O’zbekiston Respublikasi Xalq



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/125
tarix28.11.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#167014
növüУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

«Biologiyada o‘qitish 
shakllarining sistemasi», «Biologiyada o‘qitish metodlari», «Biologiyada 
ekologik tushunchalarni rivojlantirish», «Biologiya o‘qitishning moddiy bazaviy 
sistemasi», «Pedagogika Oliy o‘quv yurtlari talaba biologlarning maktabdagi 
ishga metodik tayyorlash sistemasi»
kabi nazariyalar ishlab chiqilgan va 
amaliyotga tadbiq etilgan. 



Maktablarda o‘qitiladigan biologiya o‘quv fanlarga qarab 
«Biologiya 
o‘qitish metodikasi» fani «Biologiya o‘qitishning umumiy metodikasi», 
«Botanika o‘qitish metodikasi», «Zoologiya o‘qitish metodikasi», «Odam va 
uning salomatligini o‘qitish metodikasi» va nihoyat «Umumiy biologiyaning 
o‘qitish metodikasi» 
kabi xususiy o‘qitish metodika fanlariga ajrat qiladi. 
Biologiya o‘qitishning umumiy metodikasi barcha biologik o‘quv fanlariga 
oid o‘qitishning maqsadi, vazifasi, mazmuni, prinsiplari, usullari, vositalari, 
shakllari, biologiyani o‘qitish tarixi, bosqichlari kabi masalalarni qamrab oladi. 
Xususiy metodikalar esa u yoki bu o‘quv fanining mazmuni o‘quvchilarning yoshi 
bilan bog‘liq dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, 
ekskursiyalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish, jihozlash 
kabilarni diat markazida tutadi.
Biologiya o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi 
Biologiya o‘qitish metodikasi pedagogikaning bir qismi bo‘lgan didaktika 
bilan juda yaqin aloqadadir. Agar didaktika o‘quvchilar tomonidan bilimlar, 
ko‘nikmalar va malakalarni o‘zlashtirish qonunlarni o‘rgansa va u maktabdagi 
barcha o‘quv fanlari uchun o‘qitish nazariyalarni va prinsiplarini ishlab chiqsa
biologiya o‘qitish metodikasi biologiya bilan bog‘liq o‘qitish va tarbiyalash 
mazmuni, shakllari, va metodlari hamda vositalari bilan bog‘liq nazariy va amaliy 
masalalarni ishlab chiqadi.
Biologiya o‘qitish metodikasi psixologiya bilan uzviy aloqadadir. Chunki, 
biologiyani o‘qitish o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lgan 
taqdirdagina samara beradi. Masalan o‘smirlarda ya’ni V-VI sinf o‘quvchilarida 
diat beqaror bo‘lgani sababli biologiya o‘qituvchisi dars jarayonida bir necha 
metodlardan foydalanib, o‘quvchilar faoliyatini almashtirib turadi, hamda ularning 
tafakkurini konkret ekanligini e’tiborga olib, ko‘rgazmali vositalardan ko‘proq 
foydalanadi. Yuqori sinflarda esa o‘quvchilar diqqati barqarorlashgani va ularda 
abstrakt tafakkur rivojlangani uchun darslar ko‘proq ma’ruza shaklida o‘tkazqilishi 
va bir, ikki metoddan foydalanish kifoya qiladi. 



Biologiya o‘qitish metodikasi biologiya fani bilan uzviy aloqador. U 
biologik fanlarning deyarli barcha sohalari: botanika, zoologiya, odam anatomiyasi 
va fiziologiyasi, stitologiya, biokimyo, embriologiya, sistematika, ekologiya, 
evolyustion ta’limot, antropologiya molekulyar biologiya fan asoslarini o‘zida 
ifoda qiladi. Tirik tabiat vakillarining tashqi, ichki tuzilishini hayot faoliyatini 
tashqi muhit bilan aloqasini to‘g‘ri tushuntirish o‘simlik, zamburug‘, hayvon, 
mikroorganizmlarni aniqlash, ulardan mikro va makropreparatlar tayyorlash, ular 
ustida kuzatish, tajribalar olib borish, o‘qituvchidan yaxshi nazariy bilim, amaliy 
tayyorgarlikni talab qiladi. Lekin maktab biologiya o‘quv fani bilan biologiya fani 
orasida muhim tafovutlar borligini O‘qituvchi yaxshi bilishi kerak. Biologiya 
fanining asosiy maqsadi tirik va o‘lik tabiati to‘g‘risida tadqiqot o‘tkazishi oraliq 
yangi bilimlarni hosil qilish bo‘lsa, maktab biologiya o‘quv fanining maqsadi, 
o‘quvchilarning yoshiga mos ravishda ularga biologik bilimlar, ya’ni biologik 
tushuncha, qonunlar, nazariyalar berishdan bilimlar va uni tushuntirishdan iborat. 
Maktab biologiya kursida fan emas, balki fan asoslari – o‘quvchilar uchun zarur 
asosiy ma’lumotlar mujassamlashgan. Shu bilan birga maktab biologiya kursi 
«kichik fan» emas, balki o‘quvchilarning rivojlanishi va tarbiyasiga ko‘mak 
beruvchi biologiyani asosiy tushunchalar sistemasi sanaladi. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin