
ettirish tamoyillari deb yuritgan «ikki qudratni metod tarzi-
da, qolganlarini oqim sifatida aniqlashtirish asosliroqdir»1
deb biladi. Aksincha, E.Xudoyberdiyevga ko‘ra, realistik va
romantik ijod tiplari mavjud, qolgan hammasi ijodiy metod-
lardir.2 Shunga o'xshash, I.Sulton ham romantik va rea
listik tafakkur tiplarining «ma’lum tarixiy davr uchun xarak-
terli va hukmron ko'rinishi ijodiy metod» ekanligini aytgan
edi. Ayni paytda, olimning uqtirishicha, «jahon adabiyoti-
da kiassitsizm, romantizm va realizm ijodiy metodlari
mavjuddir».3 Avvalo, keltirilgan misollar ko'rilayotgan ma-
sala yuzasidan qarashlarda farqlar mavjudligi, boz ustiga,
bu farqlar jiddiy asoslarda namoyon bo'lishini ko'rsatadi.
Bizningcha, yuqoridagi uchlikning e’tirof etilishi adabiy ja-
rayonni tizimli tushunishga zamin bo‘la olishi bilan katta
1
Dostları ilə paylaş: