O’zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri bu turli jarayonlarga zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bilan bog’liq


Darsning turli bosqichlarida EO’UM ni foydalanish uslubiyoti



Yüklə 24,79 Kb.
səhifə2/2
tarix21.10.2023
ölçüsü24,79 Kb.
#158726
1   2
12-mavzu

Darsning turli bosqichlarida EO’UM ni foydalanish uslubiyoti

Dars bosqichlari

EO’UM ni foydalanish uslubiyoti

Bilimlarni faollashtirish

1. Avval o’rgangan materiallarni takrorlash uchun, animatsion roliklarni (agar bo’lsa) foydalaniladi. Dastlab o’quvchilarga vazifa bajarish, savollarga javob berish taklif etiladi.
2. Ovoz o’chirilgan videolavhalar namoyish etish. O’quvchiga kechayotgan jarayonni izohlab berish tavsiya etiladi.
3. O’quvchilarga test vazifalari taklif etiladi. So’ngra xatolar ustida ishlash, EO’UM materiallardan foydalanish asosida bilimlarni aniqlash amalga oshiriladi.
4. Standart bo’lmagan masalalar echish uchun qo’shimcha materiallardan foydalaniladi.

Motivatsion qo’yish

1. Muammoli vaziyatlarni qo’yish uchun multimediya lavhalarini, raqamli ma’lumotlarni foydalanish.
2. Har bir o’quvchi uchun o’quv materialni o’rganishning shaxsiy qiymatini aniqlash uchun multimediya lavhalari-dan, raqamli ma’lumotlardan, jadvallardan, qo’shimcha materiallardan foydalaniladi.

Yangi materialni o’rganish

1. Asosiy bilimlarni olish uchun EO’UMning sahifalaridan foydalaniladi.
2. O’qituvchining tushuntirayotgan materiallarini namoyish qilib borish uchun EO’UMning sahifalaridan foydalaniladi.
3. Mavzuni mustaqil o’rganilayotgan vaqtda EO’UM materiallaridan foydalaniladi.

Mustahkamlash

1. O’qituvchi tushuntirgandan so’ng, bilimlarni mustah-kamlash materiali sifatida EO’UM sahifalaridan foyda-laniladi.
2. Ovoz o’chirilgan videolavhalardan foydalaniladi. O’quvchilarga kechayotgan jarayonni izohlab berish tavsiya etiladi.

Bilimlarni nazorat qilish

1. Bilimlarni nazorat qilish va o’zi-o’zini baholash uchun EO’UMning interfaol mashqlaridan foydalaniladi.
2. Ovoz o’chirilgan videolavhalar va animatsion roliklardan foydalaniladi.

Uyga vazifa

Ijodiy vazifalar uchun EO’UMning qo’shimacha mate-riallaridan foydalaniladi.

EUO’M lardan oliy ta’lim muassasalarida foydalanish: EUO’Mdan an’anaviy o’qitish vositalariga qo’shimcha sifatidan, toki pedagogik OTMlarda o’qituvchilar tayyorlash tizimining ajralmas quroli kabi EUO’Mdan faol foydalanishgacha bo’lgan bosqichlarda o’tishi kerak.


Talabalar mustaqil ravishda o’quv predmetining mazmunini o’rganadigan vaqtlarida EUO’M tarkibiga kirtilgan elektron darsliklar, ma’lumotnomalar, bilimlarni nazorat qilish test tizimlaridan, shuningdek ularga kirish mumkin bo’lgan o’quv materiallaridan foydalaniladilar.
EUO’Mlarda dars beradigan o’qituvchining elektron manzillari, telefon raqamlari ham bo’lishi lozim. Chunki talaba zarurat bo’lgan (masalan, kasal bo’lib, o’qishga qatnasha olmagan) vaqtlarda o’qituvchidan maslahatlar olishi mumkin. Talabalarning mustaqil ishlarini monitoring va nazorat qilish maqsadida o’qituvchi ishchi o’quv rejaga muvofiq talabalarning bilimini oraliq baholashini amalga oshiradi. Unga qo’yilgan baho talabaning bilimlarni egallashning muvaffaqiyatli ekanligii bildiruvchi mezon sifatida xizmat etishi mumkin.
Talaba tomonidan o’quv mashg’ulotlarning barcha ko’rinishlarida EO’UM dan foydalanishning muvaffaqiyati, uning o’qish boshidagi boshlang’ich bilim va tayyorgarligiga bog’liq. Shuning uchun, majmuani foydalanishni boshlashdan, ya’ni predmetni o’qishdan oldin talabalarning bilimini test orqali nazorat qilib qo’yish va keyinchalik ularni natijalarini joriy baholari bilan taqqoslab borish maqsadga muvofiq. Bu talabalarning yangi materiallarni o’zlashtirib borish jarayonlarini ko’rsatib boradi. Joriy va yakuniy nazoratlar ham majmuadan foydalangan holda o’tkazilishi mumkin.
Aniq o’quv predmeti bo’yicha yaratilgan elektron o’quv-uslubiy majmuadan ta’limning qaysi bosqichlarida va mashg’ulotning qanday shakl (ma’ruza, amaliyot, seminar, laboratoriya ishlari, joriy, oraliq va yakuniy nazorat va sh.k.) larida qanday foydalanish yo’l-yo’riqlarini o’qituvchi yil boshida (imkoni bo’lsa, kompyuter auditoriyasida) noutbukdan foydalanib, proektsiyalarini ekranga tushirgan holda, tushuntirib qo’yishi va mumkin bo’lsa, qog’oz variantini talabalarga tarqatib berishi lozim. EO’UM namoyish qilish mobaynida, e’tiborni o’qitayotgan predmet o’quv ishining ketma-ketligi, undagi axborotni izlash va aniq yordam olish yo’llari, o’zlashtirgan materiallar bo’yicha test asosida o’zini-o’zi nazorat qilish va o’zini-o’zi baholash usullariga qaratishi lozim. Imkoni bo’lsa, fanlar bo’yicha EO’UMlar OTMning korporativ internet tarmog’iga joylashtirib qo’yilishi kerak.
Tajriba shuni ko’rsatmoqdaki, EO’UMlar talabalar tomonidan ko’proq sessiya vaqtlarida foydalanilmoqda. Auditoriyada EO’UMlardan foydalanib, mashg’ulotlarni ma’ruza, seminar, laboratoriya mashg’ulotlari, sinov va imtihon shakllarida foydalanish mumkin.
Ma’ruza mobaynida EO’UMdan bayon qilinayotgan materialning mazmunini namoyish etish uchun, multimedia proektsiyalarini ekranga tushirgan holda foydalanish maqsadga muvofiq. Bu materialni talabalarning maksimal vizuallashtirilgan, mantiqan bog’langan va tuzulishli asosida o’zlashtirish darajasini ko’taradi.
Amaliy mashg’ulotlarda EO’UM ma’lumotnoma yoki axborot manbai, ma’ruza kursi, masala va misollar to’plami, trenajyor yoki test sinovlari tizimi sifatida foydalanishi mumkin.
Agar u o’quv-tarbiya jarayonida OTMning malakali o’qituvchi foydalanilayotgan bo’lsa, u holda EO’UM har qanday o’qitishning boshqa didaktik vositalar kabi, samarali bo’ladi.
EO’UM ishlab chiqayotgan va foydalanilayotgan OTMning malakali mutaxassislari qatoriga quyidagi ikki toifadagi:
- zamonaviy axborot - kommunikatsion texnologiyalarni o’quv-tarbiya jarayonida foydalanishni biladigan professor-o’qituvchilar;
- zamonaviy multimedia texnologiyalarini, mia’lumotlar omborini ishlab chiqishning tillik vositalari va tarmoq texnologiyalarini mukammal biladigan muhandis-texnik xodimlarni qo’yish maqsadga muvofiqdir.
Ravshanki talabalarni EO’UM asosida o’qitishda kerakli muvaffaqiyatga faqat zamonaviy texnik va didaktik vositalarni foydalanish hisobiga erishish mumkin emas. Bu erda ham, markaziy ahamiyatni pedagog davom etadi. Yakuniy natija ko’p jihatdan bevosita o’qituvchining o’z bilim sohasidagi kompetentligi va o’qitish uslubiyotini egallagan darajasiga bog’liq.
EO’UM foydalanib o’qitishni tashkil qilishda o’qituvchilar tayyorlik darajasiga qo’yiladigan barcha talablar ichida, uning yangi pedagogik va axborot texnologiyalari sohasidagi umumkasbiy kompetentsiyasi ko’proq ahamiyatga ega bo’lmoqda. O’qituvchining ushbu kompetentsiyalarini quyida sanab chiqamiz.
Yangi pedagogik texnologiyalar sohasida:
- zamonaviy shaxsga-yo’naltirilgan o’qitish uslub (hamkorlikda o’qitish, loyihalar, tadqiqiy va sh.k.)larni bilish;
- o’qitishning yakkama-yakka, guruhiy va frontal uslublarini bilish;
- EO’UM va kompyuterni faol qo’llash sharoitida talabalarni o’qitish uslubini bilish;
- auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg’ulotlarni uyg’unlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lish;
- maslahat berishni tashkil eta olish ko’nikmalariga ega bo’lish;
- talabalarning o’quv faoliyatining monitoringini tashkil etish va olib borishni bilish;
- talabalarning samarali nazorat va test sinovlarini o’tkazish tizimini bilish;
Yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida:
- shaxsiy kompyuter va uning tashqi qurilmalarining ishlash tamoyillarini bilish;
- axborot va kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda talabalar bilan o’quv mashg’ulotlarning turli shakl (ma’ruza, seminar, anjuman, laboratoriya mashg’ulotlari, sinov, imtihon va sh.k.)larini tashkil etish va o’tkazish uslubiyotiga ega bo’lish;
- zamonaviy dasturiy ta’minot (MS Word matn muharriri, MS Power Point taqdimot yaratish dasturi, MS Excel va boshqa MS Office paketining dastur)larini egallagan bo’lish;
- Internet tarmog’ida ishlashning asosiy tamoyillarini, uning dasturiy ta’minoti (MS Internet Explorer va elektron pochtaning MS Outlook Express dasturlari)larini egallagan bo’lish;
- o’quv jrayonini boshqarish uchun kompyuter va EO’UM larni foydalanish imkoniyatlarini tushunish;
- dasturiy ta’minotni didaktik imkoniyatlari jihatdan tahlil qilishni bilish;
- mustaqil ravishda Internetda, turli elektron ma’lumotnomalarda, ma’lumotlar omborida, axborot-izlash tizimlarida, lug’atlarda axborot izlashni bilish;
- zamonaviy gipermatnlik va multimedia tizimlarida ishlashni bilish;
- axborotni saqlash, uni tahlil qilish va uni talabaga taqdim etishning sodda shakllarini tanlashni bilish.
Yuqorida sanalgan ro’yxat to’liq deb aytish juda to’g’ri bo’lavermaydi, chunki o’qitishning aniq sharoitlariga, axborot-kommunikatsion texnologiyalarning rivojiga va o’rganilayotgan predmetning xususiyatlariga ko’ra uni o’zgartirish, kengaytirish mumkin.


Tekshirish uchun savollar:



  1. Elektron o’quv-uslubiy majmua nima?

  2. Elektron o’quv-uslubiy majmualardan o’quv jarayonida foydalanishning ahamiyati nimalardan iborat?

  3. Elektron o’quv-uslubiy majmualarning tuzilishi?

  4. Elektron o’quv-uslubiy majmualarni yaratishga qo’yiladigan talablar?

  5. Elektron o’quv-uslubiy majmualardan o’quv jarayonida foydalanish uslubiyotini yoriting?

Yüklə 24,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin