Harakat – ma’lum maqsadga qaratilgan aqliy va jismoniy faoliyat, mehnat. O‘z
mohiyatiga ko‘ra aqliy yoki jismoniy bo‘lishidan qat’iy nazar harakat MTT
tarbiyalanuvchilarining to‘la-to‘kis o‘sib-ulg‘ayishlarini ta’minlovchi muhim shartlaridan biri
sanaladi. Faol harakatlarga ehtiyoj o‘yinning barcha turlari, ayniqsa, harakatli va o‘yinchoqlar
bilan o‘ynaladigan didaktik o‘yinlar orqali to‘liq qoniqtiriladi. Shuningdek, o‘yinlar bolaning
muloqotga kirishishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda katta imkoniyatga ega.
2. O‘yin maktabgacha yoshdagi bolalar hayotini tashkil etish shaklidir. Ilmiy asoslangan o‘yinlar
MTTda bolalar hayoti va faoliyatini tashkil etish shakli sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Mazkur jarayonda tarbiyachi yetakchi o‘rin egallab, u eng avvalo, o‘yin orqali ta’lim-tarbiyaga
doir qanday vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish mumkinligini aniq tasavvur qila olishi lozim.
Shuningdek, bolalar o‘yiniga ajratilgan vaqtni mashg‘ulot yoki kun tartibidagi boshqa tadbirlarni
cho‘zib yuborish orqali egallash mumkin emas. MTT dasturida har kungi kun tartibiga
ovqatlanish, badantarbiya, sayr, mashg‘ulotlar o‘tkazish bilan bir qatorda o‘yin ham kiritilgan.
O‘yin bolalar hayotini tashkil etish shakli sifatida kichik guruhdan boshlanadi. O‘yin ertalab
nonushtagacha (15-20 daqiqa) boshlanadi va nonushtadan keyin, mashg‘ulotlar o‘rtasida, ochiq
havoda, o‘yqudan keyin o‘tkaziladi. Ertalab rolli o‘yinlar, qurish-yasash, harakatli o‘yinlarni
tashkil etish tavsiya etiladi. Mashg‘ulot o‘rtasida harakatli, qoidali o‘yinlar o‘tkaziladi. Ular
asosan, mashg‘ulotning mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Sayr vaqtida ochiq havodagi o‘yinlardan
foydalaniladi. Kunduzgi uyqudan keyingi o‘yinlarga qurilish o‘yinlari, ertak bo‘yicha
qo‘yiladigan o‘yin, rolli, didaktik o‘yinlar kiradi.
3. O‘yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir. Pedagogika fani o‘yinni bola
shaxsini tarbiyalashning asosiy vositasi deb hisoblaydi. O‘yin orqali bolalar kattalarning mehnat
tajribasini, bilim, ko‘nikma va malakalari, harakat usullari, axloq me’yorlari va qoidalarini,
mulohaza va muhokamalarini egallab oladi. O‘yinda bolaning o‘z tengqurlari va kattalar bilan
bo‘ladigan munosabat usullari shakllanadi, his va didlari tarbiyalanadi.
4. O‘yin bolalarga ta’lim-tarbiya berishning metod va usulidir. O‘yin jarayonida bolalarning
bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib boradi. O‘yinda u yoki bu rolni bajarayotib, bola
o‘zining butun diqqatini o‘yinga qaratishi lozim. Bola o‘ynayotganida kishilar mehnati, ularning
aniq harakatlari, munosabatlari to‘g‘risidagi tasavvuri yetarli emasligini sezib qoladi, buning
natijasida kattalarga savol bera boshlaydi. Tarbiyachi bolalarning bunday savollariga javob berib,
ularning bilimlariga aniqlik kiritadi, boyitadi. Shunday qilib, o‘yin bolalardagi bilim va
tasavvurlarni mustahkamlaydi. Bunda pedagogning to‘g‘ri rahbarligida uning tushunchalari
kengayadi.
Tarbiyachi o‘yin orqali bolalarda ona-vatanga, o‘z xalqiga, boshqa millat vakillariga ijobiy
munosabatni shakllantiradi, mustahkamlaydi. O‘yin orqali tarbiyachi bolalarda jasurlik,
rostgo‘ylik, o‘zini tuta bilishlik, tashabbuskorlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. O‘yin bolalarda
ijtimoiy axloqni, ularning hayotga, bir-biriga bo‘lgan munosabatni shakllantiruvchi maktab
vazifasini bajaradi. Tarbiyachi bolalarning o‘yiniga rahbarlik qilayotib, ularni jamoa orqali ham
tarbiyalab boradi. O‘yin jarayonida bolalar o‘z xohish-istaklarini jamoa xohishi bilan kelishib
olishga, o‘yinda o‘rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o‘rganadi.
77
MTTda tashkil etiladigan bolalar o‘yini
o‘zining mazmuni, xususiyati, tashkil etilishiga
ko‘ra xilma-xildir, umumlashtirgan holda, uni
ikki turga ajratish mumkin:
O‘z mohiyatiga ko‘ra ijodiy o‘yinlar bir necha turli bo‘ladi. Ular: