O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi


  So’nggi  yillarda  ―Bolalarni  maktabga  tayyorlash‖  metodikasi  muammo sifatida o’rgangan va bu borada bir qator konsepsiyalarga asoslangan



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/24
tarix02.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#43023
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi а. Qodiriy nomli

1. 

So’nggi  yillarda  ―Bolalarni  maktabga  tayyorlash‖  metodikasi 

muammo sifatida o’rgangan va bu borada bir qator konsepsiyalarga asoslangan. 

2. 

Tayyorlov  guruhi  bolalarini  maktab  ta’limiga  tayyorlashning 

pedagogik asoslari mavzusida yartilgan manbalardan muammoning u yoki bu jihati 

alohida-alohida  tatbiq  etilgan.Shu  bois,  bu  masalani  yaxlit  bir  butun  hamda  har 

tomonlama yondashuv asosida tatbiq etish dolzarb va pedagogik muammo sifatida 

izlanishlar olib borish ehtiyojini yuzaga keltirmoqda. 



3. 

Chiqarilgan  nazariy  xulosalarga  asoslangan  holda  tatqiqotchilik 

faoliyatini  yo’lga  qo’yishda  dastlabki  pedagogik  va  psixologik  jihatdan  ―Maktab 

ta’limiga  tayyorlash  ‖  tushunchalariga  sharh  berishda  boshlash  lozim  degan 

to’xtamga  keldik.Zero  bu  tarzdagi  harakat  tatqiqotning  umumiy  mohiyati 

to’g’risida aniq tasavvurning hosil bo’lishiga zamin yaratdi.Dessertatsiya ishining 

1.2 bandida ana shu xususida so’z yuritilgan.   

Bolarni maktab ta’limiga o’qitishning  samaradorligi ko’p jihatdan ularning 

tayyorgarlik  darajalariga  bog’liq  bo’ladi.Maktab  ta’limiga  tayyorgarlik-  

maktabgacha  ta’lim  muassasalari  va  oilada  maktabgacha  ta’lim  yoshidagi  bolaga 

berilgan  ta’lim  va  tarbiyaning  muhim  yakunidir.Bolaning  maktab  ta’limiga 

tayyorgarlik  darajasi  maktab  bolaga  qo’yadigan  talablar  majmui  orqali 

aniqlanadi.Bu  talablarning  o’ziga  xos  tomoni  o’quvchining  yangi  sotsial-

psixologik o’rni, u bajarishga tayyorlangan bo’lishi lozim bo’lgan yangi vazifa va 

burchlardan kelib chiqadi. 

Maktabga  kirish  bola  hayotidagi  odatiy  turmush  tarzi  atrofdagilar  bilan 

munosabat  sistemasining  o’zgarishiga  aloqador  muhim  davrdir.  Bola  hayotida 

birinchi  bor  markaziy  o’rinni  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  o’quv  faoliyati 

egallaydi.  Unga odatiy  bo’lgan  erkin  o’yin  faoliyatidan  farqli o’laroq endi  ta’lim 

majburiy  bo’ladi  va  birinchi  sinf  o’quvchisidan  to’rtta  jiddiy  munosabat  talab 




 

15 


etiladi.Ta’lim  faoliyatining  yetakchi  turi  sifatida  bolaning  kundalik  hayot 

jarayonini  qayta quradi. 

Har qanday pedagog hech qanday vositalardan foydalanmay, bolani  maktabga 

tayyorgarligini aniqlay oladi. Ba'zi ota-onalar ham bola qanchalik sog'lom, chaqqon, 

mustaqil, aqlli, o'qishga tayyor ekanligini taxminan bilishadi. 

Bog'cha  tarbiyachilari  har  bir  bolaning  maktabga  tayyorgarligini  to'g'ri 

aniqlashda  yetarli  pedagogik,  texnologik  bilim  va  tajribalarga  ega  bo'lishlari  kerak, 

bunda  ular    MTMda  ta'lim  va  tarbiya  dasturi  talablariga  tayanishlari  kerak.  Agar 

maktabgacha  davrda  bola  normal  rivojlangan  bo'lsa,  uning  jismoniy  va  aqliy 

rivojlanishiga  hech  qanday  kuchli  ta'sirlar  bo'lmagan  bo'lsa,  unda  bola  yetti  yoshda 

ta'lim olish darajasiga yetadi. 

Ammo  ba'zi  oilalar  va  bog'chada  maktabga  tayyor  bo'lmagan  bolalar  ham 

uchraydi.  Bunday  bolalar  mutaxassis  nazoratida  maxsus  tekshiruvdan  o'tishadi  va 

o'qishga  tayyorgarligi  darajasi  haqida  mutaxassis  xulosa  chiqaradi.  Bolaning 

o'yinqaroqligi,  mustaqil bo'la olmasligi, his-tuyg'u va  ijtimoiy  rivojlanishining  juda 

past  darajaliligi  uning  maktabga  tayyor  bo'lishiga  to'siq  bo'ladi.  Bunday  bolalar 

o'rtoqlari va tengdoshlari orasida o'z o'rnini topa olmaydilar. 

Ular  kundalik  faoliyatlarida  yordamga  muhtoj:  berilgan  va-zifalarni  tushuna 

olmaydilar  va  mustaqil  bajara  olmaydilar,  qo'llarining  mayda  harakatlari  yaxshi 

rivojlanmagan.  Lug'at  boyligi,  o'z  fikrlarini  ifodalashi  chegaralangan,  xotirasi  sust, 

umumlash-tirishni bajara olmaydi va hokazo. 

Bularga  nafaqat  bolaning  yomon  ijtimoiy  ahvoli  sabab  bo'ladi,  balki  nasliy 

omillar, jiddiy va murakkab kasalliklari, yengil tug'ma jarohatlari, nevrozlar keltirib 

chiqaradigan  sharoitlar  ham  sabab  bo'ladi.  Bola  o’qishni  butun  mamlakat  oldida 

javobgar  bo’lgan  o’z  burchi,  kishilarning  mehnat  hayotidagi  ishtiroki  tarzida 



 

16 


anglay boshlaydi.Bola o’quvchi bo’lgandan so’ng,maktabgacha ta’lim yoshidagiga 

nisbatan sifat jihatdan yangi o’rin egallaydi. 

Ta’lim  tizimining  o’ziga  xos  xususiyati  maktab  ta’lim  tizimini  doimo 

takomillashtirib  borishidir.  Maktab  ta’limiga  1-sinfga  keluvchi  o’quvchidan 

qandaydir  maxsus  bilim  va  ko’nikmalarni  emas,  balki  nilgarigi  yillarga  nisbatan 

aqliy  faoliyatning  murakkabroq  shakllarini,  axloqiy  irodaviy  sifatlarinng 

yuksakroq rivojlangan darajasini o’z  xatti-harakatini boshqarish qobilyatini katta  

ishonchlilik  qobilyatini  talab  qiladi.Maktabgacha  ta’lim  muassasasining  vazifasi 

ta’lim  –  tarbiyaviy  ishining  butun  sistemasi  bilan  bolalardan  maktab  ta’limi 

talablariga  to’liqroq  muofiq  keluvchi  maktabda  o’qishga  tayyorgarlikni  tarkib 

toptirishdir. 

Bolalarni  maktab  ta’limiga  tayyorlash,  birinchidan,  maktabgacha  ta’lim 

muassasalarida  tarbiyaviy  ishni  maktabgacha  ta’lim  yoshidagi  bolalarni  umumiy 

har  tomonlama  rivojlanishining  yuqori  darajasini  ta’minlaydigan,  ikkinchidan, 

bolalarni  maktabning  boshlang’ich  sinflardan  o’rganishlari  lozim  bo’lgan  o’quv 

fanlarini  egallashga,  maxsus  tayyorlashni  ta’minlaydigan  qilib  tashkil  etilishini 

nazarda  tutadi.Shunga  ko’ra  psixologik-pedagogik  adabiyotlarda  tayyorgarlik 

tushunchasi bola shaxsini rivojlanish sifatida aniqladi va ikkita o’zaro bog’langan 

jihatlardan  maktabga,  o’qishga,  umumiy  psixologik  tayyorgarlik  va  ―maxsus 

tayyorgarlik‖ tarzida ko’rib chiqiladi. 

Maktabga  umumiy  tayyorgarlik  bolalar  bog’chasining  maktabgacha 

yoshdagi  bolalarni  har  tomonlama  tarbiyalashga  oid  davomli  maqsadga  muofiq 

ta’lim-tarbiyaviy ishning muhim yakuni sifatida namoyon bo’ladi. 

Maktabga  tayyorgarlik  bolaning  maktabga  borish  vaqtiga  kelib  aqliy, 

ma’naviy,  irodaviy,  estetik  va  jismoniy  rivojlanishda  erishgan  shunday 

darajasidaki, u bolaning maktab ta’limining yangi sharoitiga va o’quv materialini 




 

17 


yaratadi.  Umumiy  tayyorgarlik  tushunchasi  maktab  ta’limi  nuqtai  nazaridan  1-

sinfga  borayotgan  bola  psixik    rivojlanishidagi  muhim  sifat  ko’rsatkichlarni 

muovfaqiyatli  jamlaydi.  Maktab  ta’limiga  psixologik  tayyorgarlik  bolaning 

o’qishga  intilishi,  o’quvchi  bo’lish  ishtiyoqidan  bilish  faoliyati  va  tafakkur 

operatsiyalarining yetarlicha yuqori darajasi bolaning o’quv faoliyati elemintlarini 

egallashi, iroda va ijtimoiy rivojlanishning muayyan darajasida namoyon bo’luvchi 

asoslangan  tayyorgarlikni  o’z  ichiga  oladi.Bolaning  maktabga  psixologik 

tayyorgarligining  barcha  majmua  bolani  sinf  jamoasiga  olib  kirish,  maktabda 

o’quv materialini ongli faol egallash, keng doiradagi maktabga oid majburiyatlarni 

bajarishni qamrab oladi. 

Bolaning maktabga maxsus ravishda tayyorligi maktabda o’qishga umumiy  

psixologik  tayyorgarligiga  qo’shimchadir.U  bolada  matematika  va  ona  atili  kabi 

o’quv  fanlarini  o’rganish  uchun  zarur  bo’lgan  maxsus  bilim  ,  ko’nikma  va 

malakalarning mavjudligiga ko’ra aniqlanadi. 

Maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  bolalarda  eng  oddiy  matematik 

tasavvurlarni tarkib toptirish, nutqni o’stirish hamda savodni egallashga tayyorlash 

yuzasidan o’tadigan jadal ish bolalarni maktabda o’qishga maxsus tayyorlashning 

zarur darajasini ta’minlaydi. 

Maktabga  qatnaydigan  bola  yangi  turmush  tarziga  kishilar  bilan  o’zaro 

munosabatning yangi tizimiga faol aqliy faoliyatga tayyorlangan bo’lishi darkor.U 

yangi  jiddiy  majburiyatlarni  uddalashi  uchun  jismoniy  rivojlanishda  muayyan 

darajaga erishgan bo’lishi kerak. 

Bolaning  maktabda  o’qishga  umumiy  tayyorgarligi  mazmunida  bir  necha 

o’zaro  bog’langan  jihatlar  mavjud  bo’lib,  ulardan  muhimlari  ma’naviy,  aqliy, 

jismoniy tayyorgarlikdir. 



 

18 


Maktabda o’qishga axloqiy, irodaviy tayorgarlik bolaning maktabga bolalik  

oxiriga  kelib  axloqiy  xatti-harakat  iroda  axloqiy  hissiyotlar  va  ong  rivojida  unga 

yangi  ijtimoiy  nuqtai-nazarni  faol  egallashga  hamda  o’zining  o’qituvchi, 

sinfdoshlar bilan o’zaro munosabatlarini axloqiy asosda qurishiga imkon beradigan 

darajaga erishishida ifodalanadi. 

Maktabni, axloqiy-irodaviy tayyorgarlik mazmuninio’quvchi tutgan o’rnidan 

kelib  chiquvchi  bola  shaxsi  hamda  xilqiga  qo’yiladigan  talablarga  ko’ra 

aniqlanadi.Bu  talablar  maktabda  o’qishning  dastlabki  kunlaridanoq  o’quvchi 

oldiga  o’quv  majburiyatlarini  mustaqil  va  ma’suliyatni  his  etgan  holda  bajarish 

tartibli  va  ehtiyotkorlik  bilan  munosabatda  bo’lishini  talab  etadi.Bu  yuksak 

talablarni  bajarishga  tayyorlash  oldindan  maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  va 

oilada  maktyabgacha  yoshdagi  bolalar  bilan  olib  boriladigan  davomli,  maqsadga 

yo’naltirilgan  tarbiyaviy  ish  jarayonida  amalga  oshiriladi.  Maktabgacha  tarbiya 

yoshidagi  bola  shaxsiy  hulq-atvori  rivojining  muayyan  darajasida  namoyon 

bo’ladi.Bu  munosabatda  bolaning  maktabgacha  tarbiya  yoshi  davomida 

rivojlanadigan  o’z  xulq-atvorini  boshqarish  qobilyati  qoidani  yoki  tarbiyachi 

talablarini ongli bajarish asabiylashib ketishga erk bermaslik, qo’yilgan maqsadga 

erishishda  qat’iyatni  namoyon  qilish,  kerakli  ishni  o’ziga  tortadigan,  ammo 

maqsaddan chalg’itadiganiga qarshi o’laroq oxirigacha bajarish ko’nikmasi va shu 

e’tiborga  loyiqdir.Bo’lajak  o’quvchi  xulq-atvoridagi  ixtiyorilikni  rivojlanish 

asosini maktabgacha tarbiya yoshi oxiriga kelib tarkib topadigan sabablar, o’zaro 

bo’ysinuvchilari  tashkil  qiladi.Sabablarning  o’zaro  bo’ysinganligi  katta 

maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalarning  ushbu  daqiqadagi  o’z  ishtiyoqlarini 

ma’naviy ahamiyatli maqsadlar yo’lida yengish uchun irodaviy, ongli intilishlariga 

aloqadordir.  



 

19 


Tabiiyki, maktabgacha tarbiya yoshida bolaning xulq-atvori ixtiyoriylikning 

yuqori  darajasi  bilan  ajralib  turmaydi,  ammo  bu  davrda  maktabdagi  yangi  xulq-

atvori  turiga  o’tishni  ta’minlaydigan  ixtiyoriy  xulq-atvor  mexanizmining  tarkib 

topishi muhimdir. 

Maktabgacha 

axloqiy-irodaviy 

tayyorgarlikning 

qaror 


topishida, 

shuningdek,  tayyorlov  guruhidagi  bola  shaxsiy  xulq-atvoridagi  mustaqillik, 

uyushganlik va intizomlilik kabi xususiyatlar ahamiyatlidir. 

Tayyorlov  guruhidagi  bolada  mustaqillikni  muovfaqiyatli  shakllanishining 

dalolati tarbiyachining eslatish va ko’magisiz xulq-atvor qoidalarini bajarish, yangi 

sharoitlarda  harakatning  to’g’ri  odatiy  usullaridan  foydalanish  yordam  berishga 

tayyorlik  qobilyatidir.Mustaqillik  bilan  uzviy  bog’langan  xulq-atvordagi 

uyushganlik  va  intizomlilik  bola  xulq-  atvoridagi  maqsadga  yo’llanganlikda  o’z 

faoliyatini  maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  qabul  qilingan  qoidalarga  muofiq 

ongli tashkil eta bilishda faoliyat natijasiga erisha bilish va uni nazorat qilish, o’z 

xulq-atvorini boshqa bolalarniki bilan muvofiqlashtirish o’z xatti-harakatlari uchun 

shaxsiy  ma’suliyatni  his  qilishda  o’z  ifodasini  topadi.Tayyorlov  guruhi  bolalar 

xulq-atvoridagi  mazkur  xususiyatlarning  mavjudligi  maktabga  axloqiy-irodaviy 

tayyorlikni shakllantirishning isboti xizmatini o’taydi. 

Maktabga  axloqiy-irodaviy  tayyorlikning  boshqa  muhim  tarkibiy  qismi 

bolaning  katta  yoshlilar  va  tengqurlari  bilan  o’zaro  munosabatlarini  qoidalarga 

muofiq  tashkil  eta  bilishdir.Tajribaning  ko’rsatishicha,  maktabdagi  o’qish 

sharoitlariga moslashish oldingi yillarda bolalarda ―jamoachilik‖ sifatlari:do’tlarga 

nisbatan  xayrixoh,  xushmuomilalik,  g’amxo’rlik  bildirish,  o’zaro  yordamga 

hozirlikning qanchalik muvoffaqiyatli shakllantirilganligiga bevosita  bog’liqligini 

ko’rsatdi.Bola  xulq-atvorida  jamoatchilik  xislatlarini  bunday  majmuining 

mavjudligi uni maktabga, axloqiy, irodaviy tayyorligining ko’rsatkichi bo’la oladi 




 

20 


va  yangi  jamoada  tengqurlari  bilanmuomilada  ko’tarinki  ijobiy  ruxni  yuzaga 

keltiradi. 

Maktabda bolaning o’qituvchi bilan o’zaro munosabati ham ishga oid yangi 

asosda  tashkil  topadi.O’qituvchining  baxosi  o’quvchi  bilimi  va  uni  o’quv 

majburiyatlarini  bajarish  sifatining  mezoniga  aylanadi.  Maktabga  aqliy 

tayyorlikning  muhim  tarkibiy  qismi  maktabga  o’qishga  kirayotgan  bolada 

atrof,  dunyo  haqida  yetarlicha  keng  bilish  boyligining  mavjud  bo’lishidir. 

Bilimlarning  bu  fondi  o’qituvchi  o’z  ishini  tashkil  etishda  tayanadigan 

zarur asos hisoblanadi. 

Bolani  maktabga  aqliy  tayyorligida  bolalar  egallagan  bilimlarning   

sifati  a]hamiyatlidir.  Bilimlar  sifatining  ko’rsatkichi  birinchi  navbatda 

ularni  bolalar  tomonidan  ongli  egallaganligi;  tasavvurlarining  aniq  va 

tabaqalashtirilganligi;  oddiy  tushunchlar  mazmuni  va  hajmining  to’liqligi; 

o’zlariga  tushunarli  o’quv  va  amaliy  vazifalarni  hal  etishda  bilimlarni 

mustqkil  qo’llana  olish  qobilyatlari;  muntazamlilik,  ya’ni  maktabgacha 

tarbiya  yoshidagilarning  narsa  va  hodisalar  o’rtasidagi  tushunarli,  muhim 

aloqa hamda munosabatlarni aks ettira bilish qobiliyatidir.  

Bolani  maktabga  aqliy  tayyorgarligining  tarkibiyqismi  bola  bilish 

faoliyatini muayyan darajada rivojlangan bo’lishidir. Bu o’rinda  

Birinchidan bilish jarayonining o’sib boro’vchi ixtiyoriyligi;  

materialni  ma’no  jihatdan  ixtiyoriy  eslab  qolish  va  takror  ifodalash, 

narsa  va  hodisalarni  rejali  idrok  etish,  qo’yilgan  bilish  va  amaliy 

masalalarni maqsadga muvofiq hal etish qobiliyati va shu kabilar;  

Ikkinchidan bilish jarayonlari sifatini oshirish: sezgila rning  

aniqligi,  idrokning  to’liq  va  tabaqalashtirilganligi,  eslab  qolish  va 

takror ifodalashning tez va aniqligi; 




 

21 


Uchinchidan bolada atrof dunyoga bilish munosabatlari, bilimlarni  

egallash  va  maktabda  o’qishga  intilishning  mavjudligi  muhim 

ahamiyat kasb etadi. 

Maktabga aqliy tayyorlikni shakillantirishda bo’lajak o’quvchini  

tafakkur  faoliyatining  umumiy  darajasi  muhim  ahamiyatga  ega. 

Bolalar  bog’chasining  bolalarni  aqliy  tarbiyalashga  oid  olib  borayotgan 

muntazam,  maqsadga  muvofiq  ish  sharoitlarida  bolala rda  (faoliyat) 

tafakkur  faoliyatida  narsalarning  ko’p  tomonlama  tahlil  qilish  qobiliyati, 

ijtimoiy  tarkib  topgan  sensor  etalonlardan  fan  hamda  hodisalar  xususiyat 

va sifatlarini tadqiq qilishda foydalana bilish narsa va hodisalardagi asosiy 

aloqa,  bogliqlik,  belgilarni  anikqlash  asosida  oddiy  umumlashtirishlar 

qilish  qobiliyati,  uo’shashlik  va  farqlanuvchi  belgilarni  izchil  ajratish 

asosida  narsalarni  qiyoslashni  amalga  oshirish  ko’nikmasi  tarkib 

toptiriladi. 

Bulajak 

o’quvchilarda 

akliy 

faoliyatning 



elementar 

mustaqilligi:  o’z  faoliyatni  mustaqil  rejalashtirish  va  uni  reja  asosida 

amalga oshirish ko’nikmasi, oddiy bilish vazifasini qo’yish va uni xhl etish 

kuo’ikmasi va shu kabilar rivojlantiriladi. 

Maktabda aqliy tayyorlik, shuningdek bolalar tomonidan o’quv  

faoliyati elementlarini egallab olinishini ham o’z ichiga oladi. 

Bolalar muntazam ta’lim sharoitlarida maktabgacha bolalik oxiriga  

kelib, o’quv faoliyatining asosiy tarkibiy qismlarini: tushunarli o’quv 

vazifasini  qabul  qilish,  tarbiyachining  ko’rsatmalarini  tushunish  va  aniq 

bajarishni  ishni  kattalar  tomonidan  o’z,  xulq-atvori,  topshiriklarni  bajarish 

sifati  ustidan  nazorat  kilish  kunikmasini,  uzining  va  b oshka  bolalarning 

ishlariga tanqidiy baho berish qobiliyatini, egallab olishlari kerak. 

Nutqni qanchalik yuqori darajada rivojlangan bo’lishi bolani 



 

22 


maktabga  aqliy  tayyorgarligining  muhim  tarkibiy  qismi  hisoblanadi. 

Tovushni  aniq  talaffuz  qilish,  lug’atning  boyligi,  o’z  fikrini  mantiqiy 

grammatik  to’g’ri  bayon  qila  bilish,  madaniy  nutq  muomalasi-bularning 

barchasi maktabda muvaffaqiyatli o’qishning zaruriy sharti h isoblanadi. 

Aqliy  tayyorlik  tarkibiga  shuningdek,  savodning  boshlang ’ich 

asoslari  oddiy  matematik  tasavvurlar,  on a  tili  yetarlicha  keng  bilim, 

ko’nikma va malakalar doirasi ham kiradi. 

Shunday qilib, maktabdagi o’qishga aqliy tayyorlik bolalarni aqliy va 

nutqiy  rivojlantirishning  uzaro  bog’langan  tarkibiy  qismlardan  tarkib 

topadi.  Bilish  faoliyati,  bilish  qiziqishlari,  bola  tafakkuri  usullari,  atrof 

dunyo 

haqidagi 



anglangan 

sistemalashtirilgan 

tasavvurlar 

hamda 


elementlar  tasavvurlar    va  elementar  o’quv  faoliyati  umumiy  darajasining 

birligi bolalarda maktabdagi o’quv materialini egallashga aqliy tayyorlikni 

vujudga keltiradi. 

Bolani maktabda o’qishga jismoniy tayyorligi o’qishning  

muvaffaqiyatli  bo’lishida  katta  ahamiyatga  egadir.  Maktabga  chiq ish 

munosabati  bilan  bola  turmush  tarzining  qayta  ko’rilishi,  kun  tartibining 

o’zgarishi,  jiddiy  o’quv  mehnati,  darslarning  davomiyligi  undan  sezilarli 

jismoniy  zo’r  berishni  talab  qiladi.  Maktabga  jismoniy  tayyorlik  ko’pgina 

tarkibiy 

qismlardan 

tarkib 

topadi. 


Bu 

birinchi 

navbatd a 

bola 


salomatligining  yaxshi  bo’lishi,  organizimning  chiniqqanligi,  ma’lum 

darajada  chidamliligi  va  ish  qobiliyati,  kasalliklarga  qarshilik  ko’ rsata 

olishidir.  Bolalarni  maktabga  tayyorlashda  barmoq  mayda  muskullarining 

rivojlanishi  alohida  o’rin  egallaydiki,  bu  yozuvni  muvaffaqiyatli 

egallashning zaruriy shartidir. 

Maktabga jismoniy tayyorlik shuningdek bola tomonidan madaniy   




 

23 


gigiyenik  malakalarni  egallanishini,  ularda  shaxsiy  gigiyena 

qoidalariga rioya qilish odatini tarbiyalashni nazarda tutadi. 

 

  Jismoniy  tayyorlik  bola  maktbaga  yetuklikni  shakllantirishning   zarur 



tarkibiy qismi hisoblanadi. 

Maktabga  yetuklikni  aniqlashda  bola  sog’ligining  holati  va  

organizmning  biologik  yetukligini  baholash  (antropometrik  ko’rsatkichlar 

suyak,  mushak, nafas olish  va  yurak-tomir  sistemasining)  rivojlanganligini 

nazarda  tutuvchi  ko’p  omilli  tahlildan,  maktabga  funksional  tayyorlikni 

«Maktabga  yetuklik»ni  asosiy  ko’rsatkichi  va  eng  avvalo  bir  qator 

fiziologik 

funksiyalarining 

rivojlanish 

darajasini 

baholashdan 

foydalaniladi.  Bularga:  partada  anchagina  uzoq  muddat  o’tirish  uchun 

zarur  bo’ladigan  tormizlanish  kobiliyatining  rivojlanganligi;  harakatlarni 

yaxshi  boshqarish,  jumladan  yozish  va  rasm  solishga  aloqador  grafik 

vazifalarni  bajarishda  zarur  bo’ladigan  barmoqlarning  mayda  h arakatlari; 

ijobiy  va  tormozlanishiga  xos  shartli  aloqalarni  nisbatan  tez  hosil  qilish 

hamda  mustahkamlash,  shuningdek  ikkinchi  signal  sistemaning  yetarlicha 

rivojlanganligi ta’luqlidir. 

Bolalarni 

«Maktabga 

yetukligi»ni 

aniqlash 

maqsadlarida  

gigiyenistlar  Kern-Irasekning  (ChSSR)  testlari,  sovet  tadqiqotchilari 

(M.M.Antropova,  M.M.Kolsova,  T.S.Sorokina  va  boshqalar)  tomonidan 

ishlab  chiqilgan  metodikadan  foydalanadilar.  Bolalarni  tekshirish  ularni 

maktabda olti yoshdan o’qishlari mumkinligini aniqlash imkonini beradi. 

Bolalarni  maktabga  jismoniy  tayyorliklarini  tekshirish  natijasi   

ko’pchilik bolalarda uning asosiy ko’rsatkichlari norma atrofida ekanligini 

va hatto undan ilgarilashini ko’rsatdi. 




 

24 


Kun  tartibi,  chiniqtiruvchi  muolajalar,  muntazam  jismoniy  tarbiya   

mashgulotlari,  hilma-xil  harakatli  o’yinlar  va  jismoniy  mashqlar  faol 

harakat  rejimi  bolalarni  maktabda  o’qishiga  jismoniy  tayyorligini 

ta’minlashning zaruriy shartlari hisoblanadi. 

Maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalar  asosan  MTMda  va  oilada   

maktabga  tayyorlanadi.  MTMlarda  bolalarni  rivojlanis hi  va  maktabga 

tayyorlash 3 bosqichda amalga oshadi: 

Bolalar nutqini rivojlantirish. 

Jismonan rivojlantirish. 

Ma’nan rivojlantirish. 

Bolalarni maktabga tayyorlashdan maqsadi bola shaxsini bolalarni  

maktabgacha  yoshdagi  bolalar  ta’lim-tarbiyasiga  qo’yiladigan  davlat 

talablariga  muvofiq  sog’lom  va  yetuk  maktabga  o’qishga  tayyorlangan 

tarzi shakllanishdan iboratdir. 

Maktabga  tayyor  bo'lmagan  bolaning  qabul  qilishi  bola  shaxsining 

rviojlanishiga har tomonlama yomon ta'sir etadi. O'qishdagi o'zlashtira olmasliklar 

bolada  o'qishga  nisbatan  salbiy  munosabat  tug'diradi.  Uning  jismoniy  va  ruhiy 

sog'lig'i ham xavf ostida. Ularda nevroz belgilari paydo bo'lishi mumkin: uyquning 

buzilishi,  siydik  ushlay  olmaslik,  bosh  og'riqlari  va  boshqalar.  Tarbiyasida  ham 

qiyinchiliklar paydo bo'la boshlaydi:  bola qanday bo'lmasin o'ziga diqqat-e'tiborni 

qaratmoqchi  bo'ladi,  yomon  harakatlar  qila  boshlaydi.  Agar  bolaning  tayyor 

emasligini vaqtida aniqlansa, bunday hollarning oldini olish mumkin bo'ladi. 

Bolaning  maktabga  tayyorligini  turli  sohadagi  mutaxassislar  aniqlay  oladilar. 

Bolalar  shifokori  bolani  tekshirib,  somatik  rivojlanishini  aniqlaydi,  agar  ma'lum  bir 

jismoniy, ruhiy kamchiligi bo'lsa, uni ruhiy-pedagogik tekshiruvga yuboradi. Ma'lum 

bir  nuqsonlarga  ega  bo'lgan  bolalar  maxsus  maktabga  yuboriladi.  1  sentabrga 




 

25 


qadar  7  yoshga  to'lmagan,  bolalar  bog'chasiga  bormagan,  pedagogik  qoloq,  nutq 

kamchiliklari,  jismoniy  rivojlanish  kamchiliklari  bo'lgan  bolalarni  maxsus 

konsultatsiyalar, boshlang'ich sinf o'qituvchilari tekshirib beradilar. 

Tuman 


ruhiy-pedagogik 

konsultatsiyalarida 

bolaning 

maktabga 

tayyorgarligini har tomonlama aniqlashadi. Ular ta'lim-tarbiyadagi qiyinchiliklarni 

bartaraf etishda profilaktik va korreksion usullarni tavsiya etadilar, tarbiya sohasiga 

oid maslahatlar beradilar. Bular bilan birga tuman mahalla qo'mitalari faol ishtirok 

etadilar. Bola tarbiyasiga salbiy ta'sir etadigan ota-onalar bilan mahalla qo'mitalari 

va boshqa ijtimoiy tashkilotlar ishlashadi. 

Tuman  ruhiy-pedagogik  konsultatsiyalarida  bolalarning  maktabga  tayyorligini 

aniqlashda psixologik testlardan foydalanadi. 

Testlarni mazmun jihatdan 2 guruhga bo'lish mumkin: 

1. 

O'qish  jarayonida  ishtirok  etadigan  alohida  psixologik  tomonlarning 



shakllanish darajasini aniqlaydigan testlar. 

2. Maktabga umumiy tayyorgarlikni tekshiradigan testlar. 

Konsultantlar  bolani  ota-onalar  oldida  tekshiruvdan  o'tkazadilar.  So'ngra 

tekshiruvlar natijalari asosida quyidagi choralarni maslahat beradilar: 

a) umumta'lim maktabining 1-sinflga yozish; 

b) o'qishni 1 yilga qoldirish; 

d)bolani 

bog'cha 


yoki 

maktab 


qoshidagi 

maxsus 


sinfga 

yozdirish; 

e)bolani maxsus maktabga yozdirish. 

Konsultatsiyalarning  xulosasi  asosida  mahalla  qo'mitalarining  maktab 

bo'limlari  bola  qayerda  o'qishini  hal  qilishadi.  Agar  bola  7  yoshga  to'lib,  ammo 

uning  sog'lig'i  yaxshi  bo'lmasa,  unda  tekshiruvlar  natijasiga  ko'rao'qish  1  yilga 




 

26 


qoldiriladi.  1  yildan  so'ng,  bola  qaytadan  maxsus  tekshiruvdan  o'tadi  va  qayerda 

o'qishi hal qilinadi. 

Agar bola tarbiyasida ishtirok etadigan shaxslar unga alohida e'tibor ajratishsa, 

uning har tomonlama rivojlanishiga yaxshi sharoit yaratib berishsa, yordam berishsa, 

o'qishdan qolgan muhlat ijobiy natija beradi. 

O'qishdan qolgan bolalar bilan ishlashda tarbiyachilar uchun  hozircha maxsus 

dasturlar  ishlab  chiqilmagan.  Pedagoglar  bunday  bolalar  bilan  mavjud  bo'lgan. 

Maktabgacha  ta'lim  muassasasida  ta'lim  va  tarbiya  dasturi  bo'yicha  ishlashmoqda, 

faqat ularga ko'proq e'tibor ajratadilar. 

Maktabda o'qishni o'zlashtira olmaydigan bolalar uchun maxsus sinflar ochiladi. 

Bunday  sinfda  o'qishni  vaqtincha  o'zlashtira  olmaydigan,  normal  intellektga  ega 

bo'lgan  bolalar  o'qiydilar.  O'qishdagi  qoloqlikni  individual  mashg'ulotlar,  alohida 

parvarish va maxsus kurs tartibi yordamida bartaraf etish mumkin. 

Maxsus  sinf  12-15  o'quvchiga  mo'ljallangan  bo'lib,  maktab  direktorining 

ruhsati  bilan  ochiladi.  Maxsus  sinfga  o'tkazish  sinf  rahbari  tavsiyasi,  maktab 

shifokori  va  ruhiy-pedagogik  konsultatsiya  xulosasi  asosida  amalga  oshiriladi. 

O'quvchi  maxsus  sinfda  vaqtincha,  uning  o'qishdagi  qoloqligi  bartaraf  etilguncha 

qoladi. Sinfda 2 yilgacha o'qish mumkin. 

Aqliy  va  jismoniy,    nutq  kamchiliklarigaega  bo'lgan,  qiyin  tarbiyalanadigan, 

kasal va quvvatsiz bolalar maxsus maktablarga yuboriladi. Bularga aqli zaif bolalar 

uchun maxsus maktablar va yordamchi maktablar kiradi.  

 Maktabga  umumiy  va  maxsus  tayyorgarlik  ko'rishga  jiddiy  talablar 

qo'yilgan,  shuning  uchun  bolani  maktabga  doimiy  ravishda  tayyorlash  kerak. 

Tayyorgarlik  o'z-o'zidan,  avtomatik  tarzda  paydo  bo'ladi.  Faqat  maqsadga 

yo'naltirilgan  va  uzoq  muddatga  mo'ljallangan  tarbiya  jarayoni  bolani  maktabga 

yaxshi tayyorlanishiga olib keladi.

 



 

27 



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin