O‘zbekiston resrublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz muxandislik-texnologiya instituti


III BOB. KOMPOZITSION ION ALMASHINUVCHI MATERIALLARNI OLISH TEXNOLOGIYASI VA UNING TEXNIK-IQTISODIY ASOSLARI



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə2/24
tarix23.08.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#140214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Arslon dissertatsiya

III BOB.

KOMPOZITSION ION ALMASHINUVCHI MATERIALLARNI OLISH TEXNOLOGIYASI VA UNING TEXNIK-IQTISODIY ASOSLARI




III.1.

Diglitsidiltiokarbamid va ortofosfat kislota asosidagi kompozitsion ion almashinuvchi materialning texnologik sxemasi




III.2.

TEP-1 markali kompozitsion ion almashinuvchi materialni ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida qo‘llashning texnik-iqtisodiy samaradorligi







XULOSALAR







FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO‘YXATI







ILOVALAR




Qabul qilingan qisqartirishlar
ro‘yxati



  1. EXG-Epixlorgidrin

  2. K-karbamid

  3. T-tiokarbamid

  4. DGK-Diglitsidilkarbamid

  5. DGT-Diglitsidiltiokarbamid

  6. FK-Ortofosfat kislota

  7. DMFA-dimetilformamid

  8. DMSO-dimetilsulfoksid

  9. IQ-infraqizil

  10. UB- Ultrabinafsha

  11. PEG-Polietilenglikol

  12. SAS-statik almashinish sig‘imi

  13. DAS-dinamik almashinish sig‘imi

  14. TEP-1-DGT+PEPA asosidagi ionit markasi

  15. TFP-1-DMT+PEPA asosidagi ionit markasi

KIRISh
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon miqyosida sintetik ion almashinuvchi materiallarni ishlab chiqarish o‘tgan o‘n yilga nisbatan ikki barobar ortgan. Ishlab chiqariladigan kompozitsion ion almashinuvchi materiallar hajmi bo‘yicha MDH davlatlari jahonda ikkinchi o‘rinda turadi va bu ionitlarning 65 foizi gidrometallurgiya sanoati korxonalarida metallarni konsentrlash va ajratishda, xalq xo‘jaligining turli sohalarida qo‘llaniladigan tozalangan hamda tuzsizlantirilgan suv olishda, suvni tozalash maqsadida ishlatiladi. Shuningdek, ishlab chiqariladigan ion almashinuvchi materiallar IES, AES va sanoat chiqindilarini tozalashda 15%, kimyoviy texnologiyalarda 9%, oziq-ovqat va farmasevtika sanoatida 6% va boshqa sohalarda qolgan qismi qo‘llaniladi1. Ion almashinuvchi materiallar metallarni turli muhitga ega bo‘lgan individual va aralash eritmalardan tanlovchan sorbsiyalab, samarali ajratib olish imkonini beradi. Shu sababli, ko‘pgina ilmiy ishlar yangi ion almashinuvchi materiallar sintezi, fizik-kimyoviy xossalarining tadqiqoti va ularni sorbsiya jarayonlarida qo‘llash texnologiyalarini yaratishga yo‘naltirilgan.
Respublikamizda mustaqillikka erishilgandan buyon kimyo sanoatida yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish yo‘nalishidagi ilmiy izlanishlarni yuqori darajada tashkil etish va mahalliy bozorni import o‘rnini bosa oladigan kimyoviy reagentlar bilan ta’minlash borasida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga erishildi. Bu borada mahalliy xom ashyolar asosida sintez qilingan, tarkibida oltingugurt, azot, kislorod va fosfor donor atomlarini saqlagan, termik va kimyoviy barqaror, mexanik mustahkam, kompozitsion ion almashinuvchi materiallar tadqiqotiga qaratilgan ilmiy ishlarni alohida ta’kidlash mumkin.
Bugungi kunda jahonda ion almashinuvchi materiallarning yangi turlarini sintez qilish, metall ionlariga nisbatan sorbsion xususiyatlarini aniqlash va ular yordamida eritmalar tarkibidan qimmatbaho metall ionlarini ajratib olish texnologiyasini yaratish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Ion almashinuvchi materiallarni yaratish bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirishda mahalliy xom-ashyolar asosida tarkibida oltingugurt, azot, kislorod va fosfor donor atomlarini saqlagan, eritmada turli metallar ionlari bilan kompleks hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lgan ionitlar sintez qilish, ular yordamida nodir va rangli metallar ionlarini samarali konsentrlash va ajratish usullarini ishlab chiqish dolzarb muammolardan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 15 dekabrdagi PQ-1442-sonli «2011-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risidagi» va 2009 yil 11 martidagi PQ-1071-sonli «Kimyo sanoati korxonalari qurilishini jadallashtirish va yangi turdagi kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi» to‘g‘risidagi qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin