215
(aylanuvchi) mexanik energiyaga o’zgartirish oson.
Gidro elektr stanstiyalar jihozlari etarli
darajada puxta ishlab
chiqarilgan bo’lib, nisbatan oddiy va ishonchlidir. GES lar elektr
energiya ishlab chiqarishi jarayonida (issiqlik elektr stanstiyalaridan
farqli
ravishda)
hech
qanday
issiqlik
(yonish
jarayonlari)
bo’lmaganligi sababli, jihozlarini ishlatish muddatlari davomli bo’lib,
ishdan chiqish vaziyatlari juda kam uchraydi. GES larni ishlatish
muddati - 50 yildan ko’proqdir. Yurtimizda gidroenergetika gurkirab
rivojlanishining birinchi davri - XX asr 20-50
yillarida - qurilgan
stanstiyalar hali-hanuz ishlab turibdi.
GES larning barcha ishchi jarayonlarini markaziy boshqarish
punkti orqali masofadan boshqarish va nazorat qilish imkoni
bo’lganligi sababli, bevosita ish joyida texnik personalning kichik
guruhi bo’lishi etarlidir. Hozirgi kunda kichik va katta quvvatli (1 kVt
dan birnecha yuz mVt li) gidro elektr stanstiyalarni ekspluatastiya
qilish bo’yicha katta tajribalar mujassamlangan.
Barcha iste’molchi yuklanishlari (quvvatlari) yig’indisining sutka
soatlariga bog’liqligini ko’rsatuvchi grafik 9.4 rasmda ko’rsatilgan.
Barcha elektr
energetika tizimlari singari, O’zbekiston energetika
tizimida ham iste’molchi quvvati o’zgarib turishining maksimal va
minimal qiymatlari mavjud ekan. Energetika tizimining yuklanish
grafigi (qisqacha: sutkali yuklanish grafigi) dan shuni ko’rish
mumkinki, sutka davomida istemolchi olayotgan umumiy quvvat
bilan energiya ishlab chiqaruvchi barcha
elektr stanstiyalar umumiy
quvvatlari doimo teng bo’lishini ta’minlash uchun, GES lar energiya
ko’proq zarur bo’lgan sutkaning ma’lum vaqtlarida ishga tushirilishi
va qolgan vaqtlarda tarmoqdan uzilishi kerak ekan [4]. Albatta, GES
larning yuklanish grafigini tezkorlikda «tekislash» imkoniyatlari
issiqlik elektr stanstiyalariga nisbatan katta samaraga ega.
9.4-rasmda:
R
baz
– tungi quvvat pasayuvi (proval) yoki barcha
stanstiyalar beto’xtov ishlashi lozim bo’lgan generatorlari quvvati
yig’indisi;
P
min
– istemolchi yuklanishining kunduzgi pasayuvi;
P
max
–
yuklanishning
kechqurungi maksimumi;
P’
max
– yuklanishning
ertalabgi maksimumi;
P’
var
=
(
P
max
-
R
baz
) – zahiradagi generatorlar
maksimal quvvati;
P
var
= (
P’
max
-
R
baz
) – zahira generatorlarining
minimal quvvati.
216
Ushbu
rasmdan
shuni
anglash
mumkinki,
iste’molchini
uzluksiz
elektr
energiya
bilan
ta’minlash uchun
elektr
stanstiyalarda
doimiy
zahira
generatorlari
bo’lishi shart va
bu
zahira
har
onda
ishga
tushirishga shay bo’lishini ta’minlash shart. Elektr energetika
tizimlarida bunday zahiralar sifatida,
aksariyat, gidro elektr stanstiya
generatoridan foydalaniladi. Chunki issiqlik elektr stanstiyasidagi
(IES) generatorni ishga tushirish, GES lar generatorini ishga
tushirishga nisbatan vaqt bo’yicha ancha muddat talab etadi.
Biroq, bizning hududda GES lar vegitastion
rejimda ishlashi
zarur, chunki sug’orishga mo’ljallangan to’g’onlar suvini har onda
chiqarib yuborish, qishloq xo’jaligiga negativ ta’sir ko’rsatadi. Shu
sababli, zahira generatorlari IES larida bo’lishi zarurligi qabul
qilingan. IES da generator zahirasining ikki rejimlari mavjud.
Birinchisi - «sovuq zahira», ya’ni IES qozonxona va turbinasi ishga
tushirishga tayyor, ammo o’txona yoqimagan
va turbina generator
valini aylantirmayapti. Ularni ishga tushirish uchun birnecha soatlar
ketadi. Ikkinchisi - «issiq zahira» bo’lib, IES qozonxonasi ishga
tushirilgan
va
turbina
generator
valini
nominal
tezlikda
aylantirayotgan bo’ladi. Tarmoq quvvatini oshirish zarur bo’lgan
ondayoq, generator chulg’amlari ishga tushirilib, tarmoqqa elektr
energiya uzatila boshlaydi.
Demak, sutka davomida bir xil tezlikda oqadigan tog’
zonasi
daryolarida o’rnatilgan kichik GES lar yuklanish grafigining baza
rejimida ishlatilgani ko’proq samara berishi ayon.
Dostları ilə paylaş: