20
Xulosa
Shunday qilib boshlangʻich sinflarda ona tili fanining samaradorligi
oʻqitish metodini toʻgʻri tanlash, ona tili fanining amaliy yoʻnalishidan kelib
chiqib, ta'lim jarayonida koʻproq oʻquvchini oʻylashga, fikrlashga undovchi oʻquv
topshiriqlarini
ishga solish, oʻquvchilarda bilish-oʻrganish ehtiyojini yuzaga
keltiradigan dars shakllaridan foydalanish singarilar bilan boʻgʻliq oʻquvchini
ta'lim jarayonining subyektiga aylantirishda topshiriqlar hal qiluvchi omillardan
sanaladi. Ona tilidan tashkil etiladigan topshiriqlar oʻquvchini izlanishga ijodiy
faoliyat koʻrsatishga oʻrganilayotgan til hodisalarning mohiyatini aniqlab qaror va
xulosalar chiqarishga undaydi. Topshiriqlar har bir oʻquvchiga oʻzini
nomoyon
etish, fikr-mulohazalarni himoya qilish, topshiriqni shavq-u zavq bilan bajarish
imkoniyatini beradi. Har bir shaxsda tarbiyalanish zarur boʻlgan ijodiy sifatlari
tezkorlik, sergaklik, qat’iyatlilik,
bilimdonlik, mustaqillik, ijodkorlik kabilar
koʻpincha ta'limiy oʻyinlar orqali rivojlantiradi. Topshiriqlar ta'lim tizimini,
bilimlarni oʻzlashtirish va tez anglash uchun xizmat qiladi.
Xat,
yozuv kishi qalbining oynasi, xatiga qarab odamlarning tabiatini,
xarakterini ham bilishadi. Chiroyli yoza olmaslik kattta nuqson, lekin tuzatsa
boʻladigan kamchilik. Buning uchun nima qilish kerak?
Birinchi galda
boshlangʻich sinflarda husnixatga katta e’tibor berilishi lozim. Bolaning yozuvi
yuqori sibflarda ham har qanday oʻqituvchining nazorati ostida boʻlmogʻi, yozma
ishlarda topshiriqlarning mazmuni bilan bir qatorda oʻquvchilarning yozuviga ham
baho qoʻyilishi yoki “Chiroyliroq yozib kel” deb oʻquvchiga qaytarilib berilishi
kerak. Bu borada oʻqituvchi diktant turlaridan unumli foydalanish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, oʻquvchilarni toʻgʻri va chiroyli yozishlariga erishish
oʻqituvchidan ham, oʻquvchidan ham koʻp mehnat talab etiladigan jarayon boʻlib,
bunga erishish uchun oʻquvchidan ilmga chanqoqlik va oʻz xatiga nisbatan
qiziqish, oʻqituvchidan
esa mukammal bilim, pedagogik mahorat, oʻz kasbiga
mehr-muhabbat talab etiladi.