O’zbekistonning xalkaro reytinglardagi ko’rsatkichlarini ko’tarishning tarixiy va siyosiy axamiyati reja



Yüklə 31,3 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü31,3 Kb.
#204264
xalqaro reyting


O’ZBEKISTONNING XALKARO REYTINGLARDAGI KO’RSATKICHLARINI KO’TARISHNING TARIXIY VA SIYoSIY AXAMIYaTI
Reja:

  1. O’zbekistonning xalkaro reytinglardagi ko’rsatkichlari

  2. O’zbekistonning xalkaro reytinglardagi ko’rsatkichlarini ko’tarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar

  3. O’zbekistonning xalqaro maydondagi imijini yanada yuksaltirish masalasi

Bugun O’zbekiston mintaqada barcha sohalarda jadal sur’atlarda rivojlanayotgan mamlakat – bu xalqaro ekspertlar tomonidan bildirilayotgan e’tirof. Rivojlanish, taraqqiyot esa o’z-o’zdan bo’lmaydi. Iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda kuzatilayotgan hozirgi o’zgarish va yutuqlar mamlakat rahbari tomonidan ko’tarilgan keng qamrovli chora-tadbirlar hamda ijrochilarning mashaqqatli mehnat mahsuli ekanligi shubhasiz. Bu e’tiroflar, dastlabki yutuqlar o’zimizniki albatta. Lekin ularni yanada yaxshilash mamlakat siyosatining asosiy maqsadlaridan biridir.


Davlatimiz rahbarining «O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to’g’risida»gi Farmoni ana shu sa’y-harakatlarni yangi pog’onaga olib chiqishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
Oqibat natijada mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi jozibadorligini oshirish mezoni bo’lib xizmat qiladigan xalqaro reyting va indekslarni oshirish jarayonida parlamentning o’rni qanday bo’ladi? Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 4 iyunь kuni «O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini yaxshilash borasida parlamentning, xususan, Qonunchilik palatasining roli» mavzusida o’tkazilgan seminar ana shu mavzuga qaratildi va Prezident farmoni mazmuni va unda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda parlament oldida turgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Jahon banki, Birlashgan millatlar tashkiloti, Birlashgan millatlar tashkilotining Taraqqiyot dasturi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Jahon iqtisodiy forumi, Xalqaro byudjet hamkorligi, INSEAD xalqaro biznes-maktabi va Economist Intelligence Unit kabi xalqaro reyting agentliklari va tashkilotlari bilan rasmiy aloqalar yo’lga qo’yildi.
O’tgan davr mobaynida xalqaro reyting agentliklarining 2019-2020 yillarda chop etilgan hisobotlariga binoan respublikaning iqtisodiy reytinglardagi o’rni sezilarli darajada o’sdi. Xususan “Fitch Ratings” va “S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentliklarining bahosiga ko’ra 2019 yilda mamlakatning suveren kredit reytingi «BB–» barqaror darajada saqlanib qolmoqda.
Jahon banki «Biznes yuritish 2020» yangi yillik hisobotida (Doing Business 2020) so’nggi bir yilda O’zbekiston Respublikasi biznes islohotini amalga oshirishda eng katta yutuqlarga erishgan 20 ta mamlakat qatoriga kirishga imkon bergan to’rtta islohotni amalga oshirgani to’g’risidagi axborotni tarqatdi. SHuningdek, 2019 yilda O’zbekiston ushbu reyting hisobotida dunyoning 190 mamlakati orasida 69-o’rinni egallab, 7 pog’onaga ko’tarildi.
2019 yilning sentyabrь oyida Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorlarining 2018 yil uchun e’lon qilgan hisobotida O’zbekiston Respublikasi bir qator indikatorlardan yaxshilanganligini ma’lum bo’ldi. Xususan, «Korruptsiyani nazorat qilish» indeksida 1 pog’onaga, «Hukumat samaradorligi» indeksida 3 pog’onaga, «Normativ sifat» indeksida 7 pog’onaga, «Qonun ustuvorligi» indeksida 4 pog’onaga, «So’z erkinligi va hisobdorlik» indeksida 5 pog’onaga ko’tarildi.
SHuningdek, mazkur hujjat bilan Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasining tashkil etilishi mazkur yo’nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib borish imkoniyatini yaratishi, bu esa o’z navbatida ko’zlangan natijaga erishishda ayni muddao bo’lishi qayd etildi.
So’nggi to’rt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamg’armasining «Iqtisodiy erkinlik» indeksida 52 pog’onaga, Jahon bankining «Logistika samaradorligi» indeksida 19 pog’onaga, «Biznes yuritish» indeksida 18 pog’onaga ko’tarilganligi e’tirof etilib, ushbu yo’nalishdagi ishlarning natijasini aks ettirishga mo’ljallangan 2020 yil 1 oktyabrga qadar Internet tarmog’ida «O’zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portali ishga tushirilishi belgilandi
Bu borada mamlakatimizda reytinglar bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi va mazkur sohada so’nggi yillarda 10 ga yaqin qonunosti normativ-huquqiy hujjatlari qabul qilingani, biroq mazkur yo’nalishning ahamiyatini hisobga olgan holda parlamentning shu maqsadlarga yo’naltirilgan faoliyatini sezilarli darajada takomillashtirish lozim.
Xalqaro reyting va indekslarni belgilashda qanday faktorlar, ko’rsatgichlar mezon bo’lib xizmat qiladi? Mamlakatimizning xalqaro hamjamiyat o’rtasidagi imidjini yaxshilash uchun, investorlar uchun jozibadorlikni ko’tarish uchun qanday omillarga e’tiborni kuchaytirish kerak? Aynan shunday maqsadlarga erishilishini huquqiy jihatdan to’liq ta’minlash uchun parlament qanday hujjatlar qabul qilinishiga e’tiborni oshirishi talab etiladi?
SHu bilan birga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, amalga oshirilayotgan tub o’zgarishlarning xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o’rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta’minlashda parlamentning nazorat va qonun ijodkorligi funktsiyalarini takomillashtirish lozim.
Xalqaro reytinglar nafaqat iqtisodiy ko’rsatkichlar, balki muayyan mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, jumladan inson huquqlarini, siyosiy hayotda jamoatchilikning ishtirokini ta’minlash sohasidagi amaliy ishlarga ham baho beradi, bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 4-bandida belgilangan «qonun loyihalarining O’zbekistonning xalqaro reytinglardagi o’rnini yaxshilash bo’yicha tavsiyalarga mosligini o’rganish amaliyotini yo’lga qo’yish» bo’yicha parlament tomonidan samarali ishlar amalga oshirilmokda.
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev olib borayotgan uzoq istiqbolni ko’zlovchi pragmatik siyosat natijasida keyingi qisqa davr mobaynida mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro’-e’tibori ancha mustahkamlandi. Dadil islohotlar, kreativ yondashuvlar, kutilmagan qarorlar va shiddatli odimlar tufayli O’zbekistonning tashqi siyosati jahon hamjamiyatining e’tirofiga sazovor bo’ldi. Xorijiy davlatlar bilan o’zaro manfaatli aloqalarimiz keskin kengayib, yurtimizning dunyo miqyosidagi ijobiy imiji shakllandi.
Davlatimiz rahbarining o’tgan yil oxirida Oliy Majlisga yo’llagan Murojaatnomasida ham tashqi siyosat borasida erishilgan yutuqlar ta’kidlanib, bu borada galdagi vazifalar sifatida dunyo hamjamiyatida O’zbekistonga bo’lgan qiziqishni oshirish, uning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlash masalasiga alohida urg’u berildi.
Ta’kidlash joiz, bu o’rinda O’zbekistonning xalqaro reyting va indekslarda yuqori o’rinlarni egallashiga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki xalqaro reyting va indekslar dunyodagi institutsional muhitning sifatini baholash – iqtisodiy rivojlanishning asosiy sharti sifatida dunyoda umum qabul qilingan vosita hisoblanadi.
Bugunga kelib bu kabi reyting va indekslar nafaqat ekspertlar, balki davlatlar darajasida ham islohotlar va iqtisodiy siyosatning muvaffaqiyati mezonlari sifatida qo’llanila boshlandi. BMTning Inson kamoloti indeksi (Human Development Index), Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksi (Global Competitiveness Index), Jahon bankining biznes yuritish reytingi (Doing Business) va shu singari boshqa qator omillar bo’yicha natijalar davlatlarda, shu jumladan O’zbekistonda turli darajadagi dasturlar ishlab chiqilishida maqsadli yo’nalish sifatida xizmat qilmoqda.
Jahon miqyosidagi xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy reytinglar orasida, birinchi navbatda, Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingini qayd etish lozim. “Biznes yuritish” reytingi hisoboti Jahon bankining har yili o’tkazadigan tadqiqotlari natijasi hisoblanib, unga ko’ra, 190 mamlakatda 10 ko’rsatkich bo’yicha biznes yuritish qulayligi baholanadi. Hisobot kichik va o’rta biznesning hayotiy faoliyati davomida uni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni baholashga, amaliyotda qo’llash tartibiga yo’naltirilgan. Ushbu hisobot Jahon banki tomonidan 2003 yildan beri tayyorlanib kelinadi va har yili kuzda e’lon qilinadi.
Quvonarlisi shundaki, keyingi 5 yil davomida “Biznes yuritish” reytingida O’zbekiston jahonning 190 mamlakati orasida 2012 yildagi 166-o’rindan 2017 yilda 74-o’ringa ko’tarilib, biznes yuritish uchun eng qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish ko’rsatkichi bo’yicha islohotchi mamlakatlarning birinchi o’ntaligidan joy oldi. O’zbekiston 2022 yilgacha Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotidagi jahon mamlakatlarining birinchi yigirmataligi darajasiga mos keladigan eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga intilmoqda. Bu maqsad Prezidentimizning 2018 yil 13 iyuldagi “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O’zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorida o’z ifodasini topgan.
Biroq, shu kunga qadar bizda tegishli yo’nalishlar bo’yicha milliy reytinglarni yuritishga yordam beradigan, amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro mezonlar va standartlarga muvofiqligini baholashning yaxlit tizimi yaratilmagani sababli mamlakatimiz xalqaro reytinglarda pastki o’rinlarni egallab kelayotganini ham yodda tutishimiz lozim.
Misol uchun, BMT tomonidan ishlab chiqilgan, inson salohiyatining asosiy xususiyatlari sifatida turmush darajasini, savodxonlikni, ta’limni va uzoq umr ko’rishni o’zaro taqqoslash va baholashni o’z ichiga oluvchi Inson kamoloti indeksida O’zbekiston o’tgan yili 189 davlat orasida 105-o’ringa munosib topilgan.
Vaholanki, bu hisobotda Rossiya Federatsiyasi – 49, Qozog’iston – 59-pog’onada turibdi. Yoki Meros jamg’armasining Iqtisodiy erkinlik indeksi bo’yicha 2016 yilgi hisobotida O’zbekiston 178 davlat ichida 166-o’rinni band qilib, erkin iqtisodiyotga ega bo’lmagan davlat sifatida baholangan. Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksida esa, O’zbekiston mavjud emas.
SHunday ekan, mamlakatimizda iqtisodiy o’sishning ishonchli bazasini yaratish va aholi farovonligini oshirish biz uchun, hozirgi kundagi jahon iqtisodiyotidagi zamonaviy jarayonlar fonida, ayniqsa, dolzarb ahamiyatga ega. Binobarin, investitsiyalar oqimini sezilarli darajada oshirish, institutsional va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasidagi muammolarni hal qilishning samarali usullaridan biri bu yurtimizning umume’tirof etilgan xalqaro reytinglarda faol ishtirokini ta’minlash va ushbu tadqiqotlarda muayyan natijalarni qo’lga kiritishdir. Bu, o’z navbatida, nafaqat O’zbekistonga bo’lgan ishonchning ortishiga, balki dolzarb masalalarni aniq belgilab olib, eng maqbul xalqaro amaliyotga asoslangan biznes va innovatsion faoliyat sharoitlarini shakllantirish borasida ham muvaffaqiyat omili bo’ladi.
SHuning uchun ham 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasida “O’zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to’g’risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazish” nazarda tutilgan.
Prezidentimiz tomonidan imzolangan “O’zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o’rnini yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida"gi Qaror bu yo’nalishdagi islohotlarning yana bir yangi bosqichini boshlab berdi.
Qarorga muvofiq, O’zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o’rnini monitoring qilish va baholash milliy tizimi yaratiladi. Milliy monitoring tizimini tashkil etishning dastlabki bosqichi sifatida tadqiqot institutlariga xalqaro reytinglar biriktirilib, ular zimmasiga xalqaro reytinglarning metodologik va boshqa tarkibiy qismlarini aniqlash, ularni amaldagi qonunchilikka implementatsiya qilish, O’zbekistonning xalqaro reytinglardagi past ko’rsatkichlariga sabab bo’layotgan asosiy omillarni aniqlash vazifasi yuklatildi.
SHuningdek, joriy yil 1 apreliga qadar internet tarmog’ida “O’zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portali ishga tushiriladi. Mazkur portalda xalqaro reytinglar bo’yicha yillik hisobotlar, shuningdek, hisobotlarni o’rganish va e’lon qilish muddatlarini ko’rsatgan holda tegishli yo’nalishlar bo’yicha ishlar ahvolini yaxshilashga qaratilgan xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning tavsiyalari yoritib boriladi. O’z navbatida, O’zbekistonning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda xorijiy davlatlarning ijobiy tajribasiga asoslangan reytinglar metodologiyasi tasdiqlanib, mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi o’rnini, shu jumladan, tadqiqot institutlarining ma’lumotlari va o’rganish natijalarini hisobga olgan holda yaxshilash bo’yicha har yili «Yo’l xaritalari» ishlab chiqiladi.
Albatta, ushbu Qaror ijrosini ta’minlashda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ham faol ishtirok etadi. Ya’ni, markazning dasturiy maqsad-vazifalaridan kelib chiqqan holda, mamlakatimizning jahon reytinglaridagi rivojlanish jarayoni to’g’risidagi axborotlarni, shuningdek, baholanayotgan yo’nalishlar bo’yicha tavsiyalar va xorijiy davlatlarning ilg’or tajribasini o’z ichiga olgan axborot-ma’lumotlar bazasini yaratish, ustuvor xalqaro reytinglardagi o’rnimizni yaxshilashga to’sqinlik qilayotgan mavjud muammolarning tizimli tahlilini olib borish, ularni hal etish bo’yicha takliflar ishlab chiqish bu yo’nalishda ustuvor vazifamiz hisoblanadi. SHu bilan birga, xalqaro tashkilotlar, reyting agentliklari va ilmiy muassasalarning ekspertlari bilan hamkorlik o’rnatish va konstruktiv muloqotni yo’lga qo’yish, tegishli tarmoqlardagi muammolarni aniqlash va ahvolni o’rganish uchun ijtimoiy so’rovlar o’tkazish, keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirish doirasida turli sohalarda yuz berayotgan tub o’zgarishlar to’g’risida jamoatchilik va xalqaro reyting agentliklarini xabardor qilish ishlariga o’z hissamizni qo’shamiz.
Albatta, ushbu Qarorda belgilangan vazifalarni to’liq bajarilishida quyidagi omillarni e’tiborga olish maqsadga muvofiq:
– Qarorda qayd etilgan xalqaro reyting va indekslarda yetishmayotgan va mavjud bo’lmagan ko’rsatkichlar bo’yicha O’zbekistonda statistik hisobotlar (ma’lumotlar) bazasini shakllantirish va joriy qilish;
– xalqaro reytinglarning omillari va ko’rsatkichlarini tahlil qilish asosida iqtisodiy jarayonlarni prognozlashtirish va tartibga solishda foydalaniladigan mezonlar tizimini aniqlashtirish;
– mamlakatimiz har bir xalqaro reyting yoki indeksda aniq raqam ko’rsatkichlari ko’rinishida ko’zlayotgan manzilli maqsadlarni belgilash;
– ustuvor xalqaro reytinglar va indekslar, ularning tarkibiy qismlarini, shu jumladan, tartibga solish ta’sirini baholashning umumiy printsiplari doirasida boshqarish amaliyotida tahlil qilish va hisobga olishni ta’minlaydigan usullarni ishlab chiqish;
– reyting tashkilotchilari bilan konstruktiv aloqalarni o’rnatish, shu jumladan, metodologik masalalar, tahliliy axborot almashish, shuningdek, tavsiyalar olish.
Yana shuni ham qayd etish lozim, mamlakatimizda xalqaro reyting va indekslarda ildamlash maqsadida, ushbu reyting va indekslar doirasidagi indikatorlar bilan cheklanib qolmay, balki parallel ravishda Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan barcha sohalardagi vazifalarni amalga oshirish bo’yicha aniq maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorning rolini kuchaytirish, sud-huquq tizimini yanada liberallashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish va boshqa masalalarda qator chor-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga tadbiq qilinib kelinmoqda. Ayniqsa, kichik biznes sub’ektlarining muammolarini hal etishda sudlar tomonidan adolat o’rnatish, iqtisodiy sudlar faoliyatini takomillashtirish, umuman, aholining sud-huquq tizimiga bo’lgan ishonchini mustahkamlash davlat faoliyatida ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
Xulosa o’rnida alohida ta’kidlash kerakki, birgina o’tgan yilning o’zida davlatimiz rahbarining o’ndan ortiq muhim xalqaro tashabbusi to’liq amalga oshirildi. Masalan, AQSH Davlat departamenti O’zbekistonni “Diniy erkinlikni tizimli, davomiy va jiddiy ravishda buzishda ishtirok etuvchi mamlakatlar ro’yxatidan” chiqardi. Yoxud 2018 yil oxirida BMT Bosh assambleyasining yalpi sessiyasida «Ma’rifat va diniy bag’rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyutsiyaning qabul qilinishi Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan xalqaro tashabbusning dunyo hamjamiyati tomonidan qo’llab-quvvatlanganligining yaqqol isbotidir.
Darhaqiqat, mamlakatimizda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish modellarini ishlab chiqish, dunyoning yetakchi xalqaro tahlil va ilmiy-tadqiqot, ishlab chiqarish muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlash orqali O’zbekistonning xalqaro maydondagi imijini yanada yuksaltirish dolzarb masaladir. Bu borada samarali va keng ko’lamli targ’ibot-tashviqot ishlarini yo’lga qo’yish, milliy turistik brendni yaratish, xorijiy nodavlat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari bilan o’zaro manfaatli kelishuvlarga erishish, xalqaro tashkilotlar vakillarini yurtimizga taklif qilish va ularni yuz berayotgan o’zgarishlar bilan tanishtirish kabi jihatlar alohida o’rin tutadi. Zero, O’zbekistonni dunyoga ko’rsatish, xalqaro reytinglar
va indekslardagi o’rnini yuksaltirish faqat va faqat xalqimiz farovonligi, mamlakatimizning barqaror taraqqiyoti hamda davlatimiz kuch-qudratining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Yüklə 31,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin