mavjudotlar ham harakatlanadiki, ularni faqat «ular haqda
qanday gapirilayotgani va qanday o'ylanayotgani» asosi-
dagina tasvirlash mumkin. Yana bir jihati, Arastu mazkur
usullarni bitta tasniflash asosiga ko‘ra farqlamaydi: birin-
chi usul bilan ikkinchisi «realistik - norealistik» qolipida,
birinchisi bilan uchinchisi esa «realistik - normativ» qoli
pida tasniflangan.
V.G.Belinskiyning bu boradagi adabiyotshunosligimiz-
da ko‘p e’tibor topgan fikriga ko‘ra, poeziya hayot hodisa-
larini ikki usulda aks ettirishi mumkin: «Ijodkor hayotni
o'zining narsa-hodisalarga qarash tarzi, o‘zi yashab tur-
gan olam, davr va xalqqa munosabatiga bog'liq idealiga
mos ravishda qayta yaratadi yoki uni butun yalang'ochligi
va haqiqati bilan, barcha tafsilotlari, rang va ottenkalariga
sodiq qolgan holda aks ettiradi. Shunga ko‘ra, poeziyani
ikkiga -
ideal
va
real poeziyaga
bo'lish mumkin».1 Yuza-
ki qaralsa, Belinskiy tasnifidagi real poeziya bilan ideal
poeziya bir-biriga «realistik - normativ» qolipida zidlana-
yotgandek ko'rinishi mumkin. Haqiqatda esa bu yerda
ziddiyatning o‘zi yo'q. Zéro, hatto g'oyaviy tomoni beshak
ustuvorlik qiluvchi sotsialistik realizm yo‘nalishidagi asar
(Gorkiy «Ona»; Oybek «Qutlug' qon»)da ham voqelik
«butun yalang'ochligi va haqiqati bilan» aks etgan, ayni
paytda, asar badiiy voqeligi muallif «idealiga mos ravishda
qayta yaratilgan» bo'laveradi. Bu gapni adabiyot ham xud-
di o'zining yaratuvchisi - inson kabi ijtimoiylashgan
Dostları ilə paylaş: