84
belgilanadigan qat’iy soliq summasi esa - o‘yin avtomatlari o‘r-
natilgan joylar (dona) asosida hisoblanadi.
Soliq to‘lovchining faoliyat turiga qarab minimal ish haqida aniq-
lanadigan soliq bazasini oshirish uchun yakka tartibda tadbirkorlik
bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar sonini oshirish talab
qilinadi. Avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash xizmati
uchun qat’iy belgilangan soliq bazasi miqdori soliq to‘lovchining
egallagan maydoniga(1 metr. kv.), bolalar o‘yin avtomatlari xizmati
uchun belgilanadigan qat’iy soliq bazasi miqdori esa o‘rnatilgan
joylar soniga bog‘liq. Tadbirkorlik uchun egallagan maydon va
o‘rnatilgan o‘yin joylar sonining ko‘payishi soliq bazasini oshishiga
olib keladi.
Har qanday holatda tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning sonini o‘sishi barcha soliq turlari
bo‘yicha soliq bazasini ortishiga olib keladi. Xo‘jalik yurituvchi
subyektlarining tarkibidagi sifat o‘zgarishlari – moliyaviy barqaror
kor xona va tashkilotlar sonining ortishi, ishlab chiqariluvchi mah-
sulot hajmining oshishi, bajariluvchi ish va ko‘rsatiluvchi xizmatlar
hajmining ortishi belgilangan soliqlar bazasini kengayishiga olib
keladi.
Dostları ilə paylaş: