185
organizmlar,
kelib chiqadigan kasalliklar, ularni yuqtirmaslik yо‘llari haqida
ma’lumot beriladi.
Odam va uning salomatligi о‘quv fanida о‘quvchilarning о‘z salomatliklarini
asrash, shaxsiy gigiyena bо‘yicha bilimlari rivojlantiriladi, har bir organlar
sitemasini о‘rganish davrida organlar sistemasining ishiga jismoniy tarbiya va
sportning ijobiy ta’siri, kasalliklarning kelib chiqish sabablari va ularning oldini
olish va bartaraf etish yо‘llari haqida ilmiy tushunchalar beriladi.
Mehnat tarbiyasi
. Barkamol shaxsni kamolga yetkazishda
mehnat tarbiyasi
muhim rol о‘ynaydi.
Shu sababli ham uzluksiz ta’lim tizimi oldiga qо‘yilgan muhim vazifa, fan va
texnikaning hozirgi bosqichidagi rivoji, davlat va jamiyat ehtiyojlari,
о‘quvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlariga muvofiq holda kasb tanlashga yо‘llash,
ularda mehnat va о‘quv mehnati kо‘nikmalarini shakllantirishga e’tibor qaratish
zarurligi kо‘rsatilgan. Mehnat tarbiyasi о‘qitishning nazariya va amaliyotning
uzviy bog‘liqligi prinsipini amalga oshirish, о‘quvchilarda mehnat faoliyatiga
nisbatan
ijobiy motivlar, mehnat vositalari va qurollariga nisbatan ehtiyotkorona
munosabatni shakllantirish, о‘quvchilar о‘rtasida о‘zaro hamkorlikni vujudga
keltirishga zamin tayyorlaydi.
О‘quv dasturidan о‘rin olgan mavzular bо‘yicha laboratoriya va amaliy
mashg‘ulotlarni о‘tkazish jarayonida о‘quvchilarda mikroskop bilan ishlash,
mikropreparatlar, o’quv qo’llanmalar tayyorlash, darslik, kо‘rgazma
vositalari va
tarqatma materiallari ustida mustaqil ishlash kabi о‘quv mehnati kо‘nikmalari
shakllantiriladi. Bu kо‘nikmalar kelgusida о‘quvchilarning tanlaydigan kasbi
bо‘yicha mehnat kо‘nikmalariga aylanishi mumkin.
Tabiatshunoslikni о‘qitishda о‘rganilayotgan mavzu mazmuniga bog‘liq
holda о‘quvchilarda mehnat madaniyati kо‘nikmalarini, jumladan, kо‘rgazmali
jihozlar, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarda foydalaniladigan о‘quv jihozlari
va asboblari bilan ishlash, ish stoli, biologiya darsligi,
daftarini toza va ozoda
saqlash, о‘quv topshiriqlari va uy vazifalarini о‘z vaqtida va talab darajasida
bajarishga e’tiborni qaratish lozim.
186
Tabiatshunoslikni о‘qitishda о‘quvchilarni kasbga yо‘llash, mehnat tarbiyasi-
ni amalga oshirishga imkon beradigan bilim va kо‘nikmalarni quyidagi guruhlarga
ajratish mumkin:
Qishloq xо‘jalik, mikrobiologiya, tabiatni muhofaza qilish, inson
mehnati faoliyatining ilmiy-nazariy asoslari;
Ishlab chiqarish mehnati samaradorligi, о‘simliklar va hayvonlarning
mahsuldorligini oshirishni ta’minlovchi texnika va
texnologiyalarning asoslari
bilan tanishtirish;
Biologik qonuniyatlar va umumiy kо‘nikmalardan amaliy faoliyat va
turmushda foydalanish asoslari bilan tanishtirish.
О‘quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlashda qishloq xо‘jaligi
mehnati kо‘nikmalari muhim ahamiyatga ega. Ular jumlasiga tuproqqa ishlov
berish, о‘g‘itlash, о‘simliklarni sug‘orish, urug‘ni ekishga tayyorlash, ekish,
о‘simliklarni parvarish qilish, hosilni yig‘ish va saqlash, shuningdek,
qishloq
xо‘jaligi hayvonlarini boqish, zararkunandalariga qarshi kurash, mehnat qurollari
bilan ishlash kabilarni kiritish mumkin.
Mehnat tarbiyasini amalga oshirishda о‘qituvchi о‘quvchilarni mehnat
faoliyatiga psixologik jihatdan tayyorlash, mehnat madaniyatini takomillashtirish,
shuningdek, о‘quvchilarning о‘zlashtirgan nazariy bilimlaridan foydalangan holda
aqliy va jismoniy mehnatni tо‘g‘ri tashkil etish kо‘nikmalarini
tarkib toptirishga
e’tiborni qaratishi lozim. Mehnat tarbiyasining asosiy vazifalaridan biri barkamol
shaxsning asosiy fazilatlari bо‘lgan mehnatsevarlikni rivojlantirish sanaladi. Bu
jarayonda о‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy, aqliy, hissiy-irodaviy, ruhiy,
jismoniy jihatdan uyg‘un rivojlanishini amalga oshirish maqsadida xalqimizning
boy ma’naviy durdonalari bо‘lgan hadislar, hikmatli hikoyalar, maqollardan
foydalanish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: