Qaytar va qaytmas jarayonlar ; termodinamikaning 2-qonuni; 2-tur “perpertuum mobile”.
Faraz qilaylik, izolyatsiyalangan sistema qandaydir jarayon natijasida 1 xolatdan 2 xolatga o’tsin. Agar sistema o’z-o’zidan 2 xolatdan 1 xolatga qaytadigan va sistemada xech qanday boshqa o’zgarishlar sodir bo’lmaydigan teskari jarayon mavjud bo’lsa, u xolda 1→ 2 jarayon qaytar jarayon deb ataladi. Masalan, vakuumda osmaga osib qo’yilgan mayatnik ishqalanishsiz xarakat kilib, xolatdan 2 xolatga o’tadi (4-rasm), so’ngra xamma o’sha oraliq xolatlarni o’tib, yana 1- xolatga qaytadi.

Agar izolyatsiyalangan sistema qandaydir jarayon natijasida 1 xolatdan 2 xolatga o’tsa, 1→2 teskari jarayon sodir bo’lmaydi, buning natijasida sistema o’z-o’zidan dastlabki xolatiga shunday o’tsaki bunda sistemada xech qanday o’zgarishlar bo’lmasa, u holda 1→2 jarayonni qaytmas jarayon deb ataladi. Qaytmas jarayonlarga misollar keltiramiz. Bu avvalo issiqlik almashinish jarayonidir. Issiqlik issiqroq jismdan sovuqroq jismga o’tadi. Biroq, izolyatsiyalangan sistemada issiqlik o’z-o’zidan teskari yo’nalishda o’ta olmaydi. Agar gazga katta xajm berilsa, kengayadi, biroq teskari jarayon — o’z-o’zidan siqilishi mumkin emas.