O‘zbekiston iqtisodiyoti tarkibiy tuzilishida xomashyo-energiya sekto-
rining hukmronlik qilishi, y
oqilg’i-energetika kompleksining sanoat
ishlab chiqarishida, konsolidatsiyalashtirilgan va respublika byudjeti
daromadlarida, eksportda va valyuta tushumlarida nisbatan katta
salmoqning
egallashi
iqti-sodiyotning
shu
tomonga
deformatsiyalashganligidan dalo
lat beradi. Milliy xo’jalikning bunday
tarkibiy nomuvo-fiqligi iqtisodiyotni qoloqlik sari etaklaydi, uni
modernizatsiya
qilish
vazifalarini
murakkablashtiradi.
Shu
munosabat bilan xomashyo tarmoqlaridan yuqori texno-logiyali
ishlab chiqarishga kapitalning
oqib o’tishini ta’minlovchi samarali
mexanizmlarni ishlab chiqish muammosi dolzarblik kasb etib, bu
narsa oxir oqibatda, davlatning moliyaviy salohiyatini yuqori
darajaga
ko’taradi;
XYuSlar moliyaviy salohiyatining darajasi ularning samarali
investitsion-
tadbirkorlik faolligiga bog’liq. Zamonaviy o’zgaruvchan
(dinamik) iqtisodiy muhit xorijiy kapitalni qo’shgan holda o’z va jalb
qilingan investitsion manbalar asosida ishlab chiqarishni doimiy
ravishda ilmiy-texnikaviy jihatdan yangilashni va rivojlantirishni talab
qiladi.
Hozirgi paytda ishlab chiqarish kompaniyalarining moliyaviy
barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’min-lashning o’ziga xos omili
bo’lib ularning yirik tadbirkorlik tizimlariga (moliya-sanoat guruhlari,
kontsernlar, klas-terlar, konglomeratlar, xoldinglar, kontsortsiumlar
va boshqalar) birlashishi hisoblanadi. Bank va sanoat kapitalining
real qo’shilishi va ta’sirchan moliyaviy kapitalning shakllanishi sodir
bo’lmoqda. Bularning natijasida ishlab chiqarish masshtablarining
o’sishidan vujudga kelgan samara, iqtisodiyot tarkibiy tuzilma-
larining o’zaro ta’sirchanligi va investitsiyalarning o’sishidan olingan
sinergetik samara kompaniyalarga yirik masshtabli moliyaviy
vazifalarni yechishga imkon bermoqda.
Dostları ilə paylaş: