si ekanini anglash qiyin emas. Shu tufayli ham davrlashti-
rish adabiyotshunoslikning fundamental muammolaridan
biri sifatida umum e’tirofiga molik. Yuqorida amin boldikki,
bunda har bir davrning o'ziga xos umumiy jihatlari (topika)
diqqat markaziga qo'yiladi. Adabiyotshunoslikda bu masa-
lada qarashlarturlichaligi kuzatilib, u ikkita asosiy ko'rinish-
ga ega: birinchisi adabiyotni davriashtirishda ijtimoiy-tari-
xiy sharoitga asoslanishni, ikkinchisi esa adabiyotni faqat
adabiy hodisalar, badiiy-estetik tamoyillardan kelib chiqib
davrlashtirishni ko‘zda tutadi. Albatta, bu o‘rinda har ikki
tomonni ham to'la yoqlash yoki to‘la inkor qilish maqbul
emas, aksincha, oraliq mavqeni egallash to‘g‘riroq bo‘lur
edi. Chunki, yuqorida ham ko'rdik, ijtimoiy-tarixiy sharoit-
ning o‘zgarishi adabiyotda sezilarli darajada aks etmagan
davrlar bo'lgani kabi, ular juda kuchli iz qoldirgan davrlar
ham boladi. Deylik, insonning ijtimoiylashuv darajasi kuchli
bolmagan davrlarda (Yevropada XVIII asrgacha, bizda XX
asr boshlarigacha) ijtimoiy-tarixiy sharoitdagi o'zgarishlar
adabiyotda har vaqt ham yaqqol ko‘zga tashlanmaydi,
bundan keyingi davrlarda esa izsiz ketgan o'zgarishning
o‘zi yo‘qdek. Demak, bu bosqichni davriashtirishda har bir
konkret davriy oraliqdagi ijtimoiy-tarixiy sharoitni e’tibor-
ga olish va ayni sharoitning adabiyot (uning badiiy-este-
tik tomonlari)ga ko'rsatgan ta’sirini yaqqol ko'rsatish zarur
bo‘ladi.
Adabiy jarayonni davriashtirishda
Dostları ilə paylaş: