16
4. Kuz
Bu yil kuz fasli erta tushdi.
Qovun palagi qurimasdan, havoda mezon
shamoli uchdi. Kechalari osmonda turnalarning horgʻin nolasi eshitilmoqda.
Bu yil qish qattiq keladiganga oʻxshaydi, teraklar bargini erta toʻkdi. Oktabr
oyining boshi boʻlishiga qaramasdan havo sovib, tez-tez yomgʻir yogʻmoqda.
Paxtakorlar
ham shoshib qolishdi, dalalarda paxtalar chamandek ochilib
turibdi.
(50 soʻz)
5. Chumolilar
Chumolilarning turi juda koʻp.
Ular dalalarda, oʻrmonlarda, qirlarda,
hovlilarda oila boʻlib yashaydi. Insonlar yashaydigan
joylarda asosan sariq,
jigarrang, qora chumolilar uchraydi.
Chumolilar juda mehnatkash va foydali hasharotdir. Ular bahor
faslining
boshlanishidan, kuz faslining soʻhggi kunlarigacha mehnat qilib,
oziq-ovqat yegʻadi.
Chumolilar mevali bogʻlarda, dalalarda,
paxtazorlarda uchraydigan
zararli hasharotlarga qiron keltirib, insonlarga katta yordam beradi.
(55 soʻz)
6. Registon
Samarqanddagi
Registon
ansambli
dunyoga
mashhur
tarixiy
yodgorlikdir. Chet ellardan kelgan sayyohlar Registonni koʻrmay ketmaydi.
Registon ansambli uchta salobatli binodan tashkil topgan. Bular:
Ulugʻbek, Sherdor, Tillakori madrasalaridir.
Ulugʻbek madrasasi 1471-yil barpo etilgan. Madrasada diniy ilmdan
tashqari, dunyoviy fanlar ham oʻqitilgan. Bu yer Mirzo Ulugʻbek
davrida
ilm-fanning markazi boʻlgan. Madrasada Ulugʻbekning oʻzi ham dars bergan.
(55 soʻz)