Parametrli tenglama va tengsizliklarni yechish



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#187168
  1   2   3   4
Yosh olimlar 0429 (2)



YOSH OLIMLAR 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/yo 
115 
MAKTAB MATEMATIKA KURSIDA “PARAMETRLI TENGLAMA VA 
TENGSIZLIKLARNI YECHISH”NI O‘QITISH METODIKASI 
Parpiyev Muxriddin Surobjon o‘g‘li,
Farg‘ona viloyati, Beshariq tumani 8- umumiy 
 o‘rta ta’lim maktabi, “Matematika” fani o‘qituvchisi 
E-mail: 
muxriddinparpiyev1@gmail.com
 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7974606
 
 
O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy 
tizimida to‘laqonli sheriklik o‘rnini egallay borishi, inson faoliyatining barcha jabhalarida 
zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanishning ko‘lamlari qanday 
bo‘lishiga hamda bu texnologiyalar ijtimoiy mehnat samaradorligining oshishida qanday 
ahamiyat kasb etishiga bog‘liq. 
Ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va 
o‘qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy ta’lim jarayonini sifat jihatdan yangilash 
va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish; 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida 
ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash 
hamda sohadagi dolzarb hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy texnik bazasini 
mustahkamlash yangi ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va kapital ta’mirlash 
barobarida ularni zamonaviy o‘quv va labaratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o‘quv 
metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan. 
Tenglama va tengsizliklar, ularga bog‘liq bo‘lgan materiallar o‘rta maktab matematika 
kursining katta qismini o‘z ichiga oladi. CHunki, tenglama va tengsizliklar matematikaning 
turli bo‘limlarini o‘rganishda amaliy mazmundagi masalalarni hal etishda keng qo‘llaniladi. 
Ma’lumki, qadimgi misrliklar va vavilonliklar matematik xarakterdagi masalalarni yechishda 
sonli hisoblash usuliga asoslangan edilar. Ammo, kundalik hayotda ham, matematikani 
o‘rganishda ham shunday masalalar uchraydiki, ularni tenglama yoki tengsizliklar sistemasi 
yordamidagina hal etish mumkin. Dastlabki vaqtlarda bunday masalalarni yechishda 
arifmetik metodlardan foydalanilgan. Keyinroq esa algebraik tasavvurlar shakllana 
boshlangan. Masalan. vaveloniyalik hisobchilar ikkinchi darajali tenglamalarni yecha 
bilganlar. Hunday qilib, matinli masalarni yechish metodi hosil qilinib, u keyinchalik algebraik 
komponentlarni ajratishda va uning no‘malumini o‘rganishda qo‘llaniladi. Bunday tadbiqlar 
boshqa davrlarda oldin arab matematiklari ayrim amallar (o‘xshash tenglikning hadlarini 
xchamlash, tenglamani, hadini bir tomondan ikkinchi tomonga teskari ishora bilan utkazish) 
yordami bilan tenglamalarni standart ko‘rinishga keltirganlar. So‘ngra esa bu ish Yevropa 
matematiklari tomonidan amalga oshirilgan. Ko‘p izlanishlar natijasida hozirgi zamon 
algebrasining tili (xarflardan foydalanish arefmetik amal belgilari, qavslar va h.k) yuzaga 
keldi. 
XVI-XVII asrlarda algebra matematikaning maxsus bir qismi sifatida o‘zining predmeti metodi, 
qo‘lanilish sohasiga ega bo‘ldi. Kelgusidagi taraqiyoti esa uning metodining mukamallashuvi, 
qo‘llanilish sohasining kengayishi, tushunchalarini aniqlash va matematikaning boshqa 
sohalari tushunchalari bilan bog‘lanishi ustida bordi. SHu davr ichida algebraik tushuunchalar 
ichida tenglama tushunchasining muhimligi yaqqolroq sezila borildi. Koordinatalar 



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin