15
Reaktiv
kadrlar siyosatida korxona rahbariyati yuzaga kelgan muammolarni
personal bilan aniqlaydi, kadrlarning muammolari, ziddiyatli vaziyatlarni tahlil qiladi,
ularni bartaraf etish profilaktik choralarini ko‘radi.
Ogohlantiruvchi
kadrlar siyosatida korxona rahbariyati kadrlar holati haqida
asoslangan prognozlarga ega bo‘lib, kadrlar salohiyati belgilangan vazifalar
darajasiga ko‘ra baholanadi.
Qisqa va o‘rta muddatli kadrlarga talablar prognozlari mavjud. Personalni
rivojlantirish va o‘qitish bo‘yicha vazifalar shakllangan.
Korxona rahbariyati kadrlar holatini prognoz qiladi va uning doimiy
monitoringini olib boradi, zarur hollarda maqsadli kadrlar dasturlarini ishlab chiqadi.
Kadrlar siyosatining bunday turida korxonalarda kadrlarga talablarni
rejalashtirish qisqa va o‘rta muddatli davrlarda amalga oshiriladi, personalni o‘qitish
bo‘yicha vazifalar ham o‘sha muddatlarda qo‘yiladi.
Faol
kadrlar siyosatida tashkilot rahbariyati nafaqat kadrlar prognozi, balki
kadrlar holatiga ta’sir etuvchi vositalarga ham ega bo‘lib, zarur hollarda maqsadli
kadrlar dasturini ishlab chiqishi mumkin. Ushbu turdagi kadrlar siyosatida
korxonada ishlab chiqarish muhiti, personalni rag‘batlantirish monitoringi o‘tkaziladi.
Faol kadrlar siyosati
Dostları ilə paylaş: