135
Test savollari
1
. “Maktabgacha pedagogika” fanining ob’ektini nima tashkil etadi?
a) maktabgacha pedagogik faoliyat jarayoni
b) maktabgacha pedagogik faoliyat mazmuni
c) maktabgacha pedagogik faoliyat yo‘nalishlari
d) maktabgacha pedagogik faoliyat bosqichlari
2. Maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, shakl, metod va vositalari. Ular
“Maktabgacha pedagogika” fanining
...
sanaladi.
a) metodi;
b) ob’ekti;
c) predmeti;
d) shakli.
3. Ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va
malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui – bu ...
a) malaka;
b) ko‘nikma;
c) bilim;
d) ma’lumot.
4. Shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar
mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon nima yeb aytiladi?
a) o‘sish;
b) rivojlanish;
c)
shakllanish;
d) taraqqiy etish.
5. Psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan
boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning
a’zosi ... deb ataladi.
a) individ;
b) odam;
c) inson;
d) shaxs.
6. Shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar
mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon – bu ...
a) shakllanish;
b) rivojlanish;
c) o‘sish;
d) voyaga yetish.
7. Qanday yo‘nalish yoki oqim individning shaxs sifatida rivojlanishida biologik omillarning
ustuvorligini e’tirof etadi?
a) falsafiy yo‘nalish;
b) pragmatik oqim;
c) biologik yo‘nalish;
d) preformizm oqimi.
8. Inson yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir nima deb ataladi?
a) makon;
b) tabiat;
136
c) borliq;
d) muhit.
9. Shaxs shakllanishiga nisbatan qanay yondashuvlar mavjud?
a)
falsafiy,
ijtimoiy, biologik, huquqiy yondashuv;
b) tarixiy, ijtimoiy, biologik, madaniy yondashuv;
c) biologik, ijtimoiy,
psixologik va yaxlit yondashuv;
d) biologik, pedagogik, psixologik, tarixiy yondashuv.
10. Shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmui nima yeb ataladi?
a)
xususiyat;
b) sifat;
c) harakter;
d) temperament.
11. Go‘dakning vazni tug‘ilgan paytda 3,5 kg, bo‘yi 50 sm bo‘lgan bo‘lsa, uch oylik davrida uning
vazni taxminan 5 kg, bo‘yi 60 sm, 6 oylik bo‘lganda esa taxminan 7 kg, bo‘yi 64 sm bo‘ladi. Ushbu
xususiyatlar qaysi yosh davriga xos?
a) kichik yosh davri;
b)
ilk yosh davri;
c) go‘daklik davri;
d) katta yosh davri.
Dostları ilə paylaş: