4.2. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha tushumlar
prognozini tashkil qilish
Prognozlash jamiyatning barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida
qo‘llaniladi.
Prognozlash qo‘llanilish sohasiga ko‘ra quyidagi
– ijtimoiy prognozlash;
– iqtisodiy prognozlash;
– ilmiy-texnikaviy prognozlashlarga ajratiladi.
Boshqaruv darajasiga ko‘ra prognozlash – xalq xo‘jaligini
prog nozlash, tarmoqni prognozlash, regional prognozlash ham da
birlashma, korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini prog noz-
lash toifalariga ajratiladi.
Prognozlashtirish eksport baholarini hisobga olgan holda o‘t-
mishni kelajakka ekstrapolyatsiyalash asosida oshirilishi mum kin.
Ushbu o‘zgarishlar tasodifan yuz berishi mumkin.
Soliq tushumlarini prognoz qilishda, O‘zbekiston Respublikasi
Davlat soliq idoralari, Moliya vazirligi va boshqa tegishli idoralar
ishtirok etadilar.
Davlat soliq idoralarida soliq tushumlari prognozi tushumlar
muddati va hududlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Ya’ni, soliq tu-
shumlari prognozi quyidagicha tashkil qilinadi:
– tuman va hududlar bo‘yicha asosiy daromad turlariga doir
yillik tushumlarni prognoz qilish;
– asosiy daromad turlari bo‘yicha oylarga bo‘lgan hollarda
choraklik tushumlarni prognoz qilish;
– joriy yil uchun prognoz hisob-kitoblari bilan belgilangan da-
romadlarni jalb etish yuzasidan choralarni amalga oshirish;
– soliq idorasining soliq to‘lovchilarga faol ta’sirini tashkil qilish;
– O‘zbekiston soliq qonunchiligiga muvo
fi
q soliqlar va majburiy
to‘lovlar yig‘ishni ta’minlash.
Soliq tushumlari prognozi quyidagi hujjatlar va ma’lumotlarni
o‘rgangan holda tuziladi:
105
– hududiy iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlantirish asosiy
yo‘nalishlari tahlili;
– soliq tushumlarining har bir turi, imtiyozlarni hisobga
olgan holda hisoblab yozilgan to‘lovlar summalari bo‘yicha soliq
to‘lovchilarning miqdori haqida hisob axboroti;
– amaldagi soliqlar va majburiy to‘lovlar stavkalari;
– prognoz qilinayotgan davrda qabul qilinishi rejalashtirilgan
yangi qonun hujjatlari;
– soliq tushumini oshishiga yoki kamayishiga ta’sir qiluvchi,
ayrim korxonalarning prognoz hisob-kitoblari;
– tegishli darajadagi daromad hisob-kitoblari;
– soliq va majburiy to‘lovlarning yoki o‘tish to‘lovlarining
to‘lash muddatlari;
– hisobotga oid statistika ma’lumotlari;
– hisobot davri uchun va davr tugashiga qadar tutiladigan tu shum lar
to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, soliqlar bo‘yicha bo qi man da
qarzlari va ortiqcha to‘lash qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
– prognoz qilinayotgan davrda so‘mning AQSH dollari va
YEVROga nisbatan kursi indeksi, in
fl
atsiya darajasi;
– ular bajarilishini ta’minlash uchun budjet vazifalari hisobi.
Soliqlar va majburiy to‘lovlarni prognoz qilishni tashkil qilish
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi, shuningdek, soliq, bojxona
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va boshqa qonun hujjatlariga
muvo
fi
q amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi soliq tushumlarini prog-
noz qilish asosini tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti tizimi ikki bo‘-
g‘indan iborat:
• O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat budjeti, viloyatlar, Tosh-
kent shahri, respublika tuman va shaharlari mahalliy budjetlari.
Budjet tizimi bu – davlat budjetini tashkil qilishda yuzaga ke-
luv
chi iqtisodiy munosabatlar, mamlakatning davlat tuzilishi,
106
respublikaning huquqiy me’yorlariga asoslangan davlat, hududiy
va mahalliy hokimiyat organlari hamda budjet munosabatlariga
nisbatan mustaqil fondlarning majmuasidir.
Budjet tizimiga sharh O‘zbekiston Respublikasining Budjet
kodeksini 6-moddasida quyidagicha berilgan:
Budjet tizimi barcha darajadagi budjetlar, davlat maqsadli
jamg‘armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan
tashqari jamg‘armalari, budjet tizimi budjetlarini tuzish va tashkil
etish prinsiplari, ular o‘rtasida budjet jarayoni mobaynida yuzaga
keladigan o‘zaro munosabatlar yig‘indisini o‘zida ifodalaydi.
Moliya yili uchun budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish,
ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish O‘zbekiston
Respublikasining milliy valutasi — so‘mda amalga oshiriladi
9
.
O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimini tashkil qilishning
tamoyillari O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksida bayon
qilingan. 4–2-chizmaga qarang.
Kassaning yagonaligi prinsipining mazmuni shundan iboratki,
budjet tizimi budjetlarining barcha daromadlari yagona g‘azna
hisobvarag‘iga kiritiladi va ularning xarajatlarini to‘lash ushbu
hisob varaqdan amalga oshiriladi.
Budjet tizimining yagona huquqiy asosda tashkil qilinishi
ham da tartibga solinishi, hujjatlashtirish shakllarining yagonaligi,
budjet tasni
fi
yagona bo‘lishi hamda budjet tizimi budjetlarining
daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, budjet
hi sobini yuritish va budjet hisobotini tuzishning yagona tartibi
O‘z bekiston Respublikasining budjet tizmini yagonaligi tamoyilini
ang latadi.
Budjet tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy
tuzilishiga muvo
fi
qligi prinsipi O‘zbekiston Respublikasining ma’-
muriy-hududiy tuzilishiga asoslanadi.
9
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qo-
nun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 52-I-son)
107
4–2-chizma
10
Dostları ilə paylaş: |