212
yirik GES laridan hisoblangan. Elektr
stanstiya derivastion turda
qurilgan bo’lib, 22 km li hududda joylashgan murakkab inshootlar
kompleksini tashkil etadi. Elektr energiya
ishlab chiqarishdan
tashqari, Farxod GESi bir qator sug’orish kanallari uchun suv manbai
hisoblanadi.
9.2-rasm. Farxod GES mashina zali va BSQ
Farxod GESining quvvati 126 MVt bo’lib, yillik o’rtacha elektr
energiya ishlab chiqarishi 830 mln kVt·s ni tashkil etadi.
Stanstiyaning to’g’oni rostlanuvchi suv hajmi 350 mln m
3
va maydoni
48 km
2
bo’lgan Farxod suv omborini hosil qiladi.
Andijon GES lar kompleksi bir to’g’ondan
foydalanuvchi ikki
GES (Andijon GES va Andijon GES-2) dan iborat. Gidrouzel
Qoradaryoning Farg’ona vodiydan chiqishidagi
Xonobod hududida
joylashgan. Gidrouzelning asosiy vazifasi, asosan, sug’orish-
ekinchilik manfaatlari uchun suv
oqimini boshqarish bilan birga,
elektr energiya ishlab chiqarishdir.
Gidrouzel tarkibiga quvvatlari 190 MVt va 50 MVt bo’lgan
stanstiyalar kiradi. Yillik o’rtacha elektr energiya ishlab ishlab
chiqarish 171,1 mln kVt·s tashkil etadi.
213
G’uzor GESi 1988 yilda sug’orish ishlariga mo’ljallangan
suvni
yig’ish uchun qurilgan G’uzor gidrouzeli to’g’oni yonida 2011 yilda
ishga tushirilgan. Quvvati 45 MVt, yillik o’rtacha
elektr energiya
ishlab ishlab chiqarish 80,9 mln kVt·s tashkil etadi.
Ushbu stanstiyalar jihozlari o’z resurslarini allaqachon ishlatib
bo’lgan va
ham jismonan, ham ma’nan eskirgandir.
Dostları ilə paylaş: