154
ekan, rahbariyat g„oyalarni tanlashda strategik tahlilning mavjud barcha vositalarni
qo„llashi zarur .
Uchinchi qadam – umumiy g„oyani aniq mahsulotga tatbiq qilish. Bu qadamda
yangi mahsulot kontseptsiyasi ishlab chiqiladi va uning bozor tomonidan qanday
qabul qilinishi tekshiruvdan o„tkaziladi. Mahsulotga bozorda talab mavjudligiga
ishonch aniqlanadi.
To„rtinchi qadamda mahsulot konsepsiyasining biznes - tahlili deb ataluvchi
mahsulot bo„yicha ishlab chiqilgan konstepstiyalarni har tomonlama, chuqur tahlili
amalga oshiriladi.
Beshinchi qadamda mahsulotni yakuniy baholash amalga oshiriladi va
marketing strategiyasi ishlab chiqiladi. Bu qadamda bozorga cheklangan miqdorda
haqiqiy mahsulot chiqariladi.
Mazkur qadamning vazifasi mahsulotni sotishda duch kelinishi mumkin bo„lgan
muammolarnmi aniqlash, shuningdek, marketing strategiyasi va mahsulotdan
kutilayotgan daromadlilikka oydinlik kiritish uchun axborot olishdan iborat.
Oltinchi qadam- yangi mahsulotga xizmat ko„rsatuvchi tizimni yaratish. Bu
qadam yangi mahsulotni sotish natijalariga baho berish uchun axborot bilan
ta‟minlashni o„z ichiga oladi.
Ettinchi qadam – yangi mahsulotni bozordagi taqdimotini amalga oshirish. Bu
qadam asosan reklama xarakteriga ega bo„lib, korxonaning bozorga yangi mahsulot
bilan chiqayotganligini e‟lon qilishi bilan bog„liq. Bu qadam uchun vaqt omili,
shuningdek, korxonaning hududiy strategiyalari, u tomonidan bungacha bozorga
chiqarib kelinayotgan mahsulot assortimenti kutilayotgan xaridorlar guruhlari va
h.k.lar bilan bog„liq omillarni hisobga olish juda muhimdir.
Dostları ilə paylaş: