Bu sxemada ulanish simlarni qarshiliklari R
2
va R
4
rezistorlar qarshiliklariga
qushilib ketadi shuning uchun R
1
ga ulanish simlarini qarshiligi ta’sir qilmaydi.
Sinov oʻtkazish paytidagi olingan koʻrsatkichlarni qiymatlari avvalgi olingan
sinov koʻrsatkichlari qiymatlari va elektr uskunani boshqa fazalarini qiymatlari
bilan xamda bir xil turdagi elektr uskuna sinov natijalari bilan taqoslanadi.
Sinov koʻrsatkichlarini natijalari «Elektr uskunalarni sinash me’yorlari» raxbariy
xujjatda berilgan koʻrsatkichlardan keskin farq qilsa, elektr uskunada nuqson
borligidan dalolat beradi va bu vaqt oʻtishi bilan elektr uskunada nosozlik keltirib
chiqaradi, oqibatda elektr uskunani ishdan chiqishiga olib keladi. Elektr uskunani
yangi ishga tushirish paytida sinovdan oʻtkazilganda sinov koʻrsatkichlarini
qiymatlari elektr uskunani pasportida yoki zavodda sinovdan oʻtkazilib,
toʻldirilgan bayonnomalardagi birlamchi koʻrsatkichlar qiymatlari bilan
solishtirib taqqoslanadi xamda bu natijalar qoidada berilgan koʻrsatkichlarni
qiymatlariga toʻg’ri kelsagina uskunani ishga yaroqliligi toʻg’risidagi xulosa
beriladi.
Elektr uskunani rejali va toʻla ta’mirga chiqarishdan oldingi sinov natijalari
koʻrsatkich qiymatlari elektr uskunani ishga tushirish paytidagi sinov natijalarida
olingan koʻrsatkich qiymatlari bilan solishtirib taqqoslaniladi. Maxsus ta’mirlash
korxonalarida toʻla ta’mirlangan yoki qayta tiklangan elektr uskunalar sinovdan
oʻtkazilganda olingan natijalar elektr uskunani kelgusi ekspluatatsiya paytida
olingan sinov natijalarini taqqoslash uchun birlamchi koʻrsatkich qiymatlari
boʻlib xisoblanadi. Qoidada koʻrsatilgan sinovdan tashqari barcha elektr
uskunalar koʻrikdan oʻtkazilishi, mexanik qismlari tekshirilishi xamda ularni
ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish boʻyicha yoʻriknoma asosida boshqa
sinovlardan xam oʻtkazilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: