Ma’danli o’g’itlar ta’sirida soya navlarining Suv saqlash qobiliyati Shodmonov Feruz Abdullajonovich Samarqand davlat Universiteti assistenti, Samarqand Annotatsiya



Yüklə 26,48 Kb.
səhifə1/2
tarix19.04.2023
ölçüsü26,48 Kb.
#100854
  1   2
Maqola suv saqlash qobilyati


Ma’danli o’g’itlar ta’sirida soya navlarining Suv saqlash qobiliyati
Shodmonov Feruz Abdullajonovich
Samarqand davlat Universiteti assistenti, Samarqand


Annotatsiya. Tadqiqotlar natijalariga ko’ra, o’rganilgan soyaning erta pishar soya navlari barglarining suvni saqlash xususiyati, o’rta pishar navlarga nisbatan pastligini ko’rsatdi. O’rganilgan soyaning Nafis va Selekta 302 navlari barglarining suvni saqlash xususiyatini qiyosiy tahlil qilganimizda, soayaning Nafis navi barglarining suvni saqlash xususiyati nisbatan ortiqlidini ko’rsatdi.


Kalit so’zlar: soya, Nafis, Selekta 302, azot, fosfor, kaliy, mineral oziqlanish, o’g’it miqdori, suv saqlash qobilyati, fiziologik jarayonlar.

O’simliklar barglarining suvni saqlash qobiliyati ularning suv almashinuvi, qurg’oqchilikka va tuproq sho’rlanishiga chidamliligini tavsiflovchi ko’rsatkichlardan biri bo’lib, turli fiziologik jarayonlarga va hosildorlikka ta’sir qiladi. O’simlik barglarining suvni saqlash qobiliyatiga qarab, qurg’oqchilikka chidamli bo’lgan navlarni aniqlash mumkin.


O’simlik barglarining suvni saqlash xususiyati o’z navbatida ko’p omillarga bog’liq, jumladan, tuproq namligi, tuproq tarkibidagi ma’danli o’g’itlar miqdoriga, havo harorati va nisbiy namligi, navlarning biologik xususiyatlari va boshqa ko’rsatkichlariga bog’liq.
Tajribada qo’llanilayotgan soyaning Nafis va Selekta 302 navlarini suv saqlash qobilyati 5 xil o’g’itlash me’yorlariga mos ravishda, rivojlanish fazalarida o’rganib borildi. Ma’danli o’g’itlar ta’sirida soyaning Nafis va Selekta 302 navlari rivojlanish davrlarida suv saqlash qobilyatining o’zgarishidan olingan natijalar 1.1 jadvalda keltirilgan.
Birinchi tajriba (N0P0K0) variantimiza shonalash davrida soyaning Nafis navida suv saqlash qobilyati o’rtacha 66,16% ni tashkil etib, suv saqlashning yuqori miqdori 900 da (68,49%), past miqdori 1400 da (63,56%) aniqlandi. Selekta 302 navida esa suv saqlashning o’rtacha miqdori 62,89% ni, yuqori miqdori 900 da (64,24%), past miqdori esa 1400 da (61,34%) aniqlandi.
Gullash davrida esa Nafis navida suv saqlashning o’rtacha miqdori 56,65% bo’lib, yuqori miqdori 900 da (59,32%), past miqdori 1400 (52,36%) kuzatildi. Selekta 302 navida esa suv saqlashning o’rtacha miqdori 54,85% bo’lib yuqori miqdori 900 da (57,42%), past miqdori 1400 da (50,98%) aniqlandi.
Dukkalklarning shakllanish davrida esa Nafis navida suv saqlashning o’rtacha miqdori 50,65% bo’lib yuqori miqdori 900 da (52,24%), past miqdori 1400 da (48,47%) ekani aniqlandi. Selekta 302 navida esa suv saqlashning o’rtacha miqdori 49,85% bo’lib yuqori miqdori 900 da (52,16%), past miqdori 1400 da (46,02%) ekani aniqlandi.
Ikkinchi tajriba variantimiza shonalash davrida soyaning Nafis navida suv saqlash qobilyati o’rtacha 67,06% ni tashkil etib, suv saqlashning yuqori miqdori 900 da (69,74%), past miqdori 1400 da (64,21%) aniqlandi. Selekta 302 navida esa suv saqlashning o’rtacha miqdori 64,65% ni, yuqori miqdori 900 da (66,34%), past miqdori esa 1400 da (62,54%) aniqlandi (3.4-jadval).
Gullash davrida esa Nafis navida suv saqlashning o’rtacha miqdori 58,58% bo’lib, yuqori miqdori 900 da (61,84%), past miqdori 1400 (53,67%) kuzatildi. Selekta 302 navida esa suv saqlashning o’rtacha miqdori 55,56 % bo’lib yuqori miqdori 900 da (58,61%), past miqdori 1400 da (51,24%) aniqlandi.
Dukkalklarning shakllanish davrida esa Nafis navida suv saqlashning o’rtacha miqdori 51,98% bo’lib yuqori miqdori 900 da (53,84%), past miqdori 1400 da (48,65%) ekani aniqlandi. Selekta 302 navida esa suv saqlashning o’rtacha miqdori 50,33% bo’lib yuqori miqdori 900 da (51,42%), past miqdori 1400 da (48,59%) ekani aniqlandi.
Uchinchi tajriba (N30P45K20) variantimiza shonalash davrida soyaning Nafis navida suv saqlash qobilyati o’rtacha 70,58% ni tashkil etib, suv saqlashning yuqori miqdori 900 da (73,36%), past miqdori 1400 da (66,54%) aniqlandi. Selekta 302 navida esa suv saqlashning o’rtacha miqdori 66,27% ni, yuqori miqdori 900 da (68,15%), past miqdori esa 1400 da (63,41%) aniqlandi.
Gullash davrida esa Nafis navida suv saqlashning o’rtacha miqdori 60,54% bo’lib, yuqori miqdori 900 da (63,47%), past miqdori 1400 (55,24%) kuzatildi. Selekta 302 navida esa suv saqlashning o’rtacha miqdori 57,13% bo’lib yuqori miqdori 900 da (60,25%), past miqdori 1400 da (53,45%) aniqlandi.
Dukkalklarning shakllanish davrida esa Nafis navida suv saqlashning o’rtacha miqdori 53,37% bo’lib yuqori miqdori 900 da (55,63%), past miqdori 1400 da (49,63%) ekani aniqlandi. Selekta 302 navida esa suv saqlashning o’rtacha miqdori 50,31% bo’lib yuqori miqdori 900 da (51,73%), past miqdori 1400 da (48,62%) ekani aniqlandi.
To’rtinchi tajriba (N45P70K30) variantimiza shonalash davrida soyaning Nafis navida suv saqlash qobilyati o’rtacha (68,83%) ni tashkil etib, suv saqlashning yuqori miqdori 900 da (71,83%), past miqdori 1400 da (65,29%) aniqlandi. Selekta 302 navida esa suv saqlashning o’rtacha miqdori 67,77% ni, yuqori miqdori 900 da (70,25%), past miqdori esa 1400 da (63,74%) aniqlandi.
Gullash davrida esa Nafis navida suv saqlashning o’rtacha miqdori 58,74% bo’lib, yuqori miqdori 900 da (62,65%), past miqdori 1400 (52,28%) kuzatildi. Selekta 302 navida esa suv saqlashning o’rtacha miqdori 57,93% bo’lib yuqori miqdori 900 da (61,86%), past miqdori 1400 da (51,86%) aniqlandi.
Dukkalklarning shakllanish davrida esa Nafis navida suv saqlashning o’rtacha miqdori 51,64% bo’lib yuqori miqdori 900 da (53,75%), past miqdori 1400 da (48,32%) ekani aniqlandi. Selekta 302 navida esa suv saqlashning o’rtacha miqdori 51,11% bo’lib yuqori miqdori 900 da (52,87%), past miqdori 1400 da (48,69%) ekani aniqlandi.
Beshinchi tajriba (N60P95K40) variantimiza shonalash davrida soyaning Nafis navida suv saqlash qobilyati o’rtacha 65,99% ni tashkil etib, suv saqlashning yuqori miqdori 900 da (68,24%), past miqdori 1400 da (63,52%) aniqlandi. Selekta 302 navida esa suv saqlashning o’rtacha miqdori 64,25% ni, yuqori miqdori 900 da (66,15%), past miqdori esa 1400 da (61,28%) aniqlandi.




Yüklə 26,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin