207
fondining miqdori qisqartiriladigan bo‘lsa, bu haqda jamiyatning
kreditorlari, albatta, xabardor qilinadi.
Ular majburiyatni jamiyat
tomonidan belgilangan muddatdan oldin bajarishni yoki uni bekor qilishni
va shu tufayli etkazilgan zararni qoplashni undan talab qilish huquqiga
ega.
Kommandit (ishonchga asoslangan) shirkatni boshqarish uning
to‘liq sheriklari tomonidan amalga oshiriladi. Mas’uliyati cheklangan
jamiyatda bunday emas. Bu jamiyatda uning barcha ishtirokchilari teng
va jamiyat faoliyatini boshqarish uchun ulardan birontasiga qonunda
ustunlik berilmagan. Shuning uchun
ham jamiyat ishtirokchilari
tomonidan uning boshqaruv organini tuzish nazarda tutiladi.
Ishtirokchilarning umumiy majlisi jamiyatning oliy organi hisoblanadi.
Umumiy majlis mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan normativ hujjatlarni,
jamiyatning ichki ishlarini hal qilishga qaratilgan qarorlarni qabul qilish
huquqiga ega. Kundalik muammolarni hal qilish uchun va umumiy
majlisga hisobot berib turuvchi va unga itoat etadigan ijrochi organ
tuziladi. Bunday organ yakka direktor yoki maslahatchilar hay’ati
(kollegiya)dan iborat bo‘lishi mumkin.
Qo‘shimcha
mas’uliyatli
jamiyat
ishtirokchilari
uning
majburiyatlari bo‘yicha o‘z mol-mulklari bilan qo‘shgan hissalari
qiymatiga nisbatan hamma uchun bir xil bo‘lgan, jamiyatning ta’sis
hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar
javobgar bo‘ladilar. Demak, jamiyat majburiyatlari bo‘yicha
hamma
ishtirokchilar sheriklik (solidar) asosida karrali miqdorda bir tekisda
qo‘shimcha (subsidiar) javobgar bo‘ladilar (FKning 63-moddasi). Ushbu
moddaga binoan ishtirokchilardan birontasi bankrot bo‘lsa, javobgarlik
boshqa ishtirokchilar o‘rtasida ularning hissalariga mutanosib ravishda
taqsimlanishi mumkin.
Jamiyatning ta’sis hujjatlari ta’sis shartnomasidan va uning
ustavidan iborat. Ta’sis shartnomasi jamiyatni tashkil etish paytida uning
ta’sischilarining huquq va burchlarini belgilaydi va tartibga soladi.
Jamiyatning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va ta’sischilar o‘z
zimmalariga olgan majburiyatlarining bajarilishi bilan ta’sis shartnomasi
o‘z kuchini yo‘qotadi. Ustav esa, o‘z navbatida, jamiyatning yuridik shaxs
208
sifatida huquqiy maqomini belgilaydi.
Barcha manfaatdor shaxslar
jamiyat ustavi bilan tanishib chiqish huquqiga ega. Aktsiyadorlarning
talabi bo‘yicha jamiyat ustavi va unga keyinchalik kiritilgan o‘zgarishlar
bilan tanishib chiqish uchun aktsiyadorga imkoniyat tudirib berish kerak.
Aktsiyadorlar jamiyatining faoliyati uning organlari tomonidan
amalga oshiriladi. Jamiyatning oliy organi aktsiyadorlarning umumiy
yiilishi hisoblanadi. Umumiy yiilish jamiyatning boshqaruv organi –
kuzatuv kengashi tomonidan chaqiriladi. Ko‘p masalalar bo‘yicha
qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan, muhim masalalar bo‘yicha
malakaviy ko‘pchilik ovozlar bilan qabul qilinadi.
Kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatida umumiy rahbarlik vazifasini
amalga oshiradi. Umumiy yiilish vakolatiga taalluqli bo‘lgan masalalar
yuzasidan kuzatuv kengashi qaror qabul qilish huquqiga ega emas.
Har qanday fuqaro, u jamiyat aktsiyadori bo‘lishi yoki
bo‘lmasligidan qat’i nazar, kuzatuv kengashining a’zosi bo‘lishi mumkin.
Kuzatuv kengashining a’zolari jamiyatning
yillik umumiy yiilishida
saylanadi. Kengash a’zolari o‘z tarkibidan yopiq ovoz bilan kuzatuv
kengashi raisini saylaydilar. Kuzatuv kengashining qarorlari, agar ustavda
boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, majlisda qatnashgan kengash
a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Jamiyat ustavida
majlisda ovozlar teng taqsimlangan taqdirda kengash raisiga hal qiluvchi
ovoz berish huquqi nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. Aktsiyadorlarning
umumiy yiilishining qarori bilan kuzatuv kengashi a’zosining vakolati
turli asoslarga ko‘ra muddatidan oldin tugatilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: