O'zbekiston Respublikasining qo'shni respublikalar bilan iqtisodiy va siyosiy munosabatlari


O'zbekiston va Turkmanistonning o'zaro do'stona va strategik hamkorligi uch muhim jihati bilan ajralib turadi



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə3/3
tarix06.03.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#86883
1   2   3
Jumaboyeva Omafxon

O'zbekiston va Turkmanistonning o'zaro do'stona va strategik hamkorligi uch muhim jihati bilan ajralib turadi.
Birinchidan, hamkorlik aniq tarmoq, soha va yo'nalishlar kesimida amalga oshirilmoqda. Xususan, ikki davlat o'rtasidagi aloqalar, ayniqsa, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda yanada kengaytirildi.
Ikkinchidan, strategik sheriklik munosabatlari shartnomaviy-huquqiy jihatdan mustahkamlanib, o'zaro majburiyatlarni ta'minlash borasidagi yuksak mas'uliyatni anglash va samarali bajarish uchun turtki bo'lmoqda.
Uchinchidan, o'zaro manfaatli hamkorlik muhim strategik masalalar yuzasidan yagona va to'g'ri bo'lgan qarashlarning shakllanishiga sabab bo'lmoqda. Xususan, mintaqada ekologik vaziyatni sog'lomlashtirish, Markaziy Osiyo suv resurslaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish, ishonchli va xavfsiz transport yo'laklarini yaratish, Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona to'g'risidagi Shartnoma doirasida hamkorlik kabi masalalar shular jumlasidan.

Tojikiston Respublikasi bilan iqtisodiy va siyosiy munosabatlar

  • Tojik va oʻzbek xalqlarining yashash sharoiti, urf-odatlari, turmush tarzi bir-biriga nihoyatda yaqin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov taʼkidlaganidek, oʻzbek va tojik xalqlari ikki tilda gaplashadigan bir xalq. Bu 2 xalqning oʻtmishda birgalashib, oʻz ozodligi, erki uchun kurashgani, oʻlmas meʼmoriy yodgorliklari va sanʼat durdonalarini yaratgani tarixdan maʼlum. Asrlar davomida koʻpgina tojik va oʻzbek sanʼatkorlari biribiriga ustoz, biribiriga shogird boʻlib ijod qilib kelishgan.
  • Ikki buyuk arbob — Jomiy bilan Navoiyning doʻstligi va hamkorligi tojik hamda oʻzbek adabiy va madaniy aloqalari tarixidagi yorqin sahifadir. Jomiy va Navoiy boshlab bergan zullisonaynlik anʼanalarini Mashrab, Turdi, Nodira, Furqat, Zavqiy, Anbar otin, Asiriy, Ayniy, Hamza va boshqalar davom ettirdilar. Hamza tojik tilida ham gʻoyaviy badiiy jihatdan yetuk sheʼrlar yaratishi bilan barobar oʻzining drama truppasi bilan Tojikistonning shahar va tumanlarida tomoshalar koʻrsatdi. Sadriddin Ayniy "Qullar" romanini oʻzbek tilida yaratdi va tojik hamda oʻzbek tilida samarali ijod qilib, oʻzining ham badiiy, ham ilmiy asarlari bilan 2 xalq madaniyatini rivojlantirishda katta rol oʻynadi. 20-yillar oxiridan Tojikiston teatrlarida Hamzaning "Boy ila xizmatchi", K. Yashinning "Gulsara", F. Zafariyning "Halima", Xurshidning "Farhod va Shirin", keyinroq S. Abdullaning "Tohir va Zuxra", Uygʻun va I. Sultonning "Alisher Navoiy", Tuygʻunning "Muhabbat" va boshqa pyesalari sahnalashtirildi. Ayni vaqtda tojik dramaturglaridan S. Ulugʻzodaning "Gavhari shamchiroq", S. Gʻanining "Toʻy", Gʻ. Abdulloning "Sharq sadosi" kabi pyesalari oʻzbek teatrlari sahnalarida namoyish qilindi.

Ushbu ijtimoiy-tarixiy anʼana har 2 davlat milliy mustaqillikni qoʻlga kiritgach, yangicha mazmun kasb etdi. Oʻzbekiston Tojikistondagi harbiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishda va uni ijobiy yechimini topishda sezilarli mavqeni egalladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov 1992-yil sentyabrda BMT ning Bosh kotibiga murojaatnoma yoʻllab, xalqaro hamjamiyat eʼtiborini Tojikiston muammolariga qaratib bu muammolarni tinch yoʻl bilan hal etishga chaqirdi. Tojikistonda tinchlik jarayonining amalga oshishi va ahdlashuvlarning barcha bosqichida Oʻzbekiston rasmiy kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. 2000-yil 14—15 iyunda I. A. Karimovning rasmiy tashrif bilan Dushanbe shahrida boʻlishi, E. Rahmonovning Toshkentda boʻlishi oʻzbek-tojik munosabatlarining yangi pogʻonaga koʻtarilishidan dalolat edi. 1998-yil yozda Oʻzbekistonda Tojikiston Respublikasining madaniyat kunlari boʻlib oʻtdi. 1995-yil Toshkent shahrida Tojikiston Respublikasining, 2000-yil Dushanbe shahrida Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasi ochilib, ular davlatlararo siyosiy, iqtisodiy, madaniy va maʼnaviy aloqalarni muvofiqlashtirish yoʻlida xizmat qilmoqda. Keyingi vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Tojikistonning savdo-iqtisodiy aloqalari birmuncha rivojlandi. Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasida Tojikistonning ulushi 2003-yilda 2002-yilga nisbatan 24,7% oshdi va 2,2% ni tashkil etdi.
Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin