81
30-32-moddalari xalqaro me’yoriy hujjatlar, XMT konvensiyalari talablari,
rivojlangan davlatlar tajribalari asosida kasaba uyushmalarining ijtimoiy sheriklik va
tomonlarning konsensusga erishishi jarayonlarini muvofiqlashtiradi. Jumladan,
28-moddada kasaba uyushmalarining asosiy huquqlari quyidagicha belgilangan:
ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda ishtirok etish; mehnat va ijtimoiy
rivojlanish sohasida qonunlar va boshqa normativ- huquqiy hujjatlarini ishlab
chiqishda ishtirok etish va h.k.;
xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va manfaatlarini ifoda etish va
himoya qilish;
jamoa muzokaralarini olib borish, jamoa shartnomalari va jamoa kelishuvlarini
tuzish hamda ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
bandlikni ta’minlashga ko‘maklashish;
xodimlami ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltirilgan choralarni ko‘rish;
mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha axborotlar
olish;
mehnatni muhofaza qilish sohasida xodimlarning huquq va manfaatlarini
himoya qilish;
mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga
rioya qilish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
mehnat nizolarini ko‘rib chiqishda xodimlar manfaatlarini himoya qilish;
mehnat va ijtimoiy rivojlanish sohasida xalqaro shartnomalarni tuzishda
ishtirok etish.
Kasaba uyushmalari, kasaba uyushmalari birlashmalari va ularning organlari
jamoa muzokaralari olib borish, manfaatlari ifoda etilayotgan xodimlar nomidan
jamoa shartnomalar va jamoa kelishuvlari tuzish huquqiga ega.
Umuman
olganda,
O‘zbekistonda
ijtimoiy-mehnat
munosabatlarini
rivojlantirish, xususan, ijtimoiy sheriklikni fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va
jamiyatda barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin egallashini e’tiborga olib,
davlatimiz va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan keyingi ikki
yil ichida bu sohada chuqur islohotlar amalga oshirildi.
Dostları ilə paylaş: