P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

 
 
MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYaNING QISQAChA 
RIVOJLANISh TARIXI 


 14 
Qadimdan yuqumli kasalliklarning sabablarini tabiblar izlay boshlashgan. 
Abu Ali ibn Sino (460-377 y.) chechak, moxov va boshqa yuqumli kasalliklarning 
qo‘zg‘atuvchilari tirik mavjudod ekanligini, suv va havo orqali yuqishini 
ta’kidlagan.
1550 yilda shishaga ishlov beruvchilar Gans va Zaxariy Yansenlar mayda 
narsalarni kattalashtirib ko‘rsatuvchi asbob yasadilar. 1609-1610 
yillarda G.Galiley (1564-1642) birinchi sodda mikroskop ixtiro 
qildi. 1617-1619 yillarda K.Drebbel oldingi mikroskoplarni 
takomillashtirib, ikki linzali qavariq ob’ektivli mikroskopni 
yaratdi. Bu mikroskop yordamida M.Malpigi, Ya.Svammerdam, 
A.Kirxer va boshqalar 
o‘simlik 
va 
hayvonlarning 
xujayra 
va 
to‘qimalarini 
o‘rganishgan.
XVII asrning 
oxiri 
(1675) 
da 
birinchi 
bo‘lib, 
gollandiyalik 
Anton 
Levenguk 
o‘zi tayyorlagan 
yuqori 
sifatli 
lupadan 
mikroskopni yasab, 
takomillashtirib, 
tish 
kiridan, 
organik 
moddalar 
ko‘p 
bo‘lgan 
suvdan, 
ko‘lmak 
suvlardan 
preparat 
tayyorlab, unda tayoqchasimon, sharsimon, 
egilgan va boshqa shakllardagi mikroorganizmlarni ko‘rib, ularga izoh berdi. 
Odam og‘iz bo‘shlig‘ida mikroorganizmlarning shunchalik ko‘p bo‘lishini ko‘rib, 
xayratlandi. U ko‘rgan mikroorganizmlarni “tirik hayvonchalar” – “Animalkula 
viva” deb nomladi. 
A.Levengukning kashfiyoti, ko‘pgina olimlarning mikroorganizmlar 
dunyosini o‘rganishlari uchun turtki bo‘ldi. Shunday bo‘lsa ham, oradan 100-200 
yil muddat o‘tgandan keyingina bijg‘ish, chirish, ko‘pchilik yuqumli kasalliklar 
etiologiyasi, biosferada azot va uglerodning aylanishida mikroorganizmlarning roli 
aniqlandi.
Rus harbiy vrachi D.S.Samoylovich toun kasalligini 
o‘rganib, uning qo‘zg‘atuvchisi tirik mavjudot ekanligini 
aniqlab, odamlarni bu kasallikka karshi emlash usulini taklif 
qildi. D.S.Samoylovichning shu kasallik ustida qilgan ko‘p 
yillik, samarali xizmatlari uchun, u ko‘pgina G‘arbiy Yevropa 
mamlakatlarining 
akademiyalarini 
faxriy 
a’zosi qilib 
saylangan.D.S.Samoylovichning fikrlari ko‘pgina yuqumli 
kasalliklarning nazariy va amaliy profilaktikasiga javob 
topishda ahamiyati katta bo‘lgan.
Ingliz vrachi E.Djenner (1749-1823) 1796 yilda 
chechakka qarshi emlash usullarini asoslab bergan. 
Daniyalik olim Otto Fredrik Myuller 1786 yilada 200 ga yaqin bir xujayrali 
organizmlarni izohlab bergan. U yaratgan atamalar bilan bog‘liq Vibrio, Monas, 
Proteus kabi avlodlarni nomlaridan hozirgacha foydalaniladi. 


 15 
Shved tabiatshunosi Karl Linney (1707-1778) binar nomenklaturasini, 
o‘simliklar changchilari soniga asoslangan sun’iy sistematikasini yaratdi. U bir 
xujayrali organizmlarni xaos avlodiga biriktirdi. 
XVIII asrda italiyalik olim Ladzaro Spallansani (1729-
1799) va M.M.Terexovskiy mikrobiologiyaga katta xissa 
qo‘shdilar. Spallansani (1765) organik eritmali kolbani 
qaynatganda infuzoriya hosil bo‘lmasligini ko‘rsatadi va shu 
tajribasi bilan J.Nidxem (1745) va J.Byuffonning “o‘z-o‘zidan 
tug‘ilish mumkin” degan qarashlarini rad etdi. 
XIX asrning 40-yillarida bijg‘ish jarayonlarini o‘rganish 
boshlandi va bijg‘ish jarayonidan xalq xo‘jaligida foydalanish 
boshlandi. Pivo tayyorlash, vino olish, qatiq, kefir, non 
pishirish va boshqalardan foydalanish kengayib bordi. 
1837 yilda olimlardan T.Shvan, F.Kyutsing Germaniyada, Sh.Kanyar de la 
Tur Fransiyada bir-biridan bexabar ravishda, spirtli bijg‘ish jarayoni
mikroorganizmlar faoliyati tufayli yuzaga chiqishini aniqladilar.
Yosh ximik Lui Paster (1822-1895) 1856 yilda spirtli va 1857 yilda sut 
kislotali bijg‘ish jarayonlarining biologik mohiyatini ochib 
berdi. 1860 yilda “o‘z-o‘zidan tug‘ilish” degan qarashlarni 
uddaburonlik bilan xal qildi. Shunday qilib, Paster bijg‘ish 
jarayonini 
o‘rganishdan 
boshlagan 
ishini 
tibbiy 
mikrobiologiya bilan tugatdi. 1988 yili L.S.Senkovskiy Paster 
metodi bilan kuydirgi kasalligining oldini olish uchun emlash 
ishlarini bajarish maqsadida Parijga keldi. Ammo, bu ishlarni 
amalga oshirishga ruxsat ololmagach, vataniga qaytib ketdi. 
1984 yil mustaqil ravishda kuydirgi kasalligini vaksinatsiya 
qilish usulini ishlab chiqdi. Shunday qilib, hayvonlarning bu 
kasallik bilan og‘rishining oldini olish veterinariyada qo‘llanila boshladi. Ma’lum 
bo‘lishicha, Lui Paster L.S.Senkovskiyga kuydirgi kasalligiga qarshi vaksinatsiya 
bilan bog‘liq muammolarni o‘z laboratoriyasida amalga oshirishiga ruxsat 
bermaganligining sababi, u vaksinatsiya qilish usulini bir aksionerlik jamiyatiga 
sotib yuborgan bo‘lib, bu sirni ochishga xaqqi yo‘q edi. 
Tibbiy mikrobiologiyaning ikkinchi asoschisi nemis olimi R.Kox (1843-
1910)dir. Kox toza mikroorganizmlar kulturasini yangi va ishonchli usulda, qattiq 
ozuqa muhitidan (jelatina) ajratib olish usulidan foydalandi. Bundan tashqari Kox 
qator yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilarini (sil, vabo) o‘rgandi. 


 16 
Tibbiy 
mikrobiologiyaga 
katta 
xissa 
qo‘shgan 
I.I.Mechnikov 
(1845-1916) 
immunitetni 
fagotsitar 
nazariyasiga asos soldi. Keyinchalik P.Erlix gumoral 
nazariyani taxmin qildi. Bakteriyalarning rivojlanishi va ular 
turlarining 
o‘ziga xosligini tushunishga bag‘ishlangan 
diqqatga sazovor ishlarni K.Negeli (1817-1891) va F.Kon 
(1828-1898) lar amalga oshirdilar. Bu vaqtda Negeli 
boshchilik qilayotgan polimorfistlar bakteriyalarning turlari 
turg‘un emas va ularni o‘rab turgan sharoit o‘zgarganda biri 
ikkinchisiga aylanib turadi, deb hisoblar edilar. F.Kon monomorfizm tarafdori 
bo‘lib, boshqa turdagi organizmlar singari bakteriyalar ham xaqiqiy turga ega deb 
hisoblardi. Fan taraqqiyoti Konning xaqligini isbotladi. Lekin ko‘pchilik 
bakteriyalarning rivojlanish davrida tur ichida polimorfizm bo‘lishini (rivojlanish 
va moslashish davrida) ko‘rsatdi. Yuqorida eslab o‘tilgan L.S.Senkovskiy 
polimorfizmning tarafdorlaridan edi. U tuban organizmlarni ontogenetik metod 
bilan o‘rganishning asoschisidir. L.S.Senkovskiy amyobasimon organizmlar, 
infuzoriy, xivchinlilarning rivojlanish tarixini o‘rganishni muvaffaqiyatli qo‘lladi 
va fanga ma’lum bo‘lmagan Vampirella vorax, Vamp. pendula, Pseudospora 
nitellarum, Gobiella borealis, Nuclearia delicatula, Labyrinthula vitelina, 
Endomyxa paludosa kabi 43 ta yangi mikroorganizmlarni taxlil qildi. U 
bakteriyalardan shakar siropini shilimshiq massaga aylantiruvchi bakteriyani 
Ascococcus mesenterioides (1879) deb atab, uni ta’riflab bergan. Van-Tigem esa 
Leuconostos mesenterioides (1879)ga ta’rif bergan. Bundan tashqari Senkovskiy 
bakteriyalarda shilimshiq koloniyalarning (zoogleya) hosil bo‘lishini tahlil qilib 
berdi (1877). Uning yirik mikroorganizmlarga bog‘liq ishlari 
katta muvoffaqiyatga ega bo‘lgan bir vaqtda bakteriyalarni 
o‘rganish sohasida L.S.Senkovskiy polimorfizm tarafdori 
bo‘lib, 
ko‘pgina 
jarayonlarni 
noto‘g‘ri 
talqin 
qilgan. 
Bakteriyalarning har xil avlod va turlarini mikrotriks ipsimon 
bakteriyasining turli rivojlanish bosqichidagi bitta turga 
mansub deb hisoblagan. U ko‘plab turdagi bakteriyali 
substratlar bilan steril bo‘lmagan sharoitda ishlagani uchun 
shunday fikrga kelgan. Lekin kuydirgi kasalligiga qarshi vaksinani tayyorlashda u 
monomorfizm yo‘liga o‘tdi va bilishimizcha, uning bu ishlari katta 
muvaffaqiyatlarga olib keldi. 
L.S.Senkovskiyning tuban organizmlarning o‘rganish tarixi sohasidagi 
shogird va izdoshlari: M.S.Voronin (1838-1903), A.S.Faminsin (1835-1918), 
X.Ya.Gobi (1847-1920), I.N.Gorojankin (1448-1904), A.P.Artariy (1862-1919) va 
boshqa tadqiqotchilar – X.Ya.Gobi va P.A.Kostichevlar mikrobiologiyaning 
rivojlanishiga katta xissa qo‘shdilar. Ular bakteriya va tuban o‘simliklarga tegishli 
kitoblarni tajrima qilganlar. X.Ya.Gobi 
esa, 
kriptomagistlar, 
ya’ni 
tuban 
o‘simliklarni o‘rganuvchi tadqiqotchilar 
maktabining 
asoschisi 
bo‘lgan. 
Bu 
maktabdan G.A.Nadson (1867-1942) va 


 17 
B.L.Isachenko (1871-1948) kabi taniqli mikrobiologlar yetishib chiqdi. 
S.N.Vinogradskiy 
A.S.Faminsin 
va 
X.Ya.Gobilarning 
laboratoriyasida 
boshlang‘ich bilimlarni olgan. Viruslar dunyosining birinchi tadqiqotchisi 
D.I.Ivanovskiy A.S.Faminsin va qisman X.Ya.Gobining shogirdi bo‘lgan. 
Mikrobiologik ishlarning borgan sari ko‘payishi bilan stelirizatsiya qilish, oldin 
suyuq muhitda (Paster), keyinchalik qattiq jelatinli (R.Kox) muhitda toza kulturalar 
olishning mikrobiologik texnikasi rivojlanib bordi. Bakteriya kulturalari uchun 
agar-agar nemis olimi Gesse (1884) tomonidan kiritildi. Mikrobiologik texnikaga 
shifokor L.L.Gedenreyx juda ko‘p yangiliklar kiritdi. U birinchi bo‘lib 
“Bakteriologiyadan amaliy qo‘llanma” nomli kitobni yozgan va birinchi bo‘lib, 
Petri idishchalari nomini olgan (1887), shisha idishlardan foydalangan. (1885).
Texnik mkrobiologiyaning rivojiga katta xissa qo‘shgan Daniya olimi 
E.X.Gazen (1872-1901 yillardagi ishlari) pivo ishlab chiqarishda achitqi 
zamburug‘i kulturasidan birinchi bo‘lib foydalangan. Bu unga sifatli pivo 
tayyorlashga imkon berib, mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida uchraydigan 
zamburug‘larning yovvoyi turlari ta’sirida aynib qolishdan halos qilgan. 
L.Pasterning bijg‘ishga bag‘ishlangan ishlaridan mikrobiologiyaning alohida 
yo‘nalishi - texnik mikrobiologiya rivojlana boshlagan bo‘lsa, G.Gelrigel va 
G.Vilfart (1886), hamda buyuk rus mikrobiologi S.N.Vinogradskiy tuproq 
mikrobiologiyasi yo‘nalishiga asos soladilar. 
G.Gelrigel va Vilfart (1886) azotobakteriyalar bilan dukkakli o‘simliklar 
o‘rtasidagi simbioz hodisasini ochdilar. Bu tadqiqot butun dunyoda 
dehqonchilikning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, 1886 yili Voronin dukkakli o‘simliklarning 
tuganagida bakteriyalarning to‘planishini bayon qilgan. Gollandiyalik M.Beyrink 
(1888) esa birinchi bo‘lib tuganak bakteriyalarning toza kulturasini ajratib oldi. 
S.N.Vinogradskiy oltingugurt bakteriyasi, temir bakteriyasi va 
nitirifikatorlar misolida xemosintez jarayonini ochdi. Bu ishlar 
XIX 
asrning 
umumiy 
fiziologiya 
sohasidagi 
buyuk 
tadqiqotlardan biri bo‘ldi. Bundan tashqari, Vinogradskiy erkin 
yashovchi 
anaerob 
azotfiksator 
organizm 
Clostridium 
pasterianum ni ajratib oldi va taxlil qildi. Ko‘pgina izlanishlar 
Vinogradskiy tomonidan fanga kiritilgan yangi metod – 
bakteriyalarning elektiv kulturasini olish tufayli amalga oshdi. 
Keyinchalik S.N.Vinogradskiy (1924, 1925, 1928) tuproqning 
mikroflorasini o‘rganishning qator yangi metodlarini yaratdi va tuproqdan 
kletchatkani parchalovchi aerob mikroorganizm ajratib olishga erishdi. Aynan shu 
vaqtda N.G.Xolodniy tuproqning mikroflorasini o‘rganish metodi va temir 
bakteriyalarga bag‘ishlangan ishlarini nashrdan chiqardi.
XX 
asrning 
boshida 
mikrobiologiya 
faniga 
S.N.Vinogradskiyning shogirdi V.L.Omelyanskiy (1867-
1928) tabiatda keng tarqalgan kletchatka parchalovchi 
bakteriyalarning anaerob florasini o‘rganib, taxlil qilishi 
hamda mikroorganizmlar ekologiyasiga tegishli muhim ishlari 
bilan katta xissa qo‘shdi. M.Beyrink (1988) azotfiksatsiya 


 18 
qiluvchi aerob bakteriya azotobakterni ochdi, tamakining mozaika kasalligi ustida 
tadqiqotlar olib bordi va butun dunyoga mashxur “virus” nomini berdi. Bu 
vaqtgacha virus atamasi har qanday yuqumli illatning boshlanishi deb hisoblanar 
edi. Ammo, D.I.Ivanovskiyning fikriga qarshi o‘laroq, M.Beyrink viruslar suyuq 
tabiatga ega degan ma’no o‘rnida ishlatilar edi. Ammo, D.O.Ivanovskiyning fikri 
elektron mikroskop ochilgandan so‘ng to‘liq tasdiqlandi.
O‘tgan asrning oxirlarida suv, dengiz, geologiya mikrobiologiyasi 
yo‘nalishlari rivojlana boshladi. Bu yo‘nalishlarda G.A.Nadson, B.L.Isachenko, 
M.A.Yegunov, V.O.Tauson, Ye.Ye.Uspenskiy, V.S.Butkevich, A.Ye.Kriss, 
A.S.Razumov, B.V.Perfilev, S.I.Kuznetsov va boshqalar tomonidan amalga 
oshirilgan ishlar e’tiborga molikdir. 
Mikroorganizmlar tomonidan amalga oshiriladigan nafas olishning ximizim 
va 
bijg‘ishini 
o‘rganishda 
S.P.Kostichev, 
V.S.Butkevich 
va 
V.N.Shaposhnikovning ishlari mikrobiologiyaga ko‘p yangiliklar kiritdi. So‘ngi 
yillarda mikrobiologik tadqiqotlar texnikasiga B.F.Perfilev va D.R.Gabe (1961)lar 
katta xissa qo‘shdilar. Ular ko‘p yillar davomida mikroorganizmlarning yassi 
shisha kapillyarlarda rivojlanishini kuzatish mumkin bo‘lgan kapillyar 
mikroskopiya metodi ustida ishlab, suv havzalarining ichida yirtqich 
bakteriyalarning yangi original florasini ochdilar. 1920-1225 yillarda G.A.Nadson 
va uning shogirdi G.S.Filippovlarni ionlashtiruvchi nurlar ta’siri ostida 
zamburug‘larda indutsirlangan mutagenez chaqirilishini o‘rganish bo‘yicha amalga 
oshirgan tadqiqotlari katta ahamiyat kasb etdi. Hozirgi vaqtda o‘zgaruvchanlik va 
mikroorganizmlar 
irsiyati 
molekulyar 
darajada 
o‘rganilmoqda. 
Mikroorganizmlarning transduksiya va transformatsiya xodisalari aniqlandi. 
Zamburug‘larda gibridizatsiya xodisasi ochib berildi. G.A.Nadson asos solgan 
mikrobiologlarning katta maktabida akademik A.A.Imshenetskiy, N.A.Krasilnikov 
va M.N.Meysel, professor A.Ye Kriss, V.I.Kudryavsev, Ya.I.Rautenshteynlar 
muvaffaqiyat bilan faoliyat ko‘rsatganlar. 
Tuproq mikrobiologiyasiga K.A.Timiryazev nomli qishloq xo‘jaligi 
akademiyasining professorlari N.N.Xudyakov (1866-1927), M.V.Fedorov (1898-
1961)lar katta xissa qo‘shdilar.
Avvaliga tuproq mikrobiologiyasi o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar 
S.P.Kostichev rahbarligidagi laboratoriyada amalga oshirilgan bo‘lsa, hozirda 
Sank-Petrburgdagi 
Qishloq 
xo‘jaligi 
mikrobiologiyasi 
Akademiyasida 
muvaffaqiyat bilan amalga oshirilmoqda. Suv mikrobiologiyasini o‘rganishda 
F.A.Voytkeyvich, S.A.Korolyov va boshqa olimlarni xissasi katta.
Xorijiy olimlar E.Bering, E.Rular qatorida rus tadqiqotchilaridan 
G.N.Gabrichevskiy (1860-1907), D.K.Zabolotniy (1866-1929), V.A.Xavkin va 
boshqalar tibbiy mikrobiologiyani rivojlanishiga katta xissa 
qo‘shdilar.
XX 
asrda 
patogen 
mikroorganizmlarga qarshi kurashning qator 
yangi metodlari kashf qilindi. F.D.Errel 
bakteriofaglar 
va 
ularning 
davolovchi 
xususiyatlarini ochdi (1917), R.Dimak – 


 19 
sulfanilamidlarning 
ahamiyatini; 
A.Fleming, 
G.Flori 
birinchi 
antibiotik 
penitsilinni; S.Vaksman – qator jiddiy kasalliklarga qarshi samarali kurashishga 
imkon bergan streptomitsinni kashf qildilar. 
N.F.Gamaleya (1859-1949) XIX - asrning oxirida 
birinchi bo‘lib bakteriyalarning so‘rilishi (lizis) fenomenini 
aniqlab, ularni bakteriolizinlar deb atadi. Bu ishlarni davom 
ettirgan F.D.Errel bakteriofagiya xodisasini ochdi. Faglar 
mikroblarning viruslaridir. Elektronmikroskopiyaning ixtiro 
qilinishi va uni rivojlanishi natijasida viruslarni korpuskulyar 
tabiati tadqiq qilindi. Bu esa, faglarning o‘lchami, tuzilishi va 
tarkibini aniqlashga imkon berdi. Mikrobiologiyaning 
asoschisi Lui Paster, Robert Koxlarning ishlaridan so‘ng 
ko‘pgina yuqumli kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari tadqiq 
qilindi. Lekin, qator patogen mikroorganizmlarni (qizamiq, skarlatina, quturish va 
boshqa kasalliklarni chaqiruvchilarini) uzoq vaqtgacha ta’riflash qiyin bo‘ldi. 
Ko‘pincha ba’zi kasalliklar vaqtida bakteriyalar aniqlanib, bu kasalliklarni 
qo‘zg‘atuvchilari deb hisoblanardi. D.I.Ivanovskiyning viruslar dunyosini 
ochganidan so‘ng, aslida ko‘p kasalliklar bakteriyalar tomonidan emas, viruslar 
tomonidan qo‘zg‘atilishi aniq bo‘ldi. Masalan, grippni qo‘zg‘atuvchi virus 1933 
yili ochilgan. Stenli (1935) tomonidan kristall holatda ajratib olingan tamaki 
mozaikasi virusi, oqsil xususiyatiga ega ekanligi, ularni kristallanishi aniqlandi. Bu 
o‘z navbatida viruslarning kimyoviy tarkibini o‘rganishga turtki bo‘ldi. Ammo, 
ko‘p vaqt o‘tmay tamaki mozaykasi viruvsini nukleoproteid ekanligi ma’lum 
bo‘ldi. F.Bouden va N.Piri (1937) lar tamaki mozaikasi virusida oqsildan tashqari 
nuklein kislota ham borligini aniqladilar. 1953 yildan boshlab “Viruslarning 
ko‘payish tabiati” nomli anjumandan so‘ng oqsillarni o‘rganish bilan bir qatorda 
nuklein kislotalarni o‘rganishga kirishib ketildi. Tadqiqotlar turli viruslarning 
nuklein kislotalari bir-biridan nukleotid asoslari nisbatining turlicha ekanligi bilan 
farqlanishini ko‘rsatadi. Bakteriyalarning virusi – bakteriofagni o‘rganish chog‘ida, 
bakteriya ichiga virusni o‘rab turgan oqsil qobig‘i emas, aynan nuklein kislotasi 
kirishi ma’lum bo‘ldi.
Virus va mikoplazmalarning tashuvchisi xashorotlar (sikadalar) (masalan, 
pomidor stolburi) va kanalar (odamda kananing ensefalit kasalligini chaqirishi) 
ekanligining aniqlanishi juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Tovuq emrionida 
(gripp), maymunning jigar to‘qimasida (poliomielit virusi) kultura metodlarini 
ixtiro qilinishi ham katta ahamiyat kasb etib, poliomielit va boshqa virus 
kasalliklariga qarshi kurash choralarining ishlab chiqilishiga sabab bo‘ldi.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi yarmida 
mikrobiologiyaning katta yutuqlari ishlab chiqarish va texnik jarayonning o‘sishi 
bilan chambarchas bog‘liq bo‘ldi. Bu vaqtda mikrosopik texnikaning 
mukammallashuvi fizik professor Ernest Abbe nomi bilan bog‘liq bo‘lib, u Karl 
Sess bilan birgalikda, keyinchalik Germaniyada “Karl Sess” nomi bilan mashhur 
bo‘lgan optik firmaga asos soldi. 1873 yilda Ernest Abbe mikroskopga yorutuvchi 
linzalar sistemasini yaratdi, 1886 yilda esa, apoxromatlarning konstruksiyasini 
yaratib, yorug‘lik mikroskopining xossalarini yaxshiladi. 1903 yilda Zidentopf va 


 20 
Jigmondilar ultra- mikroskoplar uchun yasadilar. Bu mikroskop turi kalloid 
kimyoning rivojlanishiga katta xissa qo‘shdi. 1908 yili A.Kaler va G.Zidentopflar 
tomonidan birinchi lyuminessent mikroskop taklif qilindi. 1928-1931 yillari 
birinchi elektron mikroskop, 1934 yilda esa, F.Sernik tomonidn fazali kontrast 
prinsipi ishlab chiqildi. Birmuncha keyinroq anoptral mikroskop paydo bo‘lib, 
ob’ektlarning o‘lchamli sur’atlarini tasvirlash imkoni tug‘ildi.
Mikroskoplarning barcha turlari, ayniqsa elektron mikroskopning organizm 
tuzilishi to‘g‘risidagi tasavvurlarni aniqlashtirishga imkon berdi. Elektron 
mikroskop 0,02 mm dan to 7 A va undan kichik bo‘lgan o‘lchamda, xujayra 
organoidlarining alohida struktura va funksiyasi o‘rtasidagi aloqani kuzatishning 
imkonini berdi. Biokimyoning XX asrdagi yutuqlari mikroorganizmlarni 
o‘rganishda biokimyoviy yo‘nalishning paydo bo‘lishiga turtki bo‘ldi va hozirgi 
kunda u jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
So‘ngi ikki asr davomida mikrobiologiya bijg‘ish jarayonining kimyoviy 
jihatini o‘rganish yo‘lidan borgan bo‘lsa, hozirda ular muhim ahamiyat kasb 
etayotgan 
chorvachilik 
va 
tibbiyot 
amaliyoti 
uchun 
zarur 
bo‘lgan 
almashilmaydigan 
aminokislotalar 
biosintezining, 
qator 
vitamin 
va 
antibiotiklarning manbai bo‘lib hizmat qilmoqdalar. 
Mikroskoplarning yangi turlarini yaratilishi, o‘simlik va hayvonlar 
xujayralarini fiksatsiya qilish va bo‘yash metodlarini mukammalashuviga olib 
keldi. Sitologiya va Sitokimyoviy tadqiqot metodlarining rivojlanishi va 
keyinchalik elektron mikroskopik preparatlar texnikasining (o‘ta yupqa kesmalar 
va boshq.) ishlab chiqarilishiga olib keldi. 
Shu vaqtgacha mikrobiologiya va bioximiyaning diqqat markazida 
dunyoning paydo bo‘lishi muammosi bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda organik 
moddalarni sun’iy yo‘l bilan xosil qilish ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. 
Mikrobiologiya hozirgi vaqtda xalq xo‘jaligida katta ahamiyat kasb etib, undan har 
xil sohalarda foydalanish bo‘yicha ilmiy va amaliy, innovatsion tadqiqotlar olib 
borilmoqda. Mamlakatimizda qabul qilingan kadrlar tayyorlashning Milliy 
Dasturida mikrobiologiya faniga alohida o‘rin ajratilgan. Bu fanni o‘rganish 
bo‘yicha qator universitetlarda magsitratura, stajer-tadqiqotchi-izlanuvchilarga 
o‘rinlar berilgan. Dissertatsiya himoya qiluvchi ilmiy kengashlar faoliyat ko‘rsatib 
kelmoqda. 
Yuqorida aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, mikrobiologiyaning 100 yildan 
ortiq vaqt ichida rivojlanishi nafaqat ko‘pgina xodisalarni tushuntirib beradi balki, 
jarroxlarning ajoyib operatsiyalarni amalga oshirishini, oziq-ovqat ishlab 
chiqarilishini o‘zgartirdi, konserva tayyorlashni qat’iy asosga qo‘ydi, sut 
maxsulotlarini yoppasiga ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi, pivo ishlab chiqarishni, 
arzon xomashyodan qimmatli maxsulotlarni (lizin va boshqalar), kimyo va 
o‘simliklar fiziologiyasi bilan birgalikda dalalarda ratsional agrotexnikani yaratish 
imkoniyatlarini ochib berdi.
Barcha aytilganlardan ko‘rinadiki, hozirgi zamonda mikrobiologiyaning 
tutgan o‘rni fanning ko‘pgina fundamental nazariy masalalarini ishlab chiqishda 
hamda ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, veterinariya va tibbiyotda keng 
qo‘llanilishi qanchalar ahamiyatli ekanligini qo‘rsatadi. 


 21 
O‘zbekistonda Mikroorganizmlar biotexnologiyasi sohasi bo‘yicha birinchi 
o‘zbek akademigi A.G.Xolmurodov (1939-1996) fuzarium avlodiga mansub 
zamburug‘lardan NAD-kofermenti va vitaminlar kompleksi (V guruhiga kiruvchi 
vitaminlar, vitamin RR, 10 va h.k.) tayyorlash texnologiyasini yaratgan va ularni 
amaliyotga qo‘llagan. Akademik M.I.Mavloniy O‘zbekistonda uchraydigan achitqi 
zamburug‘larni o‘rganib, ularning nonvoychilik, vinochilik va chorvachilikda 
qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan turlarini topdi va ular asosida maxsus xamirturushlar 
va vinochilik uchun achitqi tayyorlash texnologiyalarni boyitdi. Akademik M.I.Mavlaniy 
bir necha o‘nlab patentlar va mualliflik guvohnomasi soxibasi, ular yaratgan texnologiyalar 
oziq-ovqat biotexnologiyasi sohasida keng ishlatib kelinmoqda. 
Professor Q.D.Davranov MDH mamlakatlarida birinchilardan bo‘lib, yog‘ 
parchalovchi lipaza fermentini tayyorlash texnologiyasini yaratdi. Bu fermentni 
ko‘p shakllilik sabablarini tahlil qila turib, har bir biotexnologik jarayon uchun 
o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan lipaza fermenti zarur degan fikrga keldi va buni 
amaliyotda isbotlab berdi. Q.D.Davranov yaratgan “Er malhami”, “Bist”, 
“Fitobiosol”, “Subtin” va boshqa biopreparatlar azot o‘zlashtiruvchi, minerallarni 
parchalash xususiyatiga ega bo‘lgan mikroorganizmlar asosida tayyorlangan bo‘lib, 
mamlakatimiz kishloq xo‘jaligi amaliyotida keng qo‘llanilmoqda.
B.f.d. J.Tashpo‘latov (1938-2005) “trixoderma xarzianum” deb atalmish 
zamburug‘larini o‘rganib, ulardan olingan fermentlar somon va g‘o‘zapoyani 
parchalashda foydalanish mumkinligini asoslab berdi va texnologiyasini yaratdi. Bu 
texnologiya asosida dag‘al yem-xashak tayyorlash va chorvachilikda ishlatish ishlar 
yo‘lga qo‘yilgan. 
O‘zbekistonda biotexnologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan, 
tashkilotchi olimlardan biri b.f.d., professor M.M.Raximov bo‘lib, bu olim
mamlakatimizning bir necha oliygohlarida, xususan Mirzo Ulug‘bek nomli 
O‘zbekiston Milliy universitetida, Toshkent Davlat Agrar universitetida, Toshkent 
Farmatevtika institutida biotexnologiya kafedralarini tashkil qilgan.
M.M.Raximov

M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetida 
taxsil olgan va 1968 yil kimyo fanlar nomzodi ilmiy darajasiga sazovor bo‘lgan. 
Yuzga yaqin fan doktorlari va fan nomzodlariga ustozlik qilib kelmoqda. 600 ga 
yaqin ilmiy maqolalar, o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar va patentlar muallifi. 
Mamlakatimizning qator orden va medallari biln taqdirlangan.
O‘zbek olimlaridan T.G.G‘ulomova, A.H.Vahobov, X.A.Berdiqulov, 
R.Shoyaqubov, Z.R.Axmedova, Z.F.Ismoilov, I.J.Jumaniyozov va boshqalar 
mamlakatimizda biotexnologiyaning rivojlantirish ustida ilmiy va amaliy ishlar 
olib bormoqdalar. 
Shu o‘rinda, O‘zbekistonda biotexnologiya fanining rivojlanishiga katta hissa 
qo‘shgan ayrim yirik olimlar haqida qisqa ma’lumotlar berib o‘tishni lozim topdik. 
Zeroki ularning ulkan mehnatlari tufayli mahalliy biotexnologiya sohasi paydo bo‘lgan. 
Xolmurodov Asqar G‘anievich
 
(1939-1997) – Ukraina fanlar akademiyasiga 
qarashli Biokimyo institutida nomzodlik (1965) va doktorlik dissertatsiyasini 
(1976) himoya qilgan va ushbu institutda yigirma yil davomida faoliyat olib 
borgan. 1980 yildan boshlab professor. 1986-1997 yillar davomida O‘zFA 
Mikrobiologiya instituti direktori O‘zR FA muxbir a’zosi (1987) va haqiqiy akademigi 


 22 
(1989) shuningdek, O‘zR FA Prezidiumi bosh ilmiy kotibi (1988) va vitse-prezident 
(1990) lavozimlarida faoliyat yuritgan. Ilmiy faoliyati davomida 300 dan ortiq ilmiy 
maqolalar va ixtirolar muallifi, 40 dan ortiq fan doktori va fan nomzodlariga 
rahbarlik qilgan. 
Muzaffarov Ahror Muzaffarovich
 
(1909-1987) - algologiya, gidrobiologiya, 
gidroekologiya va suv o‘tlari biotexnologiyasi sohalari bo‘yicha faoliyat olib borgan 
yirik olim. O‘zR FA ning haqiqiy a’zosi (1960). O‘zR FA Botanika institutining 
direktori (1956-1960), O‘zR FA Prezidiumi a’zosi va kimyo-texnologiya va 
biologiya fanlari bo‘limining akademik-kotibi (1966-1970), O‘zR FA 
mikrobiologiya bo‘limi rahbari (1970-1977) keyin esa shu bo‘lim asosida 
mikrobiologiya 
institutini 
tashkil 
etib, 
unga 
rahbarlik 
qilgan
(1977-1985). Ba’zi bir suv havzalarining suv o‘tlarini o‘rganib, ularning serhosil 
shtammlarini ajratib olgan. Bir necha monografiyalar va 200 dan ortiq ilmiy 
maqolalarning muallifi.
Ibragimov Axmad Pochchaevich (1928-2010
)
– 1950- yilda Toshkent 
Farmatsevtika istitutini tamomlagan. 1954 yilda O‘zR FA Kimyo institutining 
aspiranturasida tahsil olib, kimyo fani bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini 
himoya qilgan. 1954-1957 yillar davomida Samarqand Davlat Qishloq xo‘jalik 
institutida Organik va biologik kimyo kafedrasi mudiri, 1957 yildan boshlab O‘zR 
FA Yadro fizikasi institutining radiotsion kimyo laboratoriyasini boshqargan. 1967 
yilda O‘zR FA Biokimyo instituti direktorining muovini va ayni paytda nuklein 
kislotalar biokimyosi laboratoriyasiga rahbarlik qilib kelgan. 1984 yili O‘zR FA 
muxbir a’zosi. O‘zR FA akademigi (2000), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan 
arbobi (1989) unvonlari sovrindori. Uning muallifligida 300 dan ortiq ilmiy maqolalar 
va beshta monografiya chop etilgan.

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin