О‘zbekistonda elektron savdo va elektron tijoratni rivojlantirishning о‘ziga xos хususiyatlari


Keywords: digital economy, e-commerce, e- trade



Yüklə 311,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix08.10.2023
ölçüsü311,34 Kb.
#153048
1   2   3   4   5   6   7
5. S.N.Xamrayeva 35-40

Keywords:
digital economy, e-commerce, e-
trade. 
 
1. KIRISH
Elektron tijorat xizmatlarining rivojlani-
shi mamlakatlar uchun katta imkoniyatlarni 
ochib beradi. Global aloqa tarmoqlari va, birin-
chi navbatda, Internetning paydo bo'lishi elekt-
ron tijorat faoliyatini tashkil etish va amalga 
oshirishda haqiqiy inqilobga olib keldi. Natija-
da biznes yuritishning nafaqat yangi yo‘nalish-
lari paydo bo‘ldi, balki mavjud yo‘nalishlar ham 
tubdan o‘zgardi. Bugungi kunda butun dunyo 
bo'ylab millionlab odamlar elektron tijo-rat 
xizmatlaridan foydalanishni qulay deb bili-
shadi. Va bu tanlov elektron tijorat xizmatlari-
dan foydalanadigan korxonalar uchun yuqori 
daromad oqimini ta'minlaydi. 
Jahon amaliyotida elektron tijorat kichik 
va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashning asosiy 
vositalaridan biri hisoblanadi. Yirik kompa-
niyalar bilan biznes yuritish uchun teng sharoit-
lar yaratib beradi. Kichik biznes o'z mahsulot-
larini reklama qilish uchun ko'p pul sarflay 
olmaydi. Eng arzon narxlarda elektron tijorat 
mexanizmlaridan foydalanish ularga potentsial 
mijozlarning butun bozoriga kirish imkonini 
beradi. Biroq, elektron tijorat avtomatik ravish-
da butun dunyo bo'ylab auditoriyani taqdim 
etmaydi. Axir, xalqaro yetkazib berish xizmat-
lari mahalliy xizmatlarga qaraganda qimmatroq 
va yetkazib berishning o'zi uzoqroq davom 
etadi. Bundan tashqari, xalqaro savdo bilan 
shug'ullanadigan sayt tuzilishi va ishlash sxe-
masi bilan bog'liq texnik yordam muammola-
riga duch kelishi mumkin.
2. MAVZUGA OID ADABIYOTLAR 
TAHLILI 
 
Elektron tijorat va elektron savdoga 
bag‘ishlangan kо‘plab tadqiqotlar mavjud 
bо‘lib, elektron savdo sohasida faoliyat yurita-


Innovatsion iqtisodiyot / Инновационная экономика / The Innovation Economy №1. 2023 
36 
digan xо‘jalik yurituvchi subyektlar faoliya-
tining turli jihatlarini kо‘rib chiqqanlar. Xusu-
san, N.A.Yefimova va A.S.Tarasov [2] о‘z 
tadqiqotlarida internet-savdoning an’anaviy 
savdoga nisbatan afzalliklari hamda uni tako-
millashtirishning asosiy yо‘nalishlarini yoritib 
berganlar. 
S.A. Kolesnichenko [3] internet-magazin-
larning samaradorligini oshirish bо‘yicha taklif 
va tavsiyalar ishlab chiqqan. 
E.Y. Shavruk va G.R. Vankovich [4], K.A. 
Xapilina [5], L.A. Bragin va uning ham-
mualliflari [8] lar о‘z tadqiqot ishlarida elektron 
savdoning hududiy jihatlarini kо‘rib chiqqanlar, 
T.O. Faleyeva [6], N.A. Mansurova va 
I.O.Oltinboyev [7], Mayorova va uning ham-
mualliflari [9] elektron savdoning samarador-
ligini baholash va istiqbolini bashoratlash 
uslublarini tadqiq etganlar. 
Jahon elektron savdo bozorini A.N. Zaxa-
rov va T.A. Cherxanova [10], N.E.Yadova [11] 
о‘z tadqiqot ishida kо‘rib chiqishgan. Xususan 
A.N. Zaxarov va T.A. Cherxanovalar [10] о‘z 
tadqiqot ishlarida elektron tijorat platformalari-
ning о‘sishi, korxonalarda kiberxavfsizlik tizi-
mini takomillashtirish va xalqaro tanlov savdo-
larida kriptovalyutalardan foydalanish kabi 
elektron tijorat tendensiyalari tahlil qilingan.
N.E. Yadova [11] tomonidan olib boril-
gan tadqiqot ishining asosiy maqsadi – Rossiya 
elektron tijoratining kelajakdagi tendensiyala-
rini bashorat qilish uchun global Internet-tijo-
ratning hozirgi holati va rivojlanish istiqbol-
larini о‘rganish va baholash. 
Shuningdek, ayrim tadqiqotchilar xorijiy 
mamlakatlar misolida elektron savdoning 
rivojlanishini kо‘rib chiqishgan. B.Jeong [12] 
statistik ma’lumotlarga asoslanib, Koreyaning 
elektron tijorat platformalarining о‘ziga xos 
xususiyatlari tahlil qilgan va mamlakatda uning 
rivojlanish darajasini tavsiflovchi asosiy jihat-
lari e’tibor qaratgan. 
CH. Xan [13] Xitoyda elektron savdoni 
rivojlanishining о‘ziga xos xususiyatlarini 
yoritgan va istiqbolda uni rivojlantirish bо‘yi-
cha tavsiyalar ishlab chiqqan. 

Yüklə 311,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin