241
aralashtirgichsiz va reaktordagi mahsulotni qizdirmasdan biogaz
olishning oddiy qurilmasi juda sodda bo’lib, kam sonli qoramol va
kam sonli parrandaga ega bo’lgan har bir xonadon egasi bu qurilmani
barpo etishi mumkin (10.3-chizma).
Chunki bu biogaz texnologiya jihozlari juda sodda va arzon.
Maydon jihatdan ham ko’p joy egallamaydi,
reaktor uchun jihozlari
soni ham kam. Reaktor hajmi (200 – 500)
l
bo’lishi mumkin. 50 – 200
l
hajmli biogaz qurilmasidan kuniga (1 – 10)
3
m
gacha biogaz olish
mumkin. Bu hajmdagi biogaz qurilmalari uchun ishchi soni talab
qilinmaydi. Xonadon egalarining o’zi ham biogaz qurilmasidan
bemalol foydalana olishi mumkinligi uning afzalligini ko’rsatadi.
Butun jahonda xomashyo va energiyadan
foydalanish global
muammo bo’lib qolmoqda. Bu muammoni hal qilishning muqobil
yo’llaridan biri biogaz olish texnologiyasini aholi o’rtasida hamda
sanoat darajasida yo’lga qo’yish hisoblanadi. Hozirgi kunda biogaz
olish texnologiyasi yaxshi o’rganilgan bo’lib,
bir qator xorij
mamlakatlarida muvaffaqqiyatli qo’llanilmoqda.
220
l
ga ega bo’lgan reaktor, propan balloni (suvli zatvor), biogaz
yig’ib olish uchun avtomobil kamerasi, kamerani bosib turuvchi yuk
(yuk o’rnida betonli tosh, qum to’ldirilgan qop) va gazni o’tkazuvchi
vosita sifatida quvur va shlanglar kerak bo’ladi. 10.5 – jadvalda kichik
biogaz olish qurilmasi uchun kerakli jihozlar ro’yxati berilgan.
10.5 – jadval
Kichik biogaz qurilmasi jihozlari
№
Jihozlar
1. Po’lat reaktor, 220 litr hajmli
2.
Propan ballon, 30 litr hajmli
3. Yuk avtomobili kamerasi
4.
Yordamchi qismlar (rezina tutashtirgichlar, po’lat
o’tkazgichlar, daraxt materiallari)
5. Sintetik yopgich
6. Issiqlikdan ajratuvchi mahsulotlar
242
Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki,
bu qurilmani qurish
uchun juda kam mablag’ talab etiladi. Qurilma ancha sodda bo’lib,
asbob-uskunalarsiz qurilmani yig’ish mumkin. Bu qurilmani har bir
xo’jalik barpo etsa bo’ladi.
Bu tipdagi oddiy biogaz uskunasi asosan (1-10)
3
m
gacha hajmli
bioreaktorlarda kuniga (50-200) kg xom ashyoni qayta ishlashga
mo’ljallangan bo’lib, bijg’itish jarayoni 5
C
o
dan 20
C
o
gacha
haroratda olib boriladi.
Ushbu bioreaktorlar janubiy mintaqalar
uchun aralashmani
aralashtirmasdan va qizdirmasdan foydalanishga mo’ljallangan bo’lib,
biogaz va bioo’g’it olishga moslashtirilgan: yangi aralashmani quyish
uchun yopiq idish, biogazni yig’ish moslamasi, ishlatib bo’lingan
aralashmani quyish moslamalaridan iborat.
O’rtacha bir oilaga mo’ljallangan kichik hajmli biogaz
qurulmasiga 200
kgli biomassa solinib, kuniga 10%ni almashtirgan
holatda 1 m
3
biogaz
olish mumkin. Agar
har bir xo’jalik egalari
(0,5 – 1)
3
m
bioreaktor
qurilmasini o’rnatsa,
kuniga (3 – 10)
3
m
gacha biogaz olishlari
mumkin. 10.4
-
rasmda
kichik hajmli biogaz
olish
uskunasining
tuzilishi keltirilgan.
Qayta
ishlangan
biomassa bioreaktordan yangi aralashma quyishdan avval yoki hosil
bo’lgan gaz bosimi yordamida chiqaruvchi quvur yordamida quyib
olinadi. Ushbu quyib olingan biomassa (bioo’g’it) maxsus idishda
(vaqtinchalik yig’gich) saqlanadi. Uning
hajmi bioreaktor hajmidan
kam bo’lmasligi lozim. Ushbu tipdagi oddiy biogaz uskunasidan har
qanday fermer xo’jaliklari o’z hududlarida qurib foydalanishlari
mumkin.
Ushbu
oddiy
tipdagi
biogaz
uskunasini
qurish
uchun
quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
Dostları ilə paylaş: