O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining tanlov komissiyasi bayoni



Yüklə 49 Kb.
tarix08.10.2023
ölçüsü49 Kb.
#153075
Етакчи протокол Олтинсой туманига


02-23/07
19.09.2023.y


O‘zbekiston Respublikasi vazirligi tizimidagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazish tanlov asosida saralab olish tartibi to‘g‘risidagi tartibga asosan


O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi
Surxondaryo viloyati boshqarmasining tanlov komissiyasi

BAYONI



2023-yil 19-sentabr

Termiz shahri




Komissiya raisi:

A.Choriyev– viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari













Komissiya a’zolari:

J.Turayev – viloyat boshqarmasi bo‘lim bo‘shlig‘i







Komissiya kotibi:

S.Ro‘ziyev – kadrlar bo‘yicha mutaxassisi



KUN TARTIBI:


Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani “Shoxcha” mahallasi yoshlar yetakchisi lavozimiga o‘tkazilgan suhbat yakunlari to‘g‘risida.
(R.Choriyev, J.Turayev, S.Ro‘ziyev)
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari R.Choriyev kirish so‘zi bilan ochib berdi, kun tartibidagi masala:
Komissiya yig‘ilishini tanlov komissiyasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani “Shoxcha” mahallasi yoshlar yetakchisi lavozimiga o‘tkazilgan suhbat yakunlari bo‘yicha komissiya a’zolaridan o‘zlarining xulosalarini berishlarini so‘radi.
Komissiya kotibi S.Ro‘ziyev so‘zga chiqib, nomzod sifatida ko‘rsatilayotganlar to‘g‘risida qisqacha axborot berib savol-javoblar to‘g‘risida ham ma’lumot berib o‘tdi. Jumladan, suhbat jarayonlarida 2 nafar nomzoddan 2 nafari ham ishtirok etib, komissiya a’zolari tomonidan berilgan savollarga qisman javob berib o‘tilganligi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, tanlov komissiyasi raisi Choriyev Rahmonberdi Yusupovich so‘z olib, nomzodlar to‘g‘risida qisaqacha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
O‘zaro muhokamalardan keyin nomzod sifatida ko‘rsatilayotgan Abdurasulov Xoshimbek Xujabek o‘g‘li suhbat jarayonida berilgan savollarga shartli ravishda javob berganligini inobatga olib ushbu lavozimga X.Abdurasulov bilan mehnat shartnomasi tuzish to‘g‘risida takliflar ma’qullandi.
Tanlov komissiyasi yig‘ilish kun tartibidagi masala yuzasidan,
QAROR QILADI:
1. Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani “Shoxcha” mahallasi yoshlar yetakchisi lavozimiga o‘tkazilgan suhbat yakunlari tasdiqlansin.
2. Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani “Shoxcha” mahallasi yoshlar yetakchisi lavozimiga Ro‘ziyev Boysoat Mamayusuf o‘g‘li va Nuraliyev Abror Layli o‘g‘li suhbat davomida berilgan savollarga nisbatan qoniqarsiz javob berganligi belgilab qo‘yilsin.
3. Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani “Shoxcha” mahallasi yoshlar yetakchisi lavozimiga Abdurasulov Xoshimbek Xujabek o‘g‘li bilan mehnat shartnoma imzolanishi tavsiya etilsin.
4. Mazkur yig‘ilish bayoni qarori ijrosi bajarilishini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.

Tanlov komissiyasi raisi R.Choriyev

Tanlov komissiyasi a’zosi J.Turayev

Tanlov komissiyasi kotibi S.Ro‘ziyev


Yüklə 49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin