150
foydaning sotuv hajmiga nisbatan tezroq o„sishi, keyin esa foydaning va buning
natijasida sotuv hajmining pasayishi yuz beradi.
Grafikdagi nuqtalar mahsulot hayotiy davrining chegaraviy nuqtalaridir. 1-nuqta
mahsulot g„oyasini ishlab chiqish bosqichini belgilaydi. 2-nuqta mahsulotning tajriba
nusxasini ishlab chiqish yakunlangan aks ettiradi. 3-nuqta mahsulot ommaviy ishlab
chiqarish uchun tayyorligini bildiradi. Odatda korxona yangi mahsulotni ishlab
chiqarish haqida e‟lon berishi shu nuqtaga to„g„ri keladi.
4-nuqta birinchi davr – mahsulotning bozorga chiqish davri boshlanganini
bildiradi. 5-nuqta bozorga chiqish davrini yakunlab o„sish davrini boshlab beradi.
Ko„rinib turibdiki, bu davrda mahsulot bozorda keng tarqalib, sotuv hajmi ancha
yuqori sur‟atlarda o„sa boshlaydi. Foyda ham sotuv hajmiga nisbatan pastroq
sur‟atlarda bo„lsa ham o„sa boshlaydi. 6-nuqta mahsulot hayotiy davrida foydaning
keskin o„sishi, sotuv hajmining o„sish sur‟atlarining nisbatan pasayishi davriga to„g„ri
keladi. Ya‟ni 6-nuqta mahsulot xayotiy davrida u borgan sari nafaqat daromadli balki
borgan sari rentabelliroq bo„lib borayotgan davr kechayotganligini anglatadi.
7-nuqta o„sish davrining tugashi va etuklik davrining boshlanishini
belgilaydi.Foydaning o„sish sur‟ati susayadi va savdo hajmi va foydaning o„sish
sur‟ati nisbatan barqarorlashuvi davri boshlanadi.
8-nuqtadan so„ng mahsulot keltirayotgan foyda pasaya boshlaydi. Sotuv hajmi
hamon o„sib borishiga qaramasdan narx tushib borayotganligi sababli foyda hajmi
qisqara boshlaydi. Mahsulot korxona uchun o„z jozibadorligini yo„qota boshlaydi,
chunki bu mahsulotning iqtisodiy afzalliklari o„tmishda qoladi.
9-nuqta mahsulot hayotining korxona uni bozordan olib chiqib kelayotgan
chegarasiga to„g„ri keladi. Bu nuqtadan so„ng foydaning pasayishi bilan bir qatorda
sotuv hajmi ham qisqara boshlaydi. Mahsulot bozorda faol rol o„ynamay qoladi.
10-nuqta mahsulot hayotiy davri yakunlanganini anglatadi.
Dostları ilə paylaş: