Milliy tarbiya asoslari bo’yicha muqobilini tanlash testi
Djon Lokk
|
o’qituvchining kasbiy sifatlariga baho berish bilan birga, asosan, uning xalq ta’limi tarmog’ini takomillashtirishdagi roli hamda fan asoslarini egallashdagi ahamiyati va vazifalariga to’xtalib o’tadi
|
I.G.Pestalotsyi
|
o’qituvchining ta’limdagi roliga yuqori baho berib, u o’z faoliyatini chuqur bilib, pedagogik mahoratini oshirib borishi
o’quvchilarni qalbdan yoqtirishi natijasida yuzaga keladi deb uqtiradi.O’qituvchi bolalarning individual xususiyatlarini, qobiliyatini, faoliyatini mukammal bilishi uchun muayyan darajada psixologik bilimlarga ham ega bo’lishi kerakligini ta’kidlab o’tgan
|
A. Disterverg
|
o’qituvchi psixologiyasining eng muhim jihatlarini ishlab chiqqan. Ular orasiga mo’’tadillik, g’ayrat-shijoatlilik, ehtiyotkorlik kabi xislatlarni kiritib, o’qituvchining pedagogik faoliyatidagi rolini asarlarida yoritib bergan
|
V.A. Slastyonin
|
ta’lim-tarbiya jarayonida o’qituvchining roli va shaxsiga yuqori baho berib, o’qituvchi kasbiga oid ilmiy mulohazalarida hech bir qonun yoki programma, ta’lim-tarbiya to’grisidagi metod yoki tamoyillar o’qituvchi shaxsining pedagogik faoliyatdagi mahorati o’rnini bosa olmaydi deb hisoblaydi
|
A.S.Makarenko
|
aqlli, fikran boy, bag’ri keng insonchalik hech narsa yoshlarni qiziq tirmaydi, o’zining ortidan ergashtira olmaydi ham..., aql — aql bilan tarbiyalanadi, vijdon — vijdon bilan, vatanga sadoqatlilik —bevosita vatan uchun xizmat qilish
|
V.A.Suxomlinskiy
|
o’qituvchi muntazam ravishda pedagogik nazariyalarga tayansagina, o’qituvchilik mahoratini egallaydi. Chunki, pedagogik amaliyot doimiy ravishda pedagogik nazariyaga murojaat qilishni taqozo etadi
|
K.D.Ushinskiy
|
Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq yoki jahldor bo’lishni bilishi lozim, u o’zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati, yurish-turishi, kiyinishi bolaparni tarbiyalasin
|
Milliy tarbiya g’oyasining tarixiy pedagogik asoslarining tarkibiy qismlari haqida pedagog olimlarning fikrlariga oid toifalash jadvali
Dostları ilə paylaş: |