19
ushlab turganligi ham saqlanib qolgan. Orqadagi tasvirlar ham filning ustidagi
taxtiravonda ayol kishining borligini tasdiqlaydi. Orqada otga minib kelayot uch
nafar ayolning suratlari aks ettirilgan. Birinchisining to’liq ko’rinishi deyarli yaxshi
saqlanib qolgan.
Rasimdagi obrazining eng harakterli tomoni sharq
xaqlariga xos nafis va
latofatlgi go’zallikka ega bo’lgan ayol qiyofasining gavdalantirilishidadir. Ayolning
butun qomatida, liboslaridagi rang va shakillarning harakterlari hatto soch
turmaklarida ham sharqona xususiyatlar yaqqol ko’rinib toribdi. Umuman, bu
devoriy tasvirlarda bo’yoqlarning ishlatilishi uslublaridan keng ko’lamli va o’ziga
xos foydalanilgan.
Otlardagi uch nafar ayolning tasvirlari bir -biriga o’xshab ketsada ular mingan
otlar rang jihatidan bir-birdan farq qilib turganligi aniq ko’rinadi.
Birinchisi, to’q
ko’k otda, ikinchisi sariq, ot mingan uchinchi ayol esa qizil ot mingan bo’lib,
uchinchi ayolning tasviri deyarli saqlanmagan. Ulardan keyingi soqchilar, tuya
mingan arkaklar aks ettirikgan. “ Qorachadan qelgan birinchi erkak katta yoshda
bo’lib, soqoli va mo’yloviga oq tushganligi yaqqol sezilib turibdi. Uning o’siq quyuq
qoshlari ham oq. Qoramtir
yuzida qovoqlari botiq, ko’k ko’zlari yorqin ko’rinadi.
Sochlari oq bog’ich bilan bog’langan. Chap qo’log’ida zirak bor. U o’ng qo’lining
ikki barmog’i bilan kal’ani ko’rsatayapti. Chap qo’lida uchiga hayvon boshi
ishlangan chuqmor. Ustiga qizil chakmon kiygan yelkasiga tashlangan sariq rangsiz
kiyim shamolda hilpiraydi.”
Ikkinchi arkak yosh, rangpar yuzli, qora soqqoli va ingnichka mo’ylovlidir. Qora
sochlari qizil bog’ich bilan tortilgan. Birinchi erkak kishi singari uning yuz tuzilishi
ham ovro’poliklarnikigina o’xshaydi. Katta qirg’iy burunli og’zi kichik bu kishining
o’ng ko’ziga sariq (oltin) chuqmor bor. Ikkala erkak ham o’zun qilich bilan
qurollangan. Qilich kamarining chap tomonida osilib turibdi. Ularning belbog’lariga
kalta hanjar ilingan. Dastalarida yovvoyi qushlar boshining tasviri solingan.
20
Tuyalar jigarrang, birinchisining ustida fillarning surati solingan kunguralar bilan
bezatilgan doirasimon jul bor. Aynan bu tasvirlar topilgan paytida arxeologlar
o’rganib, yuqoridagidek ta’riflar berishgan.
Umuman Afrosiyob devoriy
rasmlarining bir necha nusxalari, O’zbekiston tasviriy san’at muzeyi, adabiyot va
tarix muzeylarida ham mavjud. Bu suratlarni kuzatar ekanmiz,
rassom devoriy
rasmda keng manzarani qamrab olishga intilganini ilg’aymiz. Teparoqda joylashgan
manzaradagi oq qushlar tasviri esa devoriy suratga yanada badiiy mazmun kiritgan.
Tasvirda oq qushlarning harakati bir- biriga uyg’unlashib ketganki bu manzarada
o’ziga xos musiqiy ohang jaranglab turgandek. Kompozisiyaning rangga boy qilib
tasvirlanganligidan Afrosiyob tasviriy san’ati nihoyat darajada badiiy yutuqlarga
ega ekanligini ko’ramiz. Deroriy suratlarning juda ko’p qismi turli sabablarga ko’ra
o’chib ketgan. Lekin, shunga qaramasdan, bu suratlar
mazmunini tushunib olish
mumkin.Masalan, beligacha saqlanib qolgan erkak kishining tasviridagi salobatlilik
alohida ahamiyat kasb etgan. Musavvir obrazga urg’u berish bilan birga uning
martabali kishi ekanligini ko’rsatmoqchi bo’lgan ko’rinadi. G’arbiy devorga
ishlangan suratlar, ayniqsa, uch kishini qimmatbaho kiyimlarda aks ettirilishi oddiy
tomoshabinni hayratga solibgina qolmasdan, har qanday san’at ustasini ham o’ziga
jalb qila olishi tabiiydir. Mato va liboslardagi bu tasvirlarda humo qushi, qanotli ot,
echki, tovus kabi turli qush va hayvonlar anatomik tuzilishiga mos aks ettirilgan. Bu
esa musavvir mahoratidan darak beradi.
Ko’plab obrazlar, boy va sermazmun xarakterga ega bo’lgan. Afrosiyob devoriy
rasmlari nafaqat tasviriy san’atimiz merosini, balki butun
sharq xalqlari tarixini
o’rganishda ham juda katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: