Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishidagi shart-sharoitlar.
O‘zbek halqiga o‘ziga xos etnik muhit xosdir. Bunday muhitda bolalar yoshligidan o‘z ona (milliy) tillarining va unda aksini topgan ertaklar, afsonalar, rivoyatlar, maqollar, ashulalar, ideallarning ta’siri doirasida bo‘ladilar. Bolalar asta-sekin milliy an’analar, urf-odatlarning aniq me’yorlariga ko‘nikishadi. Etnomadaniy sharoitlarda insonning ijtimoiylashuvida yoki etnos mentalitet (bu tushuncha XX asr boshida fransuz olimi L.Levi Bryul tomonidan fanga kiritilgan) ham ijobiy ta’sir ko‘rsatiladi. Etnos-bu tarixan bir hududda shakllangan, til, madaniyat, ruhiyatning umumiy, nisbatan barqaror xususiyatlariga ega bo‘lib, boshqa halqlardan, tuzilmalardan o‘z-o‘zini anglashi bilan ajralib turuvchi odamlar majmuasidir.