271
6.3.
ATK TEXNIKA XIZMATIDA QO‟LLANILADIGAN HUJJATLAR,
ULARNING TURLARI VA RASMIYLASHTIRISH TARTIBI
Avtomobil transporti korxonasi harakat tarkibning ish
qobiliyatni saqlab turish
tizimi ish jarayoni quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
1. Yo‟nalishdan qaytgan harakat tarkibini qabul qilish.
Yo‘nalishdan qaytgan
barcha avtomobillar navbatchi mexanik tomonidan qabul qilinadi va sxemadagi tartib
bo‘yicha harakatlanadi.
2. Kunlik xizmat.
Kunlik xizmat o‘z tarkibiga nazorat texnika punkti mexanigi
va haydovchi
tomonidan bajariladigan nazorat tekshiruv (yo‘nalishga chiqish va
yo‘nalishdan qaytganda) ishlari, yonilg‘i qo‘yish ishlari,
yuvish tozalash ishlari,
kunlik xizmat operatsiyalarini oladi va avtomobillarning texnik holati haqidagi
haydovchilarning axborotlari avtomobillar ishonchliligini ta`minlashda muhim
ahamiyatga ega.
3. Avtomobillarni 1-TXK bilan T-1 ga qo‘yishni rejalashtirish.
Rejalashtirish
ishlari axborotga ishlov berish va tahlil qilish bo‘limi tomonidan avtomobilning
shaxsiy varaqasida (2.15-rasmga qarang) aks etgan haqiqiy bosib o‘tgan yo‘li
bo‘yicha amalga oshiriladi (6.4-rasm).
6.4-rasm. Avtomobil shaxsiy varaqasining namunasi.
Garaj
№ AVTOMOBILNING SHAXSIY VARAQASI
Sana
Oy
1
2
3
…………………..
29
30 31
Yanvar
Fevral
………………
………………
Haqiqatda bosib o‘tilgan yo‘l va rejalashtirilgan hamda bajarilgan
TXK va ta`mirlashlar haqida belgilar
Noyabr
Dekabr
Agregatlarni almashtirishlar haqida belgilar
273
Texnik xizmat ko‘rsatish reja-hisoboti quyidagi bo‘limlarga tarqatiladi:
-
1-chi nusxa,
avtomobillarni 1-TXK bilan T-1 ga qo‘yishdan
kamida bir kun
oldin nazorat texnika punkti mexanigiga;
-
2-chi nusxa,
T-1 ning tashxislash haritalari komplekti bilan birgalikda
smenadan oldin 1-TXK mintaqasi brigadiriga;
-
3-chi nusxa,
ishlab chiqarishni tayyorlash majmuasi transport mintaqasi
navbatchi haydovchisiga.
Nazorat texnika punkti mexanigi texnik xizmat ko‘rsatish reja- hisobotiga
asosan avtomobilning haydovchisini ogohlantiradi va avtomobilning 1-TXK va T-1
ni o‘tkazishga tayyorligini tekshiradi.
1-TXK mintaqasida ish jarayoni boshlanishi bilan
navbatchi haydovchi
avtomobilni ishchi postlarga etkazadi. 1-TXK va T-1 tugagandan so‘ng brigadir reja -
hisobot va tashxislash xaritasiga belgi va imzo qo‘yadi.
Texnik nazorat bo‘limi nazoratchisi avtomobil va hujjatlarni tekshirib
imzolaydi. Agar 1-TXK va T-1 jarayonida ta`mirlash zarurati tug‘ilsa, brigadir ta`mir
varaqasini to‘ldirib, ishlab chiqarishni markazlashgan boshqaruvining tezkor
boshqaruv bo‘limiga uzatadi.
Tezkor boshqaruv bo‘limi dispetcheri kunlik tezkor rejasiga talabnoma kiritib
ta`mirlash ishlarini tashkil qilish bo‘yicha tadbirlar belgilaydi. Ta`mirlash ishlari
ixtisoslashgan brigada tomonidan bajarilib avtomobilni yo‘nalishga
chiqishga
tayyorlanadi. Smena oxirida 1-TXK brigadiri barcha hujjatlarni, axborotga ishlov
berish va tahlil bo‘limiga uzatadi.
4. Avtomobillarni 2-TXK bilan tashxisga qo‘yishni rejalashtirish. Rejalashtirish
ishlab chiqarishni markazlashgan boshqaruvning axboroti qayta ishlash va tahlil
bo‘limi tomonidan avtomobilning shaxsiy varaqasi asosida amalga oshiriladi.
Tuzilgan hisobot rejasi va ta`mirlash varaqasi 2-TXK va T-2 dan uch kun oldin
nazorat
texnika punkti mexanigiga, ikkinchi nusxa 2-TXK mintaqasiga etkaziladi
(2.16-rasmga qarang).
Nazorat texnika punkti mexanigi haydovchi bilan birgalikda avtomobilni
ko‘zdan kechirib tashqi nosozliklar haqida ta`mirlash varaqasini to‘ldiradi.
274
Ta`mirlash varaqasi haydovchining o‘zida qoladi va reja bo‘yicha smenadan keyin 2-
TXK dan ikki kun oldin avtomobilni T-2 mintaqasiga olib boradi.
Tashxis mexanigi, bajarilgan ishlar bo‘yicha tashxislash xaritasini to‘ldiradi,
ta`mirlash varaqasiga nosozliklar haqidagi ma‘lumotlarni yozadi, agar nosozliklarni
tuzatish imkoniyati bo‘lsa tuzatish uchun kerakli yozuvlarni bajargandan so‘ng T-2
xaritasi va ta`mirlash varaqasini, ishlab chiqarishni markazlashgan
boshqaruvining
tezkor boshqaruv bo‘limiga uzatadi.
Tezkor boshqaruv bo‘limi dispetcheri hujjatlaridagi axborotga asosan ikki xil
qarordan birini qabul qiladi: agar nosozliklar harakat xavfsizligi va yonilg‘i
tejamkorligiga ta‘sir qilmasa avtomobilni ekspluatatsiyaga jo‘natadi va avtomobil
ikki kundan so‘ng 2-TXK ga qo‘yiladi: aks holda avtomobil joriy ta`mirlash
mintaqasiga jo‘natiladi, so‘ngra esa belgilangan muddatlarda 2-TXK ga qo‘yiladi. JT
mintaqasida bajarilgan barcha ishlar ta`mirlash varaqasiga qayd qilinadi.
Grafik asosida 2-TXK mintaqasida barcha zarur ishlar bajarilgandan so‘ng, 2-
TXK mintaqasi ustasi reja-hisobotga, ta`mirlash varaqasiga,
tashxis xaritasiga
bajarilgan ishlar, sarflangan ehtiyot qismlar, materiallar, tashxislash parametrlari
qiymati haqidagi axborotni yozadi va texnikaviy nazorat bo‘limi nazoratchisiga
uzatadi. Nazoratchining zurur tekshirishlaridan so‘ng bu
hujjatlar axborotga ishlov
berish va tahlil qilish bo‘limiga jo‘natiladi.
Dostları ilə paylaş: