20
Har bir korxonaning kadrlar siyosati turli sohalardagi kadrlar siyosati majmuidan iborat,
xususan:
–
kadrlar mehnatini tashkil etish siyosati;
–
kadrlar mehnatini baholash siyosati;
–
kadrlarning kasbiy darajasini oshirish va lavozim ko‘tarilishi siyosati;
–
kadrlarni rag‘batlantirish siyosati;
–
kadrlarni boshqarish siyosati;
–
kadrlarning ijtimoiy-mehnat munosabatlari siyosati;
–
jamoaning korporativ madaniyatini shakllantirish siyosati;
–
kadrlar bilan aloqa qilish siyosati;
–
kadrlar mehnatini muhofaza va ijtimoiy himoya qilish siyosati va hokazo.
3
Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar siyosatini ishlab chiqish jarayonida
korxona mulkdorlari, rahbariyati kadrlar siyosati yo‘nalishlari bo‘yicha savollarning
o‘zi uchun mavzuli guruhlarini shakllantirishi va muhokama paytida mavjud
tashkiliy, iqtisodiy va texnikaviy muammolarga javob berishi shart. Bu talablar
samarali kadrlar siyosatini ishlab chiqish uchun muhim.
Kadrlar siyosatini ishlab chiqish jarayoni uchun yo‘nalishlari bo‘yicha
savollarning mavzuli guruxlarini misol qilib keltiramiz.
Dostları ilə paylaş: