P a r a z I t o L o g I ya


Tuya bo’kasi (Oephlopeia titillatez)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован

Tuya bo’kasi (Oephlopeia titillatez)
ham tirik lichinkalarini tuyaning burun 
teshiklariga qo’yadi. Lichinkalar burun kataklari va bosh suyaklari bo’shliqlarida 


108 
parazitlik qilib, tuyalarda maxalliy tilda "burun og’ru" deb ataladigan kasallikni 
keltirib chiqaradi. o’zbekiston sharoitida qanotli bo’kalar may oyidan boshlab 
kuzgacha uchraydi. Tuya bo’kasi lichinkalari burun bo’shlig’ida ikki marta tullab, 
uch yoshga kiradi, bunda ularning uzunligi 2,3-5,7 smga etadi. Kuzda qo’yilgan 
mayda lichinkalar tuyaning burun bo’shlig’ida baxorgacha parazitlik qilib, uch 
yoshga kiradi va erta baxorda tuyaning burnidan erga tushadi, erda g’umbakka 
aylanadi. G’umbakdan 28-41 kundan keyin qanotli bo’ka uchib chiqadi. Uchib 
chiqqan erkak bo’kalar urg’ochilarini otalantirib, o’lib ketadi. Urg’ochilari esa tuyalar 
orasida uchib yurib, etilgan mayda lichinkalarini tuyalar burun teshiklariga qo’yadi. 
Ot burun bo’kasi (Rhinoestrus purpurens
) ham tuya bo’kasi kabi tirik 
lichinkalar tug’adi va ularni uchib yurib ot va eshaklarning burniga sochadi. 
Otlarning burun bo’shlig’ida lichinkalarning soni 1-7 tadan 80-120 tagacha va 
kattaligi 1 mmgacha etadi. Ot burun bo’kasining lichinkasi ham uch yoshni boshidan 
kechiradi. Bir yilda ikki marta avlod beradi, birinchi avlodi baxorda 1 maydan 10-15 
iyungacha, ikkinchi avlodi sentyabrning boshidan oktyabrning oxirigacha yashaydi. 
yozda lichinkalar uch yoshni 2 oyda (iyun-iyulda) o’tadi. Iyulning oxiri avgustning 
boshlarida lichinkalar otning burnidan erga tushib, g’umbaklik davrini tuproq ichida 
(20-25 kun) o’tkazadi. Avgust oxiri sentyabr boshlarida qanotli bo’ka tuproqdan 
uchib chiqadi. Otlar orasida uchib yurib, ularning burniga lichinkalarini sochadi. 
Lichinkalar otning burun bo’shlig’ida mart oyigacha bo’lib, erga tushadi, aprelda 
tuproq ichida g’umbakka aylanadi, may va iyunning boshlarida 10-15 tagacha qanotli 
bo’kalar uchib yuradi. 
Ot burun bo’kasi ba’zan odamlarning ko’ziga tushib, ko’zning yallig’lanishiga, 
ko’zdan yosh oqishiga va ko’z og’rig’iga sabab bo’ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin