TEXNOLOGIK SXEMANING TASNIFI
Kolbasa mahsulotlari - bevosita istemol qilishga tayyor oziqovqat
mahsulotlari. Go
ʻsht, yog’ hamda hayvon va o’simliklardan olinadigan yordamchi
mahsulotlar qo’shib tayyorlanadi. Kolbasa mahsulotlariga
dudlamalar
, pishirilgan
(shu
jumladan, sosiska va sardelkalar), qiymali, liver, hayvon
qonidan
tayyorlangan, yarim
dudlangan, (pishirilib dudlangan, nam dudlangan) kolbasalar
kiradi. Kolbasa mahsulotlari umumiy iste’mol, davo-parhez va bolalar iste’moliga
mo’ljallangan turlarga bo’linadi. Kolbasa mahsulotlarining ayrimlari konservalar
holida ishlab chiqariladi. Kolbasa mahsulotlari tayyorlashda mol, cho’chqa, oz
miqdorda qoy, parranda va quyon go’shti ishlatiladi. Ichiga turli qo’shimchalar: sut
oqsili, un, kraxmal, yormalar, ziravorlar solinadi. Ko’pgina kolbasa mahsulotlari
uchun qiyma (qiymalangan go’shtga yog’ va turli qo’shimchalar aralashtiriladi)
tayyorlanadi, so’ngra uni qobiqqa tiqib yoki maxsus qoliplarga solib olingan yarim
fabrikatlar qovuriladi, qaynatiladi yoki dudlab, so’ng zarurat bo’lganda quritiladi
va sovitiladi. Kolbasa mahsulotlarini sovitilgan holda saqlash muddatlari: nam
dudlangan kolbasalar — 9 oygacha, pishirib dudlangani — 4 oygacha, yarim
dudlangani — 15 sutkagacha, pishirilgani — 2 sutkagacha, liverli — 24 soatgacha.
Kolbasa va dudlangan go‘sht mahsulotlari
Dostları ilə paylaş: