O’zbekistonning yirik suv omborlari to’qtag’ul suv ombori



Yüklə 9,87 Kb.
səhifə3/4
tarix20.09.2023
ölçüsü9,87 Kb.
#146265
1   2   3   4
O’rta Osiyoning yirik suv omborlari-fayllar.org

ANDIJON SUV OMBORI


  • ANDIJON SUV OMBORI – Andijon viloyatida Qoradaryoda qurilgan gidrotexnika inshooti. Ko’p yillik rejimda daryo suvini tartibga soladi. Irrigasiya-energetika maqsadlariga mo’ljallangan. Qurilish 1982 yilda nihoyasiga yetdi. Andijon suv ombori balandligi 121 metr, uzunligi 1040 metr bo’lgan betonli katta kontrforeli to’g’on qurib hosil qilingan. Suv sig’imi 1,9 milliard metr kub. Gidrouzel tarkibiga to’g’on, suv o’tkazuvchi inshootlar va GES kiradi. Suv o’tkazuvchi inshootlar favqulodda toshqinda 1700 m3/s gacha suv o’tkazishga va umumiy suv sarfi 230 m3/s bo’lgan irrigatsiya kanallariga oqizishga mo’ljallangan. GES kanallarga tushayotgan suv hisobiga ishlaydi, 192 m3/s suv sarfiga mo’ljallangan, quvvati 140 MVt. Andijon suv ombori suvi Farg’ona vodiysida 273 ming ga yaqin maydonning suv ta’minotini yaxshilaydi, qo’shimcha 35 ming gektar yerni sug’orish imkoniyatini beradi.

Tallimarjon suv ombori


  • Tallimarjon suv ombori - Qashqadaryo viloyatidagi yirik gidrotexnika inshooti.Qarshi magistral kanali etagida barpo etilgan. Tallimarjon temir yoʻl stansiyasi yaqinida, Amudaryo va Qashqadaryo oʻrtasida suvayirgʻich vazifasini bajaruvchi tekislikda joylashgan. 1965—73 yillarda qurilgan. 1977-yilda qisman, 1985-yil toʻliq ishga tushurilgan. Tallimarjon suv omborio. Qarshi magistral kanali suvi bilan kuzgiqishki mavsumda 6 oy davomida toʻddiriladi. Uz. 14 km, kengligi 5,5 km, oʻrtacha chuq. 19,8 m, qirgʻoq chizigʻi uz. 36 km, maydoni 77,4 km², umumiy hajmi 1,53 mlrd. m³, foydali ish hajmi, 1,4 mlrd. m³. Tallimarjon suv omborio.ning asosiy inshootlari majmui 1 va 2tuproq toʻgʻonlari, nasos styasi, suv oqib keladigan va chiqib ketadigan kanal, drenaj, nasos styasidan iborat. Suv qudratli elektr nasoslari orqali 26,6 m balandlikkacha koʻtarilib beriladi

Kattaqoʻrgʻon suv ombori


  • Kattaqoʻrgʻon suv ombori -gidrotexnika inshooti, Oʻzbekistonda birinchi qurilgan suv ombori. Kattaqoʻrgʻon shahri yaqinida tabiiy chuqurlikda barpo etilgan. Kattaqoʻrgʻon suv omborio. Zarafshon vodiysidagi ekin maydonlarini suv bilan taʼminlaydi va Zarafshon (Qoradaryo) daryosi suv rejimini tartibga soladi, sel va toshqin suvlarini jamgʻaradi. 1940—51 yillar davomida qurilib, foydalanishga topshirildi. Kattaqoʻrgʻon suv omborio.ning asosiy inshooti kompleksi suv chiqargichli toʻgʻon, suv keltiriladigan va suv oqib ketadigan kanallardan iborat. 1941-yilda uz. 4 km, balandligi 28 m tuproqtoʻgʻon koʻtarildi (keyinchalik toʻgʻon balandligi 31,5 m ga yetkazildi). Suv omborining hajmi yildan-yilga oshirib borildi va 1954-yilda loyihada koʻrsatilgan miqdor — 662 mln. m³ ga yetkazildi. Uz. 28 km, suv sarfi 45 m³/s suv keltiruvchi kanal va uz. 15,2 km, suv sarfi 123 m³/s suv chiqaruvchi kanal qurildi. 1956-yil suv keltiruvchi kanal rekonstruksiya qilinib, uning suv oʻtkazish imkoniyati 100 m³/s ga yetkazildi, oʻzani toʻgʻrilanib, kengaytirildi va oʻzanga beton toʻshama yotqizildi.

Yüklə 9,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin