O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА СИМВОЛОВ



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/126
tarix15.09.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#143908
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   126
12-88-PB (1)

ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА СИМВОЛОВ 
Аннотация 
В данной статье рассматриваются специфические особенности символов. Помимо анализа языковой природы символов, 
случаи навешивания в языково-речевые явления, служащие обеспечению разнообразия и действенности речи, отражают 
речевую культуру, языковое богатство и поведение людей. В то же время многие философы брали в пример мнения, 
высказанные учеными о символе в результате их исследований. 
Ключевые слова:
Символ, природа, лингвистика, язык, семантика, миграция, метафора, персонаж, культура, форма, 
наука, событие, развивающееся искусство, миф, мышление. 
RAMZLARNING ADABIY XUSUSIYATLARI 
Annotatsiya 
Ushbu maqolada ramzlarning o‘ziga xos xususiyatlari xususida so‘z boradi. Shuningdek, ramzlarning lingvistik tabiatini tahlil 
qilish bilan birgalikda insonlarning nutq madaniyati, til boyligi va xulq-atvorini ko‘rsatuvchi, nutqning rang-barangligi hamda 
ta'sirchanligini ta'minlash uchun xizmat qiluvchi lisoniy-nutqiy hodisalarda ask etish holatlari yoritib berilgan. Shu bilan 
birgalikda, ko‘pgina faylasuf, olimlarning tadqiqot ishlarini o‘rganish natijasida ramz haqida bildirilgan fikrlari misol tariqasida 
axborot qilib olingan. 
Kalit so‘zlari:
Ramz, tabiat, lingvistik, til, semantika, ko‘chim, metafora, belgi, madaniyat, shakl, fan, hodisa, taraqqiyotb san'at, 
mif, tafakkur. 
Kirish
. Ramzlar insonning muayyan fikr va his-
tuyg‘ularini ifodalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi 
davrda ularning mazmun-mohiyatini anglash, ularni yozma va 
og‘zaki nutqda o‘rinli qo‘llash, har bir soha bo‘yicha ilmiy 
tadqiqotlarda ramzlarning mohiyatini yoritib berish, izohlash, 
anglash, tushuntirish hamda asarlarning mazmunini aniq 
ifodalash kabi masalalar muhim bo‘lib turibdi.
Jamiyat 
rivoji 
ramzlarning 
muayyan 
darajada 
o‘zgarishi, taraqqiyoti, mukammallashiga olib keladi. Ular 
insonlarning o‘zaro fikr almashish va muloqot qilishda 
yengillik 
hamda 
qulaylik 
yaratish, 
narsa-hodisalarga 
munosabatlarini aniq ifodalash uchun ijtimoiy-lisoniy hodisa 
sifatida xizmat qiladi. Ramzlarning taraqqiyoti ma'lum til 
lug‘at tarkibi va ifoda imkoniyatlarining boyib borishiga ijobiy 
ta'sir ko‘rsatadi.
Ramzlar insonlarning nutq madaniyati, til boyligi va 
xulq-atvorini ko‘rsatuvchi, nutqning rang-barangligi hamda 
ta'sirchanligini ta'minlash uchun xizmat qiluvchi lisoniy-
nutqiy hodisadir.
Ma'lumki, belgi inson ongida ifoda yoki ramz tarzida 
aks etadi. Madaniyat ramziy shakllar tarzida voqelikda mavjud 
bo‘ladi. Ramz fan va san'atda o‘ziga xos mazmun kasb etadi. 
U fanda, chunonchi, mantiq, matematika, tilshunoslik va 
boshqa fanlarda, asosan, belgi tushunchasini, san'atda esa 
obrazning majoziy ma'nosini ifodalash mazmunini bildiradi. 
Ramzning ma'nosi uning obrazi strukturasi bilan o‘zaro uzviy 
bog‘liq bo‘ladi, mazmuni esa cheksiz ko‘p ma'nolilik 
xususiyatiga ega. Ramz moddiy narsalar va voqeliklarning 
belgi yoki obraz tarzida ifodalangan mazmunidir. Uning 
mohiyatini mantiq doirasida aniq ta'riflash qiyin. U idrok 
etuvchi sub'ektning qizg‘in faoliyatiga mo‘ljallangan serma'no 
tizimdir. 
Ramziy faoliyat faqat inson tafakkuriga xosdir. Til, 
mif, din, umumiy tarzda aytilsa, ramziy shakllardan iborat 
bo‘lib, ularning vositasida inson o‘zini qurshagan muhitni 
tartibga soladi. E'tiborli jihati shundaki, ramzning ma'nosi 
faqat insonlar muloqoti doirasidagina amalda mavjud bo‘ladi. 
Ramzlar keng iste'molliligi nuqtai nazaridan alohida ajralib 
turadi, ular ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma'rifiy-
ma'naviy hayotda ham, fanda ham, san'at, chunonchi, badiiy 
adabiyotda ham keng qo‘llaniladi. Biroq ramz mazkur soha 
yo‘nalishlarda turli vazifalarni bajarishiga ko‘ra farqlanadi. 
Shunga ko‘ra, ramzlarni quyidagi mavzuiy guruhlar bo‘yicha 
tasniflash mumkin: 
a) ijtimoiy hayotda qo‘llanuvchi ramzlar;
b) siyosiy ramzlar; 
v) iqtisodiy hayotda qo‘llanuvchi ramzlar; 
g) madaniy, ma'rifiy-ma'naviy hayotda qo‘llanuvchi 
ramzlar; 
d) fanlar tizimidagi ramzlar; 

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin