O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 30,19 Kb.
səhifə1/2
tarix08.12.2022
ölçüsü30,19 Kb.
#73083
  1   2
Hujjat (3)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

“O’ZBEKISTON TARIXI” kafedrasi


2022-2023 o’quv yili

MAVZU: Odil Yoqubov va uning tarixiy va adabiy merosi


BAJARDI: III kurs (kechki) 301-guruh talabasi Usmonov Gʻanijon


TEKSHIRDI: Matyakubov X

Toshkent-2022


MUNDARIJA

KIRISH ……………………………………………………………………..
Mavzuning dolzarbligi
Maqsad va vazifalari
О‘rganish darajasi
Ilmiy yangiligi 3
I-BOB. Odil Yoqubov hayoti va ijodi haqida
1.1Odil Yoqubov hayoti
I.2. Odil Yoqubov ijodi va ilmiy merosi

II-BOB. Ulugʻbek xazinasi


II.1. Xorazmdagi Yosh xivaliklar faoliyati …………………..……… 18
II.2. Xorazmda milliy istilochilik harakati …………………………… 25

XULOSA …………….………………………….…………………………. 32


Foydalanilgan adabiyotlar royxati ……………..……..….……………… 34
Ilovalar …………………………………………………………………….. 35

XULOSA. .


1.1Odil Yoqubov hayoti
Yuksak saviyadagi badiiy asarlar yaratishga qodir bo’lgan haqiqiy iste’dodlar kam uchraydi. Zabardast adib va jamoat arbobi Odil Yoqubov ana shunday noyob iste’dod sohiblaridan biridir. U o’z ijodi bilan XX asr o’zbek adabiyotini boyitib, badiiy tafakkur taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shdi. Odil Yoqubov 1927 yilda Qozog’istonning CHimkent viloyati Turkiston tumanidagi Otaboy qishlog’ida tug’ilgan. Odil YOqubovning bolaligi qaltis davrlarga to’g’ri keldi. Odil Yoqubov beshinchi sinfga o’tgan, dunyoning g’am- tashvishlarisiz, beg’ubor bolalikning nash’asi bilan charx urayotgan bir paytda uning qanoti qayrildi. Davlat ishlarida band bo’lishiga qaramay, bolalariga kitob o’qib berishni kanda qilmaydigan otasi qatog’on qurboni bo’ldi. Har jihatdan

nochor ahvolda qolgan Odil YOqubovlar oilasini qarindosh-urug’lari qishloqqa

ko’chirib olib ketishdi. Ulardan mehrlarini darig’ tutishmadi. Ayniqsa, maktab

direktori bo’lib ishlaydigan pochchasi Ne’matulla aka oilaga, Odil YOqubovga

samimiy ko’mak beradi. Uni maktabga o’qishga va ishga joylashtiradi. Uning

maktab kutubxonasida ishlashi tashna yo’lovchining tasodifan chashmaga duch

kelib qolishiga o’xshaydi. U bu erdagi kitoblarning hammasini o’qib chiqadi.

Biroq ko’ngilli, dilni yayratadigan mashg’ulot ham uzoq cho’zilmaydi. Urush

boshlanadi. Odil YOqubov sevimli ishini tark etishga – o’qishni tashlashga majbur

bo’ladi. U urush davrida qishloq o’smirini qilishi shart bo’lgan barcha yumushlarni

bajaradi. Ikkinchi jahon urushida qatnashish uchun yoshini bir yoshga katta

ko’rsatib, 1945-yilda frontga ketgan. YAponiyaga qarshi olib borilgan harakatlarda

qatnashish uchun bepoyon Gobi sahrosini yayov kezib chiqib, o’limlardan omon

qolgan.


1945-1950 yillar orasida Odil YOqubov armiya safida xizmat qiladi. U

YAponiya bilan bo’lgan urushda qatnashdi. SHunday qilib, Odil YOqubov yigirma

besh yoshga etguncha turmushning uncha-muncha qiyinchiliklarini boshidan

kechirdi. ehtimol, bu hayotning murakkabliklari, sinovlari Odil YOqubovning shaxs sifatida ulg’ayishini ta’minlagandir, boy hayotiy tajriba yozuvchilik «ko’zi»


ning tezroq ochilishiga olib kelgandir. Frontdan qaytgach, Toshkent davlat
universiteti (hozirgi O’zMI)ning filologiya fakulьtetida o’qib, uni imtiyozli
diplom bilan tugatgan (1956). O’zbekiston YOzuvchilar tashkilotida maslahatchi
(1955-1959), «Literaturnaya gazeta» da maxsus muxbir (1959-1963, 1967-1970),
«O’zbekfilm»da, O’zbekiston Kinomatografiya davlat qo’mitasida bosh muharrir
(1963-1967), G’ofur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida (1970-
1982) «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida bosh muharrir (1982-1987)
bo’lib ishlagan. Odil YOqubov 1987-yildan 1996-yilgacha O’zbekiston
yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining raisi bo’lib mehnat qildi. O’zbekiston
mustaqillikka erishgach Odil YOqubov ijod qilish bilan birga, Vazirlar Mahkamasi
qoshidagi Respublika atamashunoslik qo’mitasiga rais, Markaziy Osiyo Xalqlari
madaniyati assambleyasining vitseprezidenti sifatida uzoq vaqt samarali ish olib
bordi. Adib biografiyasiga, hayot tajribasiga oid bu faktlarni eslashdan maqsad
shuki, ular adib asarlariga hayotiy zamin bo’lib xizmat etadi, bolalik taassurotlari,
hayotda ko’rgan-kechirgan, ko’nglida chuqur iz qoldirgan voqea - hodisalar «Er
boshiga ish tushsa…», «Diyonat», «Oq qushlar, oppoq qushlar», «Izlayman»,
«Adolat manzili» kabi asarlarida o’z ifodasini topdi, qissa va romanlaridagi
hodisalar, hattoki uzoq o’tmishdan olib yozilgan «Ulug’bek xazinasi» romanidagi
voqealarning bir uchi o’zi tug’ilib o’sgan qishloqqa borib taqaladi.

Yüklə 30,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin