216
egasi ortiqcha, foydalanilmayotgan yoki noo‘rin foydalanilayotgan mol-
mulkni olib qo‘yish hamda uni o‘zi xohlagan tarzda tasarruf etishga haqli.
Davlat korxonasining mol-mulkini tasarruf etish davlat korxonasi
o‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkni
uning mulkdorining roziligi
bilangina boshqa shaxsga berishga yoki uni boshqacha usulda tasarruf
etishga haqli. Davlat korxonasi o‘zi ishlab chiqaradigan maxsulotni, agar
qonun hujjatlarida o‘zgacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, o‘zi
mustaqil tasarruf etadi. Davlat korxonasining daromadlarini taqsimlash
tartibi uning mulkdori tomonidan belgilanadi. Muassasa mol-mulkini
tasarruf etish muassasa o‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkni va smeta
bo‘yicha unga ajratilgan mablaglarga sotib olingan molmulkni boshqa
shaxsga berishga yoki o‘zgacha usul bilan tasarruf etishga haqli emas.
Agar ta’sis hujjatlariga muvofiq muassasaga daromad keltiradigan
faoliyat bilan shugullanish huquqi berilgan bo‘lsa,
bunday faoliyatdan
olingan daromad va bu daromad hisobidan sotib olingan mol-mulk
muassasaning mustaqil tasarrufiga o‘tadi va alohida balansda hisobga
olinadi.
Xo‘jalik yuritish va operativ boshqarish huquqlarining vujudga
kelishi va bekor bo‘lishi mulkdorning qarori bilan unitar korxonaga yoki
muassasaga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkni xo‘jalik usulida yuritish
huquqi yoki operativ boshqarish huquqi ushbu korxona yoki muassasada
unga mol-mulk topshirilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqarishida bo‘lgan mol-
mulkdan
foydalanishdan olingan hosil, mahsulot va daromadlar,
shuningdek unitar korxona yoki muassasa shartnoma bo‘yicha yoxud
boshqa asoslarda vujudga kelgan molmulk ham mulk huquqining vujudga
kelishi uchun belgilab qo‘yilgan tartibda korxona yoki muassasaning
xo‘jalik yuritishiga yoki operativ boshqarishiga o‘tadi.
Mol-mulkni xo‘jalik usulida yuritish huquqi va operativ boshqarish
huquqi mulkdorning qarori bilan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
boshqa asoslarda bekor qilinadi. Xo‘jalik yuritish yoki operativ
boshqarish huquqiga nisbatan basharti FK va o‘zga
qonun hujjatlarida
boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, mulkchilik huquqi
to‘grisidagi qoidalar qo‘llaniladi.
217
Demak, tadbirkorlik faoliyati mulk huquqi egasi bo‘lgan va
bo‘lmagan shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Tadbirkorlik
faoliyati subyektlari umumiy qoidaga binoan mulk huquqi egalari
hisoblanadi, agar bunday huquqqa ega bo‘lmagan taqdirda, ular mulkdor
tomonidan biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan xo‘jalik yuritish
huquqiga yoki operativ boshqarish huquqiga ega bo‘ladilar va
tadbirkorlik faoliyatini mulkdor tomonidan belgilangan vakolat doirasida
amalga oshiradilar (FKning 71, 177-m.).
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan asosiy maqsad daromad
(foyda) olishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun tadbirkor o‘z
faoliyatini bozor talablariga moslashtirib rejaga soladi,
kerakli va sotib
oluvchilar uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga, xarid
qilishga raqobatlashuvda faol qatnashishga harakat qiladi. Tadbirkor o‘z
faoliyatini yuritish natijasida
oladigan umumiy daromadidan ma’lum
qismini soliqlar va boshqa to‘lovlar uchun ajratadi. To‘lovlarni to‘lashdan
tadbirkor ixtiyorida qolgan daromad sof foyda sifatida to‘lato‘kis uning
tasarrufiga o‘tadi. Sof foydadan qaysi maqsadda foydalanishni tadbirkor
o‘zi mustaqil ravishda hal qiladi.
Dostları ilə paylaş: